Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1. Jismoniy tarbiyaning mazmuni. 
2. Jismoniy tarbiyadagi asosiy tushunchalarning «jismoniy tarbiya», 
«jismoniy barkamollik», «badantarbiya», «jismoniy rivojlanish» 
mazmunini ochib bering. 
3. Ilk yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari. 
4. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jismoniy tarbiya-
lashning mazmunini ochib bering. 
5. Rejim (kun tartibini) tashkil etish. 
6. Turli yosh guruhlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish. 
7. Ilk yoshdagi bolalarda madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni tarbiya-
lash. 
8. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda madaniy-gigiyenik 
ko‘nik-ma1arni tarbiyalash. 
9. Jismoniy tarbiya vositalari. 
10. Chiniqtirishning mohiyati va uni o‘tkazish metodikasi.
 
 


102 
VII MODUL. MAKTABGACHA YOSHDAGI 
BOLALARNING AQLIY VA AXLOQIY JIHATDAN 
TARBIYALASH VAZIFASI VA AMALGA OSHIRISH 
VOSITALARI 
Tayanch tushunchalar: 
aqliy tarbiya, Aqliy tarbiya nazariyasi, 
axloqiy tarbiya, aql, sensor tarbiya, metod, tamoyil, idrok, tafakkur, 
odob 
VII.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi 
Aqliy tarbiya haqida tushuncha: Aql keng ma’noda sezish va 
idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o‘z ichiga oladigan bilish 
jarayonlari yig‘indisidir.
Aqliy tarbiya – bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga 
muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko‘rsatish. U yosh 
avlodning insoniyat to‘plagan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarda, 
qoidalarda o‘z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning 
rejali jarayoni sifatida ro‘y beradi. Bu ta’sir kattalar tomonidan amalga 
oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil 
vositalar, metodlar, sharoitlar yaratishni o‘z ichiga oladi. Odamning 
aqli, uning aqliy rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida 
namoyon bo‘ladi. Ular aqliy faoliyatning jo‘shqinligida, mustaqil 
ijodiy bilishga intilishda o‘z ifodasini topadi.
Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma’lum maqsadga qaratilgan 
bo‘lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoliyatida erishgan 
muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi. Aqliy tarbiyasi yetuk, 
o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand 
kishilar deb ataydilar. Donishmandlik – bu donolik. Donolik 
insonning eng buyuk va olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir 
noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning 
uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda 
ham bo‘lmas», deyiladi. Insoniyat paydo bo‘lgandan beri odamlar 
orasida 
yetishib 
chiqqan 
barcha 
olim-u 
fozillar, 
shoir-u 
yozuvchilarning barchasi mukammal ilm egallash orqali o‘z davrining 
e’tiborli kishilari darajasiga ko‘tarilganlar. Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Alisher 
Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar, g‘arb olimlaridan Yan Amos 
Komenskiy, K.D.Ushinskiy, J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm 
egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar 
yaratganlar. 


103 
Tarixan ta’lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakllanib 
borish barobarida, ta’lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuvchining 
sifatlari, yani ta’limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi. Xitoyning 
Samarqanddagi elchisi Vey Sizinning hisobotlarida: «Samarqand 
aholisi mohir savdogarlardir. O‘g‘il bola besh yoshga to‘lar ekan, 
unga savod o‘rgata boshlaydilar», - deb qayd qilingan.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta’lim-
tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya 
hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim. Har 
bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo, yaxshi o‘qishni 
keyin esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin» 
deyilgan.
Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida inson 
takomilida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor 
berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi. 
«Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Aql 
ma’nolari to‘g‘risida», «Ilmlarning kelib chikishi» kabi maorifiy 
asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Farobiy ta’limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera 
oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni 
yetishtirishdan iborat deb biladi.
Beruniyning bilimlarni egallash yo‘llari haqidagi fikrlari hozirgi 
davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchilarga bilim berishda ularni 
zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi mavzularni qiziqarli, asosan 
ko‘rgazmali bayon etish va hokazolarga e’tibor berish kerakligini 
uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o‘zi sezishi mumkin 
bo‘lmagan holatlardan, behuda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish 
zarurligini aytadi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini 
ta’kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir. 
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezoni 
sanalgan bilim egallashga da’vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi, 
ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo‘lmagan kishilar deydi. 
Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarur deb biladi. U 
ta’limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: bolaga 
bilim berishda birdaniga kitobga band qilmaslik, ta’limda yengildan 
og‘iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolaning 
yoshiga mos bo‘lishi, o‘qitishda jamoa bo‘lib o‘qitishga e’tibor berish, 
ta’lim berishda bola qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish, 


104 
o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish. Abu Ali ibn Sino 
aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushohada bilan 
idrok etishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarini tushuntirishdir. 
Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich. 
O‘zlashtirilgan bilim, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda u 
haqiqiy aql deyiladi. Olim aqlni 3 bosqichga bo‘lar ekan, birinchi 
bosqichda yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, yozishni ham 
bilmaydigan 
bolalarni 
nazarda 
tutgan. 
Ikkinchi 
bosqichda 
tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o‘rganayotgan 
bolalarning aqli tasavvur qilinadi. Uchinchi bosqichda inson aql 
shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo‘ladi. Ibn 
Sino aql deganda insoning tug‘ma iste’dodini, bilish jarayonida 
shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. 
Aqlni ikki xil kategoriyaga bo‘ladi:
1. Nazariy aql – borliqdagi umumiy narsalarni idrok etishdir. 
2.Amaliy aql – buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko‘rinadigan 
qobiliyatlardan.
O‘z davrining yirik ma’rifatchilaridan hisoblangan Abdulla 
Avloniy ham yoshlarni ilmli bo‘lishga chaqiradi. U aql va ilmni 
ulug‘laydi hamda «Aql insonning piri komili, murshidi yagonasidir. 
Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir» deb yozadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dastlab 
muomalada bo‘lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida 
keyin esa o‘quv mehnat, samarali faoliyatlar jarayonida (rasm chizish, 
loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar 
sistemasini o‘zlashtirib olish, ularni jamg‘arish, ijodiy tafakkurni 
rivojlantirish hamda yangi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo‘lgan 
bilish faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy 
ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil 
etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya 
berish vazifalarini samarali hal etishda birinchidan bolaning 
imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, ikkinchidan bola organizmining 
umumiy charchashiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha 
zo‘riqish bo‘lmasligi yo‘llarini topish uchun Maktabgacha ta’lim 
yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini 
o‘rganish bilan shug‘ullanadi.


105 
Keyingi 
yillarda 
olib 
borilgan 
psixologik-pedagogik 
tadqiqotlarning natijalari Maktabgacha ta’lim yoshi davrida 
bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini 
ko‘rsatadi. Bularning hammasi Maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarini yanada 
chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof 
to‘g‘risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega 
bo‘lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egallab oladilar, narsa va 
buyumlardagi voqealardagi muhim va muhim bo‘lmagan tomonlarini 
ajrata oladigan ba’zi bir sabab natijali bog‘lanishlarni bilib oladigan 
bo‘lib qoladilar. Ularda o‘quv faoliyatining dastlabki ko‘rsatkichlari 
shakllanadi. Shuning uchun bog‘cha yoshidan boshlab rivojlantirib 
borish katta ahamiyatga ega. 
Maktabgacha ta’lim yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda 
tasavvur ta’limi bo‘ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va 
tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun ko‘rgazmali-harakatli, 
ko‘rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so‘z, mantiqiy 
tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda 
analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, 
voqealarni, chuqur anglab olish, ularni muhim bo‘lgan va muhim 
bo‘lmagan tomonlarini ajratishga o‘rgatish lozim.
Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak-
atrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan 
qarashga, hamma narsani ushlab his qilib, diqqat bilan tomosha 
qilishni ktizatishda namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil 
etib, bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘z vaqtida javob berishga 
harakat qiladi, ularni fikrini mustaqil javob qidirishga yo‘llab, 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning 
susayishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining 
sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil 
qilishdan iborat.
Bolalar bog‘chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini 
rivojlantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida 
namoyon bo‘ladi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlining 
ziyraklik 
– fahm-farosatlilik, tanqidiy ko‘z bilan qarash,


106 
sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy 
ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat 
usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim 
bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan 
taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish Maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.
Bu ko‘nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari 
bo‘lib, bolaning bilimlarini muvaffaqiyatli egallab olishga yordam 
beradi. Masalan: o‘simliklar va hayvonlar bilan tanishtirish bo‘yicha 
sistemali mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar ayrim konkret 
o‘simliklar yoki hayvonlar to‘g‘risida ma’lum bir tasavvurga ega 
bo‘ladilar. So‘ngra bolalardagi aqliy-ko‘nikma va malakalarni 
rivojlantirish 
maqsadida 
tarbiyachi 
bolalar 
bilan 
quyidagi 
mashg‘ulotlarni 
o‘tkazishni 
rejalashtirishi 
mumkin: 
«Paxta 
o‘simligini, momaqaymoq o‘simligi bilan solishtirish», «Qafasdagi 
ikki xil qushni bir-biriga solishtirish» didaktik o‘yini va shunga 
o‘xshash tadbirlar o‘tkazish.
Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmasdan, 
ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishda 
foydalanishga o‘rgatish zarur. Ilk va bog‘cha yoshi davrida bolalarda 
tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqish juda tez o‘sadi. Qiziqish bolaning 
aqliy rivojlanishini harakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar 
bolaning qiziquvchanligini, bilishga bo‘lgan har qanday xohishini 
sezishlari va rag‘batlantirib borishlari kerak.
Bolani maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati 
kattadir. Bolani bilimlarini egallab olishlari ularni aqliy faolligini 
rivojlantirish aqliy malaka va ko‘nikmalarini egallab olishlari ularni 
maktabda muvaffaqqiyatli o‘qishlari uchun bo‘lajak mehnat 
faoliyatiga tayyorlanishida manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Odamning aqliy faoliyati bu umumiy ham maxsus aqliy 
harakatlar xilma-xil sistemalarining katta miqdoridir. Ko‘pgina 
vazifalarni hal etishda qo‘llaniladigan keng ko‘lamdagi aqliy 
harakatlarni shakllantirish ayniqsa, muhimdir. Bunday harakatlarga 
tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi. Ham umumiy, ham maxsus 
aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va mustaqillikning 
rivojlanishini ta’minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va 
jo‘shqinligini, hodisalarni xilma-xil aloqalar va munosabatlarda ko‘ra 
bilishni shakllantirishga yordam beradi. «Aqliy mehnat madaniyati» 


107 
tushunchasiga aqliy faoliyatning umumiy tartibliligi, rejaliligi, 
vazifani qabul qilish va o‘rtaga qo‘yish, uni hal etish usullarini 
tanlash, ishlab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish 
natijalarini baholash mahorati kiradi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə