Baliqlarning ekologiyasi


-rasm. Sakrovchi loyqa baliq (Reriophthalmus)



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
6-Maruza (2)

 
68-rasm. Sakrovchi loyqa baliq (Reriophthalmus).


3. Abissal baliqlar guruhi.
 
Abissal guruhiga kiruvchi baliqlarning turlari 
unchalik ko`p emas.
Ular, asosan dengiz va okeanlarning tubida katta chuqurliklarida yashaydi. 
Bunday katta chuqurliklarning asosiy xossalari – bosimning juda yuqori bo`lishi, 
yorug’likning mutlaqo yo`qligi, suvning oqmasligi, haroratning bir xil va past
(+4-0
0
C ) bo`lishi, suvning sho`rligi va tirik o`simlik organizmlarining 
bo`lmasligidir. 200 m dan pastda chuqurlik har 10 m ga oshgan sayin, bosim ham 
bir atmosferaga oshadi. Masalan: 5320 m chuqurlikda bosim 532 atmosferaga teng 
bo`lib, bunday chuqurliklarda ham baliqlar yashaydi. Ayrim ma`lumotlarga 
qaraganda okeanning eng chuqur tubida, ya`ni 10500 m chuqurligida ham ayrim 
tur baliqlarning yashashi aniqlangan. Bunday chuqurlikda bosim 1050 atmosferaga 
teng bo`ladi. Mana shunday chuqurlikda yashaydigan baliqlar suv betiga olib 
chiqilsa, ularning gavdasi shishib ichaklari og’zidan tashqariga chiqib ketadi, 
ko`zlari esa ko`z kosasidan turtib chiqadi. 
Bunday katta chuqurliklarda yashaydigan baliqlar yoki ko`r bo`ladi yoki 
chuqur suv qorong’iligini seza oladigan katta-katta teleskop tipida tuzilgan ko`zlari 
bo`ladi, ayrim turlarida esa yorug’lik chiqaradigan organlari bo`lib, ovqat qidirib 
topishda yordam beradi. Bunday katta chuqurliklarda tirik suv o`tlarining 
bo`lmaganligi sababli abissal baliqlar go`shtxo`r, ya`ni yirtqich yoki o`limtikxo`r 
bo`ladi. Bu guruhga kiruvchi baliqlarning muskul va skelet sistemasi yaxshi 
taraqqiy etmagan, og’zi katta bo`ladi (69-rasm).
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan tashqari, baliqlar suvdagi tuz 
miqdoriga bo`lgan munosabatiga qarab ham to`rtta guruhga bo`linadi.
1. Butun umrini sho`r suvlarda o`tkazuvchi dengiz baliqlari. II. Butun umrini 
daryo, ko`l va hovuzlarda o`tkazuvchi chuchuk suv baliqlari. III. O`tkinchi 
baliqlar, ya`ni bu baliqlar dengizda yashasa, ko`payish uchun daryolarga o`tadi. 
IV. Chala o`tkinchi baliqlar. 
I. Dengiz baliqlariga juda ko`p turlar kiradi va ular butun umrini sho`r 
suvlarda dengiz va okeanlarda o`tkazadi. Bunday baliqlar chuchuk suvga 
ko`chirilsa tezda halok bo`ladi. Dengiz baliqlariga, asosan kambalalar, seldlar, 
treskalar, skatlar, akulalar va boshqa ko`plab baliqlar kiradi. 
II. Chuchuk suv baliqlari bir umr chuchuk suvda yashaydi. Ular bir oz 
sho`rlangan dengiz suvlarida ham uchramaydi. Bu guruhga ko`pchilik 
karpsimonlar kiradi. Chuchuk suv baliqlari ham suv havzalarining tiplariga qarab 3 
ta guruhchalarga bo`linadi. 
1) Oqmas (hovuz va ko`l) chuchuk suv baliqlari. Bu guruhchaga tobon baliq, 
lin, siga kabi baliqlar kirib, ular har xil ko`lmak suvlarda, hovuzlarda va ko`llarda 
yashaydi. 
2) Umumiy chuchuk suv baliqlari guruhchasi, ya`ni turib qolgan va sekin 
oqib turadigan suvlarda yashaydigan baliqlar. Bu guruhchaga olabug’a, cho`rtan, 
laqqa va boshqa tur baliqlar kiradi. Ular turib qolgan, ya`ni oqmas suvlarda ham 
yashaydi. Demak, ular uchun suvning oqish va oqmasligi uncha ahamiyatga ega 
emas. 


3) Oqar suv baliqlari guruhchasi. Bu guruhchaga gulmoy, oqcha, jerex va 
boshqa baliqlar kiradi.
III. O`tkinchi yoki ko`chmanchi baliqlar guruhi.
 
Bu guruhga kiruvchi 
baliqlar rivojlanish jarayoniga qarab ham dengizda va ham daryoda yashaydi. 
Bunday baliqlarning o`sishi va jinsiy voyaga yetishi dengizlarda kechsa, urchishi 
va ikra tashlashi daryolarda kechadi. Bunday baliqlarga losos, uzoq sharq ketasi, 
bukri baliq, syomga, osyotr, beluga va seld baliqlarining ba`zi turlari kiradi. Bu 
guruhga daryo ilonbaliqlari (Yevropa va Amerika ugorlari) ham kirib, ular, asosan 
daryolarda o`sib voyaga yetib, ko`payish va ikra tashlash uchun dengizlarga o`tadi. 
Bu guruhga kiruvchi baliqlar juda uzoq migratsiya qiladi, ya`ni ayrim turlari 1000 
km va undan ham ko`p yo`lni bosib o`tadi. Masalan: lososlardan keta balig’i Tinch 
okeanining shimoliy qismidan Amur daryosiga suzib keladi. Yevropa ugori esa 
Shimoliy Yevropa daryolaridan ikra tashlash uchun Atlantika okeanining g’arbiy 
qismidagi dengizlarga (Sargasso dengiziga) suzib boradi. 



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə