Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri - tekshirishdir



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

 Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri - tekshirishdir.
Tekshirish
buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok 
qilishdan iborat bo‘lib, uning natijalaridan keyinchalik ma’lum bir 
mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayonida bolalar 
katta-kichiklikni, shaklni, fazoviy munosabatlarni, rangni, nutq 
tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlarini 
ajratib ko‘rsatish va farqlashga o‘rganadilar.
Mashg‘ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab 
olishlari muhim rol o‘ynaydi. Holbuki shu mashg‘ulotlarda 
bolalarning sezgi, idrok va tasavvurlarni tarbiyalashga jonli rahbarlik 
qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. 
Bolalar biror buyumni nima uchun sinchiklab qarash, ba’zi 
tovushlarni yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina, 
ularda sinchiklab qarash, narsa va hodisalarni idrok qilish malakasi 
hosil bo‘Iadi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni narsa va hodisalarni 
idrok qilishga o‘rgatib, ular qiladigan ishlarning ma’nosini aniq 
tushuntirib berishi lozim. Shundagina ular ancha tushungan holda 
idrok qiladilar va biror maqsadga qaratilgan bo‘ladi: axir, daraxt 
shoxlari yaxshilab ko‘zdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha 
qiyin bo‘ladi. 
Boshqa faoliyat turlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik 
ko‘rishda tegishli tekshirish usullari tanlanadi. 
Masalan, qog‘oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun 
tarbiyachi bolalarga qog‘oz va gazlamani g‘ijimlagandanima 
bo‘lishini eshitib ko‘rishni, qog‘oz va bir parcha gazlamani yirtib 
ko‘rishni, qog‘oz va gazlamadan qilingan qo‘g‘irchoq ko‘ylagini 
suvda yuvishni taklif etadi. To‘plangan tajribalarni bolalar boshqa 
buyum va hodisalarga ko‘chiradilar, undan kundalik hayotlarida 
foydalanadilar: “Kel, qumga suv quyamiz, u nam bo‘Iadi, biz undan 
tunnel quramiz”, “Bu chelakni ko‘tarma, unda qum bor, u juda og‘ir”. 
Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta’rifini aniqlash, ularni 
ma’lum bir xossalarga ko‘ra taqqoslash uchun didaktik o‘yin va 
qo‘llanmalardan ham foydalanish mumkin. Ular bolalar bilan olib 
boriladigan 
xilma-xil 
mashg‘ulotlar, mehnat, kuzatishlar va 
bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina qo‘shimcha material 
hisoblanadi. 


114 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə