Biosfera haqida



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
1-ma\'ruza

Omillar guruhi 
Omillarning xususiyatlari 
I. Abiotik turkumlar 
Iqlimiy 
Edafogen (“edafos” - 
tuproq) 
Orografik 
Kimyoviy 
Yorug„lik, harorat, namlik, havo harakati, bosimi 
Mexanik tarkibi, namlik sig„imi, havo o„tkazuvchanligi, 
zichligi 
Relef, 
dengiz 
sathidan 
balandligi. 
Qiyalik 
ekspozitsiyasi. 
Havoning gaz tarkibi, suvning tuz tarkibi, tuproq 
eritmalarining tarkibi va kislotaligi. 
II. Biotik turkumlar 
Fitogen 
Zoogen 
Mikrobogen 
Antropogen 
O„simlikka mansub organizmlar 
Hayvonlar 
Viruslar, eng oddiy bakteriyalar, rikket-siyalar (kasallik 
paydo qiluvchi bakteriyalar) 
Inson faoliyati 
Omillarning boshqa tasniflari ham mavjud. Masalan, davriylik belgisiga 
ko„ra omillar davriy va nodavriy, paydo bo„lishiga ko„ra-kosmik, geologik
biologik, tavsifiga ko„ra – axborot, energetik, moddiy va boshqalardan iborat 
bo„ladi.
3 Abiotik omillar
. Muhitning muhim (asosiy) abiotik omillari iqlim 
(harorat, yorug„lik, havo, bosim), tuproq, muhitning kimyoviy tarkibi va tabiiy, 
oziq-ovqat resurslarining mavjudligidir. Qayd etilgan abiotik omillar shu ma‟noda 
teng huquqliki, hattoki ulardan birontasi bo„lmasa tirik organizmlar uchun halokat 
hisoblanadi (istisno tariqasida: masalan, geterotrof - o„simliklar yorug„lik bo„lmasa 
ham rivojlanadi). 
 
Ekologik omillar yig‘indisi organizmlarning o‘sishi, rivojlanishi, yashab 
qolishi, organizmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi, ularning mavjudlik 
sharoitini tavsiflaydi. 
Harorat omili misolida organizmlarning hayot faoliyati va yashashi uchun 
muhitning abiogen omillari ahamiyatini ko„rib chiqamiz. Hayot birinchi navbatda
fermentli oqsillarning faoliyati va tuzilishini, xossalarini namoyon qiladigan
haroratda saqlanadi. Bu haroratning o„rtacha 0 dan 50
0
S oralig„ini tashkil qiladi, 
lekin ko„pgina organizmlar uchun hayot faoliyati oralig„i keng. Ushbu belgilar 
bo„yicha organizmlarning ekologik turlari quyidagicha farqlanadi: termofil, kriofil 
va mezoterm. 
Termofillar jumlasiga haroratning yuqori shartli chegarasidan past haroratda
yashay olmaydigan va ko„paya olmaydigan organizmlar kiradi (ko„pincha 
haroratning shunday chegarasi 18-20
0
C qabul qilinadi). Kriofillar jumlasiga (yoki 
termofoblar) teskari, faqat nisbatan past haroratda (10
0
C baland bo„lmagan) 
yashash va ko„payish qobiliyatiga ega bo„lgan organizmlar kiradi. Mezoterm 
organizmlar o„rtacha qiymatdagi haroratli omillarda yashay oladi. Mezotermlarga 
mo„tadil kenglikdagi bir qancha turlar kiradi. 


Organizmlarning asosiy massasi aktiv termoregulyasiya faoliyatiga ega 
bo„lmaydi. Uning aktivligi tashqi tomondan oladigan issiqlikka, tanasining harorati 
esa atrof muhit haroratiga bog„liq. Ana shunday organizmlar poykiloterm yoki 
ekzoterm deb ataladi. Qushlar va ko„pincha sut emizuvchilar atrof - muhitni o„rab 
turgan haroratga bog„liq bo„lmagan holda doimiy haroratni ushlab turish 
qobiliyatiga ega (biokimyoviy reaktsiyalarning issiqligi hisobiga). Ana shunday 
organizmlar gomoyoterm (yoki) endoterm nomlarini olgan. 
Abiotik omillarni chuqurroq o„rganishga qiziquvchilar (Odum, 1986; 
Svetnik va boshq. 1987; Dedyu, 1990 va boshqalar) monografiya va 
ma‟lumotnomalar orqali tanishish mumkin.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə