|
Biotexnologiya asoslariAdsorbsion immobillizasiya qilish usullaribiotexAdsorbsion immobillizasiya qilish usullari
Adsorbsiya qilish yo’li bilan immobilizasiya qilish eng sodda usullardan bo’lib, ferment
eritmasini "tashuvchi" bilan aralashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. YOpishmasdan fermentni
yuvib tashlagach, immobilizasiya qilingan ferment ishlatilishga tayyor bo’ladi. Adsorbsion
immobilizasiya qilingan fermentlarni olish uchun quyidagi uslubiy ko’rsatmalardan foydalanadi.
Statistik usul eng oson yo’l bo’lib "tashuvchi" ferment eritmasiga tashlanib (solinib) hosil
bo’lgan aralashma, ma’lum vaqtga tashlab qo’yiladi. Immobilizasiya fermentni o’z o’zidan
diffuziyasi tufayli boshlanib, adsorbsiya bilan tugallanadi. Bu usulni kamchiligi, ferment eritmasi
bilan "tashuvchi" aralashmasi uzoq vaqt (bir necha kunga) tashlab qo’yilishi lozim. Laboratoriya
sharoitida ko’proq aralashtirish usuli ishlatiladi. Bu usulda statistik usuldan farqli o’laroq ferment
eritmasi bilan "tashuvchi" doimiy ravishda aralashtirib turiladi.
Aralashtirish uchun magnit aralashtirgich, mexanik aralashtirgich yoki mikrobiologik
tebratgichdan foydalanish mumkin. Bu usul oldingisidan ancha ustun turib "tashuvchi" satxida
fermentni bir tekis joylanishini belgilab beradi. Ba’zida adsorbsion immobilizasiya qilish uchun
elektrocho’ktirish usulidan foydalaniladi. Buning uchun ferment eritmasiga ikkita elektrod
tushiriladi, ulardan bittasini satxida bir qatlam "tashuvchi" surtilgan bo’ladi. Elektrodlar tokka
ulanganda ferment satxidagi faol guruhlar (-NH
2
; -COOH va x.k.) hisobidan "tashuvchi"
saqlanayotgan elektrod tomonidan harakat qiladi va uni satxida cho’kadi.
Texnologiyada foydalanish uchun eng qulay usul - kolonkalardan o’tkazish usulidir.
Bu usulni ikki modifikasiyasi bor, ulardan biridan "tashuvchi" to’ldirilgan kolonkadan tepadan
pastga qarab, mikronasoslar yordamida ferment eritmasi haydaladi, ikinchisida esa teskarisi,
ferment pastdan tepaga qarab yo’naltiradi. Bu usulni afzallik tomoni, fermentni haydash, yuvish, va
keyingi fermentativ jarayonlar, hech qanday manipulyasiyasiz bir kolonkani o’zida olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|