Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

 
Estetik 
tarbiya
Aqliy 
tarbiya
Axloqiy 
tarbiya
Ekologik 
tarbiya
Mehnat 
tarbiyasi
Huquqiy 
tarbiya
Jismoniy 
tarbiya
Iqtisodiy 
tarbiya


89 
Tarbiya tamoyillari: 
Tarbiya tamoyillari deb, yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan 
kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va 
yo‘nalishiga qo‘yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi 
asosiy g‘oya va qoidalar yig‘indisiga aytiladi. Tarbiya tamoyillari 
o‘qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar 
bo‘lib, ular yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish 
vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi 
borasidagi ilg‘or ta’limotlar g‘oyalariga hamda pedagogika fanida 
erishilgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni 
qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg‘or tamoyillarga 
amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 
– tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi;
– tarbiyada demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustunligi;
– tarbiya milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi: 
– tarbiyada izchillik va tizimlilik; 
– tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish; 
– tarbiyani mehnat bilan bog‘lash;
– tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish;
– tarbiyada o‘quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga 
olish;
– jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;
– tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy 
tomonlarni yo‘qotish;
Tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi – 
o‘qituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi 
va puxta anglab olishi zarur.
Yosh avlodni yuksak g‘oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning 
ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatiaridan yuqoriroq manfaat 
bo‘lishi mumkin emasligini singdirishi, ularni vatanga, xalqqa 
muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir.
Bu sohada mustaqil respublikamiz Xalq ta’limi xodimlarining 
asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk 
mutaxassis, komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda va 
maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi 
ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilishi 
zarur. O‘qituvchi (tarbiyachi)lar jamoasi va har bir o‘qituvchi-


90 
tarbiyachining maqsadi – har tomonlama kamol topgan mukammal 
inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo‘lishi lozim. Ana shunda 
mazkur tamoyil o‘z vazifasini bajargan bo‘ladi.
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustunligi – 
tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola
o‘smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xosligini hurmat qilish, 
uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani 
demokratiyalash bu – tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan 
yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro 
ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini 
o‘zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, 
uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. O‘qituvchi 
o‘quvchiga avvalgidek, tarbiya obyekti emas, balki o‘zi kabi subyekt 
deb qarashi darkor. Ya’ni o‘quvchini teng huquqli hamkor, hamfikr 
deb qarash lozim. Umuman, ta’lim va tarbiyani inson parvar-
lashtirishning pedagogik diqqat hamda e’tibor markazida insonning 
muhim masalasi va muddaosi, ya’ni bolalarda inson shaxsiga 
dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini 
shakllantirishdek faoliyat yotadi. Tarbiyada milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ustunligi xalqning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy 
merosini chuqur bilmasdan milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur 
tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an’analari, urf-
odatlari, marosimlari, xalq og‘zaki ijodi, milliy o‘yinlar va ularda 
ifodalangan g‘oyalarni o‘quvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu 
g‘oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim. Umumbashariyat 
uchun qadrli, ardoqli bo‘lgan, insoniyat o‘tmishi, buguni hamda 
kelajagi uchun daxldor, qadr-qimmatga ega bo‘lgan an’analar, urf-
odatlar haqida ma’lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuyg‘usini 
uyg‘otish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ezgu g‘oyalar uchun kurashish 
hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim. 
Tarbiyada izchillik va tizimlilik – tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish 
pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo‘naltirilganlik darajasini 
belgilab beradi. Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning 
mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan 
tan olinishi shart. Tarbiyada izchillik juda muhimdir, O‘quvchilarga 
birdaniga ko‘p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. 
O‘qituvchilar o‘quvchilarga bo‘lgan munosabat jarayonida o‘zaro bir-
biriga zid harakatda bo‘lmasliklari, yagona talab qo‘yishlari lozim.


91 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə