Boshqaruv psixologiyasi


O‘zgarishlarni boshqarish



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə21/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

5. O‘zgarishlarni boshqarish- tashkilotning samarali ishlashini oshirish, uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy o‘zgarishlar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlay olish, tashkiliy o‘zgarishlarni tatbiq qilish, xomiylik qilish hamda ularning muvaffaqiyatli borishda boshqalarga yordam berish. Menejer yoki liderning hulq – atvori Menejer yoki lider:(a) innovatsion qarorlar ishlab chiqish ustida qo‘l ostidagilar bilan birgalikda ishlaydi;(b) biznes, hamkorlik, siyosiy kurs yoki algoritmning yangi yo‘nalishlari yaratishga boshchilik qiladi;(v) butun korxona yoki tashkilotning biror bo‘limi kelgusida faoliyat yo‘nalishini tanlashga ta’sir ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlardan foydalaniladi;(g) tashkiliy o‘zgarishlar vaqtida xodimlarning, endi qanday yo‘l tutishlariga to‘g‘ri kelishini aniq va ravshan tushunishlariga yordam beradi;(d) tanaffuslar (muloqot, o‘qitish, trening)ni boshqarish bilan bog‘liq faoliyatning turli tuman bo‘lishini qo‘llab quvvatlaydi va tatbiq etadi;(e) o‘zgarishlarni ketma-ket tatbiq etishni rejalashtirish va boshqarish uchun aniq tuzilma va jarayonlarni o‘rnatadi;(j) sezilarli o‘zgarishlar bilan bog‘liq xavotirlarni engishda alohida xodim yoki guruhdan o‘z yordamini ayamaydi;(z) komanda yoki guruhga ijodiy fikrlash va muammolarni echish jarayonida yangicha uslub, tuzilma, tizim va yondashuvlarni tatbiq etishda yordamlashadi.
6. Qo‘l ostidagilarning- ma’suliyatni his etish, komandada ishlash, imkoniyatlarini xodimlarning imkoniyatlarini rivojlantirish rivojlantirishga yordam berish.Ushbu kompetensiyaga ega raxbar:(a) har bir xodimning xarakteridan kelib chiqqan holda muomalada bo‘ladi;(b) qo‘l ostidagilarning ko‘proq muvafaqqiyatga erishishlariga yordamlashish maqsadida ma’lumot, maslahat va takliflarni bo‘lishadi hamda treningning samaradorligini ta’minlaydi;(v) xodimlarning imkoniyatlarini oshirishga ko‘maklashadigan topshiriqlarni bera oladi;(g) qo‘l ostidagilarning rivojlanishini tahlil qilish uchun muntazam ravishda ular bilan uchrashib turadi;(d) kasbiy o‘sish(karera) va komillikka yo‘naltirilgan xatti-harakatlarni kengaytiradi;(e) qo‘l ostidagilarning muvafaqqiyatiga erisha olishlariga ishonch bildiradi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə