Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Turli yosh guruhlarida sensor tarbiyani tashkil etish



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Turli yosh guruhlarida sensor tarbiyani tashkil etish 
metodikasi 
Italiyalik pedagog Mariya Montessori o‘zining pedagogik 
qarashlaridan kelib chiqib bolalarni aqliy jihatdan rivojlantirish, ularni 
his qilishga o‘rgatish kerakligini ta’kidlaydi. Bolalarda sensorika va 
motorikani 
rivojlantirish 
kichkintoylarda 
yozish, 
hisoblash 
ko‘nikmasini shakllantiradi. Montessori metodikasining asosiy 
mohiyati bolada mustaqil faoliyat orqali shaxsiy imkoniyatlarini 
namoyon qilishga sharoit yaratish va yordam berishdan iborat. 
Shuningdek, Montessori materiallari kichkintoylarda mantiqiy 
tafakkurni rivojlantiradi. Bolada ichki kuchni rivojlantirish va uning 
shaxsiy sifatlarini shakllanishiga turtki beradi. Bundan tashqari bolada 
atrof-muhit to‘g‘risidagi tasavvurlar ham tizimga solinadi 
Ta’lim 
jarayonida 
tarbiyachining 
diqqat 
markazida 
kichkintoyning individual va ijtimoiy-hissiy ehtiyojlarini qondirish 
nazarda tutilishi lozim. Mashg‘ulot va o‘yinlar uchun tanlangan 
didaktik materiallar bolada motorika (harakat) va sensorika (sezgi)ni 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Bolaning mustaqil 
harakat qilishi natijasida uning ichki kuchlari erkin bo‘ladi va asta-
sekin kattalar yordamisiz ham o‘zi bajara olish ko‘nikmasiga ega 
bo‘ladi. 
Montessori materiallari bola uchun dunyoni, atrof-olamni anglash 
kaliti hisoblanib, dunyo haqidagi tasavvurlarini tizimga solishga, 
uning xaotik va atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarini kengayishiga 
sabab bo‘ladi. Bular yordamida bolada dunyoqarash rivojlanadi. U 
o‘zining shaxsiy tajribasi asosida atrof-olam va tabiatda yuz beradigan 
hodisalarni tushunadi va anglay oladi. Demak, bolalarda sezgi va 
mayda qo‘l harakatini rivojlantirish orqali maktab ta’limiga tayyorlash 
imkoniyatlari yanada kengayadi degan xulosaga kelish mumkin. 
Quyida maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda mayda qo‘l harakatini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlardan namunalar keltiramiz. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə