Biosfera haqida


Ekologik chidamlilik va valentlik



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
1-ma\'ruza

Ekologik chidamlilik va valentlik. 
Evolyutsiya jarayonida organizmlarning 
ekologik omillarga aniq bir miqdor chegarasida moslashuv qobiliyati shakllanadi. 
Organizmlarning bu xususiyati ekologik chidamlilik deb ataladi. 
 
Ekologik omillar diapozoni qanchalik keng bo‘lsa, unda yashaydigan 
organizmlarning ekologik chidamliligi shuncha katta bo‘ladi. 
Misol tariqasida taxminiy haroratda quruqlik va suvdagi faol hayot diapazonini 
qarab chiqamiz (4.2 -jadval). 
4.2 -jadval 
Yerdagi hayotning harorat diapazoni (V.A.Radkevich, 1977). 
Yashash muhiti Minimum 
 
Maksimum 
 
Tebranish 
amplitudasi 
Quruqlik 
-70,0 
+55,0 
125,0 
Dengiz
-3,5 
+36,0 
39,5 


Chuchuk suv
0,0 
+93,0 
93,0 
Jadvaldan ko„rinib turibdiki, haroratga nisbatan quruqlikdagi organizmlar 
yuqori darajada ekologik chidamlidir. Buni quruqlikdagi harorat sharoitlarining
o„zgarishlarini suv ob‟ektlariga nisbatan tushuntirish mumkin. SHunday qilib
ekologik chidamlilik organizmlar mavjudligining tashqi sharoitlariga to„g„ridan-
to„g„ri bog„liqdir. Organizm yoki turning muhitni har xil sharoitlarida mavjudligini 
«ekologik valentlik» atamasi bilan aniqlanadi. Turning ekologik valentligi bitta 
omilga nisbatan qiska va boshqasiga nisbatan keng bo„lishi mumkin. Har hil 
omillar valentligining umumiy yig„indisi turning ekologik spektri deb nom olgan. 
Ekologik omillarning (mintaqaviyligi). 
Ekologik omillar, tabiatdagi 
boshqa hodisalar singari mintaqaviydir (4.1-rasm). 
Muhitdagi omillarni organizmlar aniq bir chegarada, tolerantlik mintaqasi 
yoki interval (oraliq)da his etadi. Tolerantlik deganda, organizmlarning yashash 
sharoiti o„zgarganda yoki optimal holatdan chetga chiqqandagi chidamlilik 
qobiliyati tushuniladi. Tolerantlik mintaqasidan tashqarida omilning letalli 
ahamiyati turadi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə