Boshqaruv psixologiyasi


YOzm-ish bilan bog‘liq yozuvlarda fikrni tushunarli qilib muloqot.yoza olish. Ushbu kompetensiyaga ega raxbar



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə23/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

10. YOzm-ish bilan bog‘liq yozuvlarda fikrni tushunarli qilib muloqot.yoza olish. Ushbu kompetensiyaga ega raxbar: (a) qog‘ozga fikrlarini qisqa va lo‘nda qilib yozadi;(b)fikrlarni qog‘ozga ketma-ket, xat boshidan qilib yozadi va korxona to‘g‘risidagi axborotlarni o‘quvchiga ravon qilib etkazadi;(v) yozma fikrlarni shunday tuzadiki, o‘quvchiga ma’lumotlar aniq etib boradi;(g) qiyin yoki texnik ma’lumotlarni izohlashda grafiklar yoki boshqa vositalardan foydalanadi;(d) orfografik xatolarsiz yozadi;(e) yozma muloqotda maxsus yozuv usullarini(yozuv tillarini) qo‘llaydi;(j) tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yadi;(z) grammatik qoidalarga amal qiladi.
11. Ishontiruvchi muloqot- kerakli odamlarni ishontirish uchun ma’lumotlarni(og‘zaki yoki yozma) etkazib berishni tashkil eta oladi. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) eshituvchiga kuchli ta’sir eta oladigan ma’lumot yoki axborotni tanlay oladi va uni eshituvchiga(yozma yoki og‘zaki) etkazib bera oladi;(b) auditoriya darajasi va tajribasiga mos tilda gapiradi va misollar keltiradi;(v) ma’lumotlarning qabul qilinishini osonlashtirish va ta’sirini oshirish uchun grafik ramzlar, sarlavha va slaydlarni o‘ylab topa oladi;(g) vaziyatni asoslash uchun bir necha dalillar keltiradi.
12. Boshqalarni - boshqalarning munosabatlari va his tuyg‘ularini tushuna olish oldindanbilish, seza olish, shuningdek, empatik ravishda fikrlariniboshqalarga ma’lum qilish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) atrofdagilarning qiziqishlarini tushuna oladi;(b) atrofdagilar xis-tuyg‘ularini, ularning o‘zini tutishi, yuz ifodasi, so‘zlarni tanlashi va gap ohangidan to‘g‘ri tushunadi va seza oladi;(v) u yoki bu holatga atrofdagilarning javob reaksiyasini seza oladi. (g) g‘oya va takliflarni diqqat bilan eshitadi;(d) atrofdagilarning ham kuchli, ham nozik tomonlarini e’tiborga oladi;(e) aytib tugatilmagan(emplitsid) ma’noni tushuna oladi. (j) atrofdagilar qanday mavzuda gaplashishlaridan kat’iy nazar qiziqish bilan munosabatda bo‘lish orqali ularning e’tiborini qozonadi.
13. Atrofdagilarga ta’sir o‘tkazish - o‘z g‘oyalari, maqsadlari, loyixalari va qarorlariga hamfikr va qo‘llab-quvvatlovchilarni topa oladi. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) har tomonlama foydali qarorlarni topa oladi;(b) qo‘llab-quvvatlashlariga tayanish maqsadida qaror qabul qilish jarayoniga atrofdagilarni jalb qiladi;(v) kelishuvga erishish maqsadida muqobil qarorlarni taklif etadi va fikr almashadi;(g) vaziyatning barcha qatnashuvchilari uchun foydali qarorlarni topadi va taklif qiladi;(d) ekspertlarni yoki uchinchi tomonni boshqalarga ta’sir o‘tkazishga qiziqtiradi; (e) atrofdagilarga ta’sir ko‘rsatishning boshqa bilvosita usullarini o‘ylabchiqadi;(j) kutilgan xarakatni amalga oshirish va kutilgan natijaga erishishehtimolligini oshirish maqsadida, voqealarning borishi va qatnashuvchiodamlar holatini hisobga olgan holda vaziyatni tarkib toptiradi;(z) atrofdagilarda yaxshi taasuot qoldirishga xarakat qiladi;(i) haqiqatda qaror qabul qabul qiladigan odamlarni, shuningdek, o‘ziga ta’sir o‘tkaza oladiganlarni ajratadi va bor kuchini o‘shalarga yo‘naltiradi;(y) axborot, intellekt, karera, biznes muloqot va yordamning boshqa turlarini namoyon qila oladigan shaxslar bilan muomala o‘rnatishga xarakat qiladi;(k) atrofdagilarning shaxsiy xayotlari (masalan, qiziqishlari, xavotirlari, oilasi, do‘stlari) bilan qiziqadi va ular bilan yaxshi munosabatlar o‘rnata oladi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə