Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

 
 


83 
V. 5. Tarbiyachining pedagogik mahorati 
Pеdаgоgikа fаnidа “pеdаgоgik mаhоrаt” tushunchаsining turli 
tа’riflаri mаvjud: “O‘qituvchining ilmiy bilimlаri, ko‘nikmаlаri, 
mеtоdik sаn’аti vа shахsiy fаzilаtlаri sintеzi” (А. I. Shеrbаkоv); 
Pеdаgоgik mаhоrаt pеdаgоgik fаоliyatning yuqоri dаrаjаsi bo‘lib, u 
pеdаgоgning bеlgilаngаn vаqt ichidа оptimаl nаtijаlаrgа erishа 
оlishidа nаmоyon bo‘lаdi. (N. V. Kuzminа. , N. V. Kuхаrеv); 
“pеdаgоgik mаhоrаt – pеdаgоgik jаrаyonni bilish, uni tаshkil etа 
оlish, hаrаkаtgа kеltirа оlish, pеdаgоgik jаrаyonning yuqоri 
sаmаrаdоrligini bеlgilоvchi shахsning ish sifаti vа хususiyatlаri 
sintеzi” (N. N. Аzizхo‘jаyеvа); “kаsbiy fаоliyatning yuqоri dаrаjаdа 
tаshkillаnishini 
tа’minlоvchi 
shахs 
хususiyatlаri 
kоmplеksi 
(o‘qituvchi fаоliyatining gumаnistik yo‘nаltirilgаni, kаsbiy bilimlаri, 
kаsbiy qоbiliyatlаri vа pеdаgоgik tехnikаsi” (I. А. Zyazyun). 
Yuqоridаgi fikrlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа, “pеdаgоgik mаhоrаt” 
tushunchаsigа quyidаgi tаrzdа umumlаshgаn tа’rifni bеrish mumkin:
Pedagogik mahorat – bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini 
eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti 
maqsadlari 
tomon 
yo‘naltirish, 
talabalarda 
(o‘quvchilarda) 
dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur 
bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir. 
Pedagogik mahoratga erishish pedagogning muayyan shaxsiy 
sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajada 
pedagogik faoliyatining taraqqiy etishini, pedagogik texnikani 
egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqorolik va 
kasbiy mavqeyini ifodalaydi. So‘nggi yillardagi ilmiy yondashuvlar 
bu holatga nisbatan quydagicha xulosa qilishga imkon berdi: 
pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi induviduallikning yorqin 
ko‘rinishi sifatida tushuniladi. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu 
taʼrif pedagogik mahorat mazmun – mohiyatini ancha to‘g‘ri yoritadi. 
“Tarbiya va o‘qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo 
takomillashtirib borish imkonini taʼminlovchi sanʼat bo‘lib, talabaga 
mehr qo‘ygan va o‘z kasbini sevgan, har bir pedagogning qiladigan 
ishi. O‘z ishining mohir ustasi bo‘lgan pedagog bu yuksak daraja 
madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, fanning yoki sanʼatning 
tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish 
uslubiyotini mukammal egallagan mutaxasisdir”.


84 
Hozirgi zamon pedagogining shaxsi uchun eng muhim asos – bu 
insonparvarlik. Pedagog juda yuksak darajadagi madaniyatga ega 
bo‘lgan shaxs. U juda ko‘p narsani bilishi kerak. Hozirgi zamonda 
o‘zi o‘qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor 
bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchilarni har kuni mashg‘ulotlarni o‘rgatib 
borish uchun o‘zi muntazam o‘qib, o‘rganib, o‘z bilimini to‘ldirib, 
chuqurlashtirib borishi kerak. Pedagogik mahorat – tug‘ma yoki 
nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat 
mahsuli. Bu ko‘p qirrali pedagogik faoliyat zamirida ijodiy mehnat 
yotadi. Agar pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qarasa, u 
holda birinchi o‘ringa uning integral sifati – mahoratidan iborat. 
Pedagogik mahoratga berilgan taʼriflar shuncha ko‘p bo‘lishiga 
qaramay, ularda mahoratning qaysidir jihatlari, albatta, ifodalanadi. 


85 
Tarbiyachining kasbiy mahorati – bu maʼlum shaxsiy (bolalarni 
sevishi, mehribonligi, hayrixohligi va h.k) va kasbiy (bilimdonligi, 
javobgarlikni his qilishi, ijodkorligi eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarining 
yig‘indisi hisoblanib, u pedagogik-psixologik, usuliy tayyorgarligida, 
bolalarni tarbiyalashning optimal yo‘llarini izlab topishida namoyon 
bo‘ladi. Shuning uchun tarbiyachining kasbiy mahorat, bilimdonligi, 
zukkoligi, 
ijodkorligi 
bilan 
birga 
shaxsiy 
sifatlarni 
ham 
takomillashtirishni ham taqozo qiladi. Mohir, avvalo mafkuraviy 
tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim. Bu deganimiz milliy qadriyatlar, 
urf-odatlar, anʼanalarni bo‘lishi va ularni yoshlar ongiga yetkazib 
tarbiyalanuvchilarni ota-bobolarimiz yaratgan boy merosga hurmatni 
tarbiyalay olishi kerak.
Buning uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi milliy qadriyatlarning 
mohiyat mazmunini chuqur anglashi, ularga hurmat eʼtiqodi bo‘la 
olishi darkor, Ijtimoiy hayot qonunlarini aniq tushunish, milliy-
axloqiy qadriyat, mafkura mazmunini anglash tarbiyalanuvchilarda 
bobolar, avlodlar ruhiga hurmatni, ilmiy dunyoqarash asoslarini 
tarbiyalash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.


86 
Pedagogik sohaga bolalarni sevish va ular bilan ishlashga 
qiziqish, pedagogik ishni sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va 
kuzatuvchanlik, 
pedagogik 
nazokat, 
pedagogik 
tasavvur, 
tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik 
qatʼiylik va maqsadga intilish, vazminlik, o‘zini tuta bilish kasbiy 
layoqatlilik kiradi. 
Bilim sohasi keng ilmiy saviya, maʼnaviy ehtiyoj va qiziqish, 
intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish hamda faoliyatlar 
kishini o‘ziga duch kelgan hodisalarni tahlil qilish va umumlashtirish 
tajribasi bilan boyitadi.
Pedagogik malaka egallagan bilim va ko‘nikmalarni faoliyatning 
maʼlum turini egallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir. Bu 
fahm-farosat va bilimlarning chinakam ilmiyligi tarbiyadagi 
qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbarlik bolalar 
qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif 
bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va 
ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo‘lgan qobiliyatda 
mujassamdir. Shuni alohida qayd qilib o‘tmoq zarurki, pedagoglik 
kasbi murakkab va maʼsuliyatli kasbdir. Ushbu kasbning sharafliligi 
va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo ongning yagona 
sohibi bo‘lgan inson bilan muloqotda bo‘ladi. Ongli va tirik jonzot esa 
aqliy, ruhiy, hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. 
Shuning uchun, bilan doimo muloqotda bo‘lganda, unga taʼsir 
ko‘rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya, tarbiya nazariyasi 
kabi fanlarni mukammal o‘rganib, o‘z kasbiy mahorati ustida muttasil 
ish olib borishi kerak. Bu tarbiyachilarda pedagogik-psixologik va 
metodik tayyorgarlikni taʼminlaydi.
Pedagogik mahorat pedagogik jarayonda tarkib topadi. 
Pedagogik jarayon esa kasbiy va shaxsiy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yib, 
bo‘lajak mutaxassisni mehnatga, hayotga tayyorlash uchun davlat, 
jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan 
mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuning uchun, pedagog 
shaxsiy va kasbiy fazilatlar egasi bo‘lishi lozim. Yuqorida qayd etib 
o‘tilgan va pedagogik mahoratga berilgan taʼrif, hamda tarbiyachining 
professiogrammasi xususiyatlari va pedagoglarga qo‘yiladigan 
ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy-madaniy 
talablardan 
kelib 
chiqib 
pedagogika nazariyasi pedagogik mahoratni quyidagi asosiy 
komponent (tarkibiy qism)lardan iborat bo‘lishi lozimligini ifodalaydi.


87 
Pedagogik madaniyat tarbiyachilik burchi, masʼuliyati, qadr-
qimmati, vijdoni, axloqiy eʼtiqodini nazarda tutib, pedagogning 
talabchanligi, adolati, komilligi, rostgo‘yligi, to‘g‘riligini anglatadi. 
Pedagogik mahorat tizimida pedagogik nazokat (takt) pedagogning 
pedagogik maqsadga muvofiq, foydali, qimmatli harakatlarining 
o‘lchovi, meʼyori va taʼsir vositasining chegarasi sifatida 
xarakterlanadi.
Pedagogik mahoratning qayd qilingan tarkibiy qismlari 
pedagogning kasbiy xususiyatlarini boyitadi va uni mohirlik sari 
yetaklaydi va tarbiyachida pedagogik mahorat malakalarining tarkib 
topishiga yordam beradi. Ammo, o‘z kasbining mohir ustozi bo‘lish 
uchun faqatgina ularga tayanib, ish tutish kutilgan natijani bermasligi 
mumkin. Buning uchun muntazam ravishda pedagogik fikrlash, 
pedagogik o‘ylash, pedagogik ish tutish lozim bo‘ladi. Bu deganimiz, 
o‘z faoliyatini pedagogik hodisalarni, vaziyatlarni tahlil qilish, 
ularning har bir bog‘lanish joylarini anglashga intilish, kunlik 
natijalarni mustaqil ravishda tahlil qilishi va yangi taʼlim-tarbiyaga 
doir g‘oyalarni avvalgilari bilan taqqoslay olishga odatlanishi ham 
lozim bo‘ladi. Asosiy pedagogik-psixologik muammolarni topa olish 
ularni hal etishning eng qulay yo‘llarini topish ustida o‘ylash ham 
kerak. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə