Bitiruv malakaviy ishi mavzu: xitoy fond bozorining shakllanish va rivojlanish xususiyatlari


Xitoy Xalq Respublikasida fond birjalarining shakllanish va



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/36
tarix30.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#107805
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
639053f3bcb43f251566e18947bcf1b1 XITOY FOND BOZORINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (1)

2.2. Xitoy Xalq Respublikasida fond birjalarining shakllanish va 
rivojlanish bosqichlari
 
1992 yilda mamlakatdagi tubdan o'zgarishlarning yuz berishi, hukumat 
rahbari Den Syaopinning ko'rsatmalariga binoan, mamlakat iqtisodiyotining bozor 
tipidagi o'zgarishlarga yuz tutishiga olib keldi. 
Mamlakatdagi qimmatli qog'ozlar bozorining institutsional jihatdan 
shakllanishida 
yetarlicha 
rag'batlantiruvchi 
rolni 
Shanxay 
(1990y.) 
va 
Shenchjendagi (1991y.) qimmatli qog'ozlar birjasining rasmiy tarzda ochilishi 
o'ynadi. 
Ulardan tashqari, mamlakatdagi mavjud moddiy ishlab chiqarish sohasiga 
qaraganda, moliyaviy sektorning ustunroq rivojlanishi, payli iqtisodiyotning 
miqdoran o'sishi, 1990 yillarda mamlakat iqtisodiyotining bozor yo'nalishiga o'tishi 
uchun qonuniy bazaga to'ldirilishlar kiritilishi va mustahkamlanishi ham, yetarli 
darajada katta ahamiyat kasb etdi. 
Bor-yo'g'i uch yil ichida, ya'ni 1992-1994 yillarda, Xitoy qimmatli qog'ozlar 
emissiyasining yig'indisi 400 mlrd.yuandan oshib ketdi va u 1981- 1991 yillardagi 
261 mlrd.yu. dan - 663,7 mlrd.yu. ga yetdi hamda mamlakat YaMM ning 14,78% 
ni tashkil etdi
53
Xitoy qimmatli qog'ozlar bozorining shakllanishi qanchalik murakkab va 
uzoq muddatli bo'lmasin, avvalo u, mamlakatdagi iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishning asosiy sharti hisoblanadi va ayniqsa, uning pul-kredit va investitsion 
dastaklarini o'zgartirish hamda xo'jalikni xususiy shaklini rivojlantirishda o'z 
vazifasini oqladi. 
Undan tashqari, mamlakatdagi yetarlicha, yirik miqyosli moliyaviy bozor
bevosita yoki bilvosita iqtisodiyotdagi ijobiy jarayonlarni keltirib chiqarishga ta'sir 
qildi: 
a) aholining va korxonalarning vaqtinchalik bo'sh mablag'larini jalb qilishda 
tadbirkorlarning o’zaro raqobatlari orqali ularni demonopolizatsiyalash, qimmatli 
53
Sadibekova B.D. Xitoy Iqtisodiyoti.-T:Toshkent, 2010.-B.185-189 


38 
qog'ozlar bozoriga mablag'lar qo'yishda turli "musobaqali" loyihalarni ishlab 
chiqish; 
b) iqtisodiyotni "desiyosiylashtirish"; 
c) iqtisodiyot samaradorligidan, pul mablag'laridan unumliroq foydalanish va birja 
hamda korxonalarning qimmatli qog'ozlar kursi kotirovkasi orqali, ularning 
iqtisodiy faoliyatlarini natijaviy o'sishi orqali oshirish; 
d) joriy iste'mol talabni ushlab turish, ularni uzoqroq vaqtga cho'zish, ichki davlat 
qarzini xalqaro amaliyotda qabul qilingan shakliga o'tqazish
54
Xitoy Xalq Respublikasiga va rivojlanayotgan mamlakatlarga xos bo'lgan 
sharoitda, ya'ni mavjud "investitsion ochlikda" to'la qonli moliyaviy bozorni 
shakllantirish ob'ektiv tarzda qiyinlashgan bo'lib, uning tiklanish jarayoni, unga 
kerakli kadrlarning, axborot-texnikaviy va institutsional bazaning yetarli emasligi 
bilan beqaror sekinlashishiga olib keladi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə