Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Gigiyenik sharoitlar
. Bizning jamiyatda jismoniy tarbiya 
davlatning ona va bola to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligiga, mehnatkashlar 
yashash sharoitlarining doimo yaxshilanib borishi, moddiy faro-
vonligining o‘sishiga asoslanadi.
Bolalarning jismoniy to‘g‘ri rivojlanishi uchun gigiyenik sharoit 
(bino, maydoncha, jihozlar, kiyim - bosh, poyabzal) yaratish, bolalar 
hayotining ilmiy asoslangan rejimi (bular oqilona ovqatlanish, 
harakatlarni rivojiantirish va organizmni chiniqtirish tadbirlarini o‘z 
ichiga oladi) albatta, bo‘lishi zarur. Shu bilan birga, tibbiyot 
xodimlarining doimiy nazorati, zaruriy profilaktik va davolash 
ishlarini olib borishi talab etiladi. 
Bog‘chada har bir guruh uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari 
bolalarning erkin harakat qila olishi va sof havo bilan nafas olish 
imkonini beradigan darajada katta, yorug‘, quruq va issiq, derazalari 
janubiy - sharqqa qaragan bo‘lishi kerak.
Guruh xonasining balandligi 3 - 3,5 m bo‘lib, har bir bolaga bino 
sathidan 2,5 kv. m joy, taxminan 8 kub m havo to‘g‘ri kelishi; xona 
bezagi gigiyenaga xos, tez toza bo‘ladigan, yoqimli, yumshoq rangda 
bo‘lishi kerak. Guruhda tartib bo‘lishiga rioya qilish zarur. Xonada 
yorug‘likni to‘sadigan og‘ir va qalin pardalar, gilamlar, yumshoq 
mebellar, umuman ortiqcha narsalar bo‘lmasligi kerak. Hamma 
jihozlar ta’lim-tarbiya talabiga, bolalarning bo‘yi va gavda tuzilishiga 
mos bo‘lishi va maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qo‘yilgan 
maxsus normaga javob berishi lozim. 
Bolalarning stol-stullari ancha mustahkam va yengil tuzilishi, 
sodda hamda oson yuviladigan bo‘lishi kerak. Stollar yorug‘lik chap 
tomondan tushadigan qilib joylashtirilishi lozim. O‘yinchoq va 
ko‘rgazmali qurollar ham gigiyenik talablarga javob beradigan, pishiq, 
zararsiz rangda, tashqi ko‘rinishi silliq bo‘lishi kerak. 
Tarbiyachi o‘z guruhining gigiyenik sharoiti uchun javobgardir. 
Xonani bolalar sayrga, musiqa ketgandan keyin shamollatish, deraza 
fortochkalari esa yil fasllaridan qat’iy nazar doimo ochiq bo‘lishi 
kerak.
Bog‘cha maydonchasi. Har bir yosh guruhi uchun butalar bilan 
ajratilgan alohida maydoncha bo‘lishi kerak. Maydonchada 
bolalarning harakatlarini rivojlantirish uchun joy (tekis maydoncha), 
qum, suv, qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar uchun joy, 
ijodiy o‘yinlar va turli o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar uchun 


95 
joy ajratiladi. Maydonchada harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar: 
tirmashib chiqish uchun devorchalar (uch, to‘rt va olti burchakli), 
muvozanat saqlash mashqlari uchun xoda, tepalik, sakrash, uloqtirish 
mashqlari uchun kerakli jihozlar bo‘lishi kerak. Bularning hammasi 
bolalarning yoshi va kuchiga mos, pishiq, mustahkam, chiroyli 
bo‘lishi zarur. Bog‘cha maydonchasida bolalarning velosipedda 
yurishlari uchun yo‘laklar bo‘lishi kerak. 
Yomg‘ir va quyoshdan saqlanish uchun yopiq ayvonlar bo‘ladi. 
Maydoncha har doim ozoda, tartibli bo‘lishi zarur. Bog‘cha 
maydonchasi skameykalar, o‘ynash uchun zarur bo‘lgan o‘yinchoqlar, 
qum yashiklari, har xil kema, samolyot maketlari, narvonchalar bilan 
jihozlangan bo‘ladi.
Qishki vaqtlarda qor tepalikcha, yaxlatilgan yo‘lchalar, qor 
inshootlari qurish lozim. 
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki 
ovqat va kechki ovqat) osoyishta vaziyatda o‘tishi kerak. Bola stol 
atrofiga yaxshi ishtaha bilan o‘tirsa, uning organizmida ovqatning 
yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beruvchi shartsharoit hosil bo‘ladi. 
Yaxshi 
ishtaha 
bolalarda 
mustaqillikni, 
madaniy-gigiyenik 
malakalarni, stol atrofida o‘zini to‘g‘ri tutib o‘tirish malakalarini 
tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhimi – bolalarning yoshligidan 
boshlab ularda yaxshi ishtaha bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga 
egadir. Ba’zi bolalar keragidan ortiq, ba’zilari keragidan kam ovqat 
yeyishlari mumkin. Shuning uchun bolaga ovqat normasini ularning 
yoshiga qarab berish kerak. Ammo bolani taomni oxirigacha yeyishga 
majbur etish kerak emas, majbur etish har doim ovqatdan oladigan 
lazzatlanishni kamaytiradi, uni hazm qilishni qiyinlashtiradi, ba’zan 
bola ovqatdan butunlay voz kechishi mumkin. Bolaning to‘g‘ri 
ovqatlanayotganining asosiy mezoni uning jismoniy jihatdan uyg‘un 
rivojlanganligidir.
Bolalarni ilk yoshligidan boshlab ovqatni mustaqil yeyishga 
o‘rgatish ularda ovqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijobiy 
munosabatni uyg‘otishga yordam beradi. Ikkinchi yoshning boshidan 
qoshiqdan foydalanishga o‘rgatish, to‘rtinchi yoshdan sanchqidan, 
beshinchi yoshda pichoqdan foydalanish malakalarini tarbiyalab 
borish zarur. Bundan tashqari, bolalarda ovqat yeyishdan oldin qo‘lini 
yuvish, tartibli yeb-ichish, chapillatma, tovushsiz chaynash va ichish, 
salfetkadan foydalanish, to‘g‘ri o‘tirish, ovqat uchun tashakkur 


96 
bildirish, ovqatdan keyin og‘izni chayqash kabi madaniy-gigiyenik 
malakalar ham tarbiyalab boriladi.
Ovqatlanish vaqtida bolalarga tanbeh berish, ularni koyish 
yaramaydi. Bu bolalarning asabini buzadi, ishtahasini bo‘g‘adi. Bir 
bolaga berilgan tanbeh boshqa bolalarning diqqatini tortmasligi lozim. 
Ovqatni yaxshi yeya olmaydigan bolalarga tarbiyachi yoki enaga 
yordam beradi.
Bolalarda ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan madaniy-gigiyenik 
malakalarni tarbiyalash kattalardan ijobiy namuna ko‘rsatishni talab 
etadi. Madaniy-gigiyenik malakalarni qanday bajarayotganliklarini 
tarbiyachi nazorat qilib borishi, katta va tayyorlov yoshidagi bolalarda 
esa uning ahamiyatini, bajarish usulini ongli egallab olishlariga 
erishishi lozim.
Uyqu.
Bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda uyqu muhim 
ahamiyatga egadir. Uyqu miya katta yarimsharlarining normal ishlashi 
uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi.
Chuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv sistemasining, 
organizm charchashining oldini oluvchi asosiy vositadir. Agar bola 
yomon uxlasa, uyquga to‘ymasa nerv sistemasi faoliyatining 
buzilganidan dalolat beradi. Nerv sistemasi tez qo‘zg‘aluvchi bolalar 
aksariyat yomon uxlashadi. Bunday bolalarning‘ uyqu tormozlanishi 
chuqur normal uyquni ta’minlayolmaydi. Shunda bunday bolalar 
kichkinagina, arzimagan sharpadan ham uyg‘onib ketaveradi. Bola 
qanchalik yomon uxlasa, uning axloq normasi, o‘zaro munosabati, 
muomalasi shuncha yomonlashadi, bunday holni biz injiqlik deb 
tushunamiz. Yaxshi uyqu bolaning sog‘lomligidan darak beradi.
Bola yaxshi uxlashining asosiy sharti uning yoshiga mos bo‘lgan 
sutkalik rejimni hayotining birinchi kunidan boshlab to‘g‘ri tashkil 
etishidir. Bola tez va yaxshi uxlashi uchun kerakli shart-sharoit 
yaratish, uyg‘oqlik vaqtida faollashtiruvchi har xil harakatlarni tashkil 
etish kerak. Bola yaxshi uxlashining asosiy shartlaridan biri 
hayotining birinchi oyidan boshlab uni toza havoda uxlatishdir. 
Kislorodga to‘ygan qon butun organizmdagi nerv hujayralarining 
tiklanishiga yordam beradi. Toza havo bolaning nafas olishini 
yaxshilaydi, shamollashdan saqlaydi. Jismonan nimjon va 1,5 yosh-
gacha bo‘lgan bolalarni toza havoda uxlatish, sayr qildirish nihoyatda 
zarurdir.


97 
Agar bola yaxshi uxlasa, tetik, quvnoq bo‘lib uyg‘onadi va haf-
sala bilan kiyina boshlaydi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə