Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Chiniqtirish.
Chiniqtirish deganda organizmning atrof-muhitdagi 
turli tabiiy ta’sirlar (harorat, namlik, quyosh nuri darajasining 
o‘zgarishi)ga eng ko‘p chidamliligi, moslashishini tarbiyalash 
tushuniladi. 
Bolada faqat harorat, iqlim o‘zgarishlariga tez ta’sir bildirishgina 
tarkib topmasdan shu bilan birga gemoglabin miqdori oshadi, ularning 
immun tizimi yaxshilanadi. Bolalar turli kasalliklarga kamroq 
chalinadilar va ularni organizmlari kasalliklarni. Kundalik hayotda 
chiniqtirish tadbirlarini jismoniy mashqlar, bolaning xilma-xil 
faoliyati bilan bog‘liq holda olib borish chiniqtirish uchun ham, 
organizmni mustahkamlash uchun ham yaxshi natija beradi. 
Madaniy-gigiyenik 
ko‘nikmalar va odatlarni tarbiyalash. 
Madaniy-gigiyenik ko‘nikma1arga badanni ozoda tutishga, to‘g‘ri 
ovqatlanishga, atrof-muhitda tartib saqlashga rioya qilish va 
bolalarning bir-birlari bilan, kattalar bilan, o‘zaro madaniy 
munosabatlariga doir ko‘nikmalar kiradi. 
Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirishda quyidagi 
shartlarga e’tibor qaratish zarur: 
1. Maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada harakatlar va top-
shiriqlarni bajarish uchun qulay vaziyatni (qulay mebel, jihozlar) 
yaratish. 
2. O‘zlashtiralayotgan madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni qat’iy belgi-
langan tartibda bir vaqtda bajarishga o‘rgatish. 
3. Har bir bola bilan yakka tartibda ish olib borish. 
4. Bolalarning madaniy-gigiyenik ko‘nikınalarni o‘zlashtirishlarini 
nazorat qilib borish. 
5. Bolalarning kattalarning barcha gigiyenik va madaniy talablarini 
so‘zsiz bajarishga o‘rgatish. 
Jismoniy mashqlar va massajdan foydalanish. Jismoniy mashqlar 
– jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga qaratilgan maxsus 
harakatlar, harakat faoliyatining murakkab turlaridir. Jismoniy mashq-
lar organizmga ko‘p qirrali fiziologik ta’sir ko‘rsatadi. U modda 
alnıashinuvini, qon aylanish jarayonlarini faollashtiradi, suyaklarning 
o‘sishiga yordam beradi
Massaj.
Kichik bolalarni tarbiyalashda passiv gimnastika 
turlaridan biri -massaj (uqalash) qo‘llaniladi. Uqalash ta’sirida qon 


99 
tarkibi, asab tizimi vazifalari, shuningdek ter va muskullarning 
oziqlanishi yaxshilanadi, issiqlik chikishi ko‘payadi, muskullarning 
charchashi yo‘qoladi. Bolalar bog‘chasi kun tartibida xilma-xil 
o‘yinlarga alohida o‘rin beriladi. Vaqtdan to‘laqonli foydalanish 
uchun tarbiyachi o‘yinchoqlar va qo‘llanmalarni oldindan tanlab 
qo‘yishi, bolalarni bajarish ko‘nikmalarini tarbiyalashi zarur. 
Sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar uchun keng 
imkoniyatlar beradi, Sayr chog‘ida, tabiat va ijtimoiy hodisalar 
kuzatiladi, bolalarning mehnat va o‘yin faoliyati, sport mashqlari 
uyushtiriladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ovqat-
lanishi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida butun ovqatlanishni 
tashkil etish bolalarda taomni yeyishga ijobiy munosabatni yaratishga 
qaratilgan bo‘lishi kerak. Muayyan vaqtda, 3,5 - 4 soat oralig‘ida 
bolalarga mazali tayyorlangan, chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan 
taomlar beriladi. Ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa 
oldindan tayyorlab qo‘yiladi, chunki tutish ishtahani pasaytiradi, asab 
tizimini qo‘zg‘atadi. Stolni enaganing o‘zi bezaydi, o‘rta guruhdan 
boshlab esa bu ishda navbatchi bolalar faol ishtirok etadilar. 
Navbatchilikning tartibi va harakatlarning xususiyatlari tarbiyachi 
tomonidan puxta o‘ylanadi va bolalar aniq ketma-ketlikda tushun-
tiriladi. Normal ovqatlanish jarayoni uchun osoyishta vaziyat katta 
ahamiyatga ega. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda madaniy-
gigiyenik ko‘nikmalarni tarbiyalash. Butun maktabgacha yosh 
davomida madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish yuzasidan 
katta ishlar olib boriladi. Harakatlar muvofiqligini rivojlantirishdagi 
fikrlashdagi ro‘y bergan katta siljishlar bolalarning o‘ziga-o‘zi xizmat 
qilishi, navbatchilik, jamoadagi muloqot davrida zarur bo‘1gan xilma-
xil harakatlarni uddalashi uchun imkon beradi. 
3 yoshga qadam qo‘ygan bolalar qo‘llarini to‘g‘ri yuvishni (qo‘llarni 
bir-biriga ishqab sovun surish, sovunni yuvib tashlash va har bir 
barmoqni artish)ni, tish yuvishni (dastlab oddiy xo‘1 cho‘tka bilan, 4 
yoshdan boshlab poroshok bilan), ovqatdan keyin og‘izni chayqashni, 
dastro‘molchadan foydalanishni, stol atrofida o‘zini madaniy tutish 
qoidalariga rioya etishni (qoshiqdan, sanchqidan foydalanishni, 
ovqatni to‘kmaslikni) bilishi kerak. Bolalar o‘yinchoqlarga ehtiyot-
korlik bilan munosabatda bo‘lishni, ozodalik va tartib saqlashni o‘r-
ganadilar. 


100 
4 yoshga qadam qo‘ygan bolalar ancha mustaqil bo‘lib qoladilar, ular 
endi sovun bilan yuzlarini, bo‘yinlarini, quloqlarini yuva oladilar, 
ancha puxtalik bilan kiyina oladilar, har bir harakatni bajarish tartibini 
biladilar, bir-birlarining tashqi ko‘rinishlaridagi yoki atrofdagi 
nuqsonlarni seza boshlaydilar. 6-7 yoshli bolalar o‘ziga o‘zi xizmat 
ko‘rsatishga doir barcha harakatlarni ancha tezroq va aniqroq bajara 
oladilar. Ular tez, toza, kiyimlarini, polni ho‘l qilmasdan yuvina 
olishlari, puxta va tez kiyina olishlari, o‘z tashqi ko‘rinishlarini 
kuzatib borishlari kerak. Ovqatlanish ko‘nikmalariga katta talablar 
qo‘yi1adi: bolalar sanchqi, pichoqdan to‘g‘ri foydalanadilar, tartibli 
ovqat yeydilar. O‘yin burchaklarini yig‘ishtirish, navbatchilik turlari 
majburiyatlari va ko‘nikmalari doirasi kengayadi, navbatchilarning 
vazifalari murakkablashadi. 
Madaniy gigiyenik ko‘nikmalarni muntazam mustahkamlab 
borish kerak. Tarbiyaviy ishlar tizimining o‘zgarishi, malakalarni 
shakllantirish va ulardan foydalanishga e’tiborning yo‘qligi ularning 
tezda yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. 
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun jismoniy mashqlar. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda jismoniy 
mashqlar katta o‘rin tutadi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda 
bolalar tarbiyachi rahbarligida va mustaqil ravishda asosiy 
harakatlarni, sport mashqlarni egallagan, xilma-xil harakatli o‘yinlarni 
o‘ynashni o‘rgangan bo‘lishlari kerak. Bu keng dastur ishning xilma-
xil vositalari va shakllaridan foydalangandagina bajarilishini mumkin. 
Har kuni bolalar bir necha bor jismoniy mashqlarni bajaradilar: ertalab 
gigiyenik gimnastika shaklida; haftasiga ikki marta jismoniy tarbiya 
mashg‘ulotlari tarzida bajaradilar, ularga turli xildagi saf tortishlar, 
umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, harakatli 
o‘yinlar kiradi. O‘rta va katta yoshdagi bolalar bilan o‘tirib 
bajariladigan mashqlardan jismoniy tarbiya daqiqalari, mashg‘ulotlar 
orasida jismoniy tarbiya tanaffuslari o‘tkaziladi. Sayr chog‘ida sport 
mashqlari, harakatli o‘yinlar uyushtiriladi, bolalarning kichik 
guruhlari bilan ish olib boriladi. Kunduzgi uyqudan keyin saf 
tortishlar, qayta saf tortishlar, raqs harakatlari, maroqli mashqlar 
bajarilib, ular chiniqtirish tadbirlari bilan qo‘shib o‘tkaziladi. Sayr 
chog‘ida va xonada bolalarning turli qo‘lllanmalar va motorli 
o‘yinchoqlar bilan mustaqil o‘yinlari uyushtiriladi. 


101 
Maktabgacha ta’lim bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaning 
quyidagi o‘ziga xos vositalaridan foydalaniladi: 1) harakatli o‘yinlar 
o‘tkazilib, ularga eng ko‘p o‘rin beriladi; 2) asosiy gimnastika (asosiy 
harakatlar, umum rivojlantiruvchi va saf tortish mashqlari); 3) sport 
mashqlari (konkida uchish, chang‘ida yurish, suzish, velosipedda 
uchish); 4) bolalar turizmi. 
Ko‘rsatilgan vositalar dan uyg‘un birlikda foydalanish har 
tomonlama jismoniy rivojlanishni ta’minlaydi. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə