shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarda (rassomlar, yozuvchilar, olimlar, artistlar va
h.k.) kuzatiladi;
Xizmat
– masalan, bu ijtimoiy himoya kabi davlat notijorat sub’ektlari,
«Qizil Xoch» kabi turli xalqaro notijorat tashkilotlari va h.k.larning xizmatlari.
Mahsulotlarga narx belgilash xuddi marketing
kompleksini ishlab chiqish
bosqichi kabi, birinchidan, mahsulotlarga raqobatbardosh narxlarni aniqlash
(chegirma va sotuvni rag’batlantiruvchi to’lov shartlari va h.k.) va ikkinchidan,
ularning o’z vaqtida qayta ko’riligshi, sub’ekt marketing muhitini o’zgartirib
turishga yo’naltirilgan qator marketing tadbirlarining
amalga oshirilishini talab
qiladi. Notijorat marketingida klassik yondashuvning o’z mantig’i to’laligicha
qoladi, ammo notijorat almashinuvidan kelib chiqadigan qator xususiyatlarini kasb
etadi. Notijorat almashinuvining barcha ishtirokchilari bu marketing kompleks
vositasini turlicha qabul qilishadi va qo’llashadi.
Iste’molchi uchun notijorat mahsuloti narxi – bu uning foydasi (naf)ni
oshiruvchi va to’lovning notijorat vositalari xarajatini iqtisod qiluvchi imkon,
vosita. Iste’molchi xarajatlarini tejash deganda, asosan to’lovning
asosiy vositasi
pul emas balki vaqt, his-tuyg’u, jismoniy kuch va h.k. lar tushuniladi.
Aytish joizki, notijorat almashinuvida pul to’lov vositasi sifatida juda
kam qo’llaniladi, faqatgina moliyaviy resurslarni yetkazuvchi – xayr qiluvchi
sifatida ishtirok etgan vaziyatdagina qo’llanilishi mumkin. Bu holat marketing
assosatsiyasi,
kasaba uyushmasi, ovchilar va baliqchilar jamiyati, diniy
konferensiyalar vash u kabilar nodavlat notijorat mahsulotlari sub’ektlari va
jismoniy shaxslar uchun xarakterlidir.
Maxsulot narxi q maxsulotga xarajatlar Q foyda
Ularda
davlatning
moliyaviy
qo’llab-quvvatlashi bo’lmaydi, ammo
qonunchilikda imtiyozlar mavjud. Ma’lumki notijorat maxsulotining narxi uni
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar (yoki tannarxi)
va foyda miqdori
yig’indisidan iborat bo’ladi.Notijorat sub’ekti mahsuloti ham uni ishlab
chiqarishga qilingan xarajati va sub’ektining ijtimoiy foydasi – iste’molchining
marketing ta’siriga javobidir.
Notijorat mahsuloti narxi almashuv ishtirokchilari nuqtai-nazaridan har xil
tarkibga ega. Ya’ni ularning har biri o’z xarajatlari, foydalari va xullas o’z
manfaatlarini nazarda tutib faoliyat yuritadilar. Bu hol ayniqsa
notijorat va tijorat
mahsulotlarining narxlarini shakllanishi va tarkibida yaqqol ko’zga tashlanadi (5-
jadval)
5-jadval.
Dostları ilə paylaş: