Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

chi vazifalar 
Birinchi darajali 
vazifalar 


92 
qor, shamolning, suvda suzayotib suvning xossalari bilan tanishadi. 
Jismoniy mashqlar, gigiyena malakalarini egallash bilan bog‘liq 
bo‘lgan dastlabki bilimlar shakllantiriladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga mashg‘ulotlarning 
foydasi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni 
o‘tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o‘yinlar va hokazolar 
haqidagi tushuncha va bilimlarni berish muhimdir. 
Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo‘nalishini 
(yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga), to‘la aylanish
fizkultura asboblarining nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni 
asrash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini 
bilishlari kerak. 
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida bolada tabiat 
hodisalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi 
bilimlarni mustahkamlash zarur.
Tarbiyaviy 
vazifalar.
Bolalarda 
sport 
mashg‘ulotlariga 
muhabbatni, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim.
Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari 
(uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngilchanlik va hokazo) va 
axloqiy fazilatlar (halollik, haqqoniylik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro 
yordam), jamoada shug‘ullanish malakasi, fizkultura asboblarini 
ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan bajarishlarini tarbiyalash, 
shuningdek, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat’iylik, o‘z kuchiga 
ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, chidamlilik va 
boshqalar)ni namoyish qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal 
etishda ularning yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Jadal o‘sish va 
rivojlanish maktabgacha yoshdagi bola organizmining o‘ziga xos 
xususiyatidir. Lekin sistemalar va ular vazifalarining shakllanishi hali 
tugallanmagan bo‘ladi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bola 
juda nozik bo‘ladi. Shu munosabat bilan quyidagi sog‘lomlashtirish 
vazifalari birinchi o‘ringa qo‘yiladi:
1) hayotni muhofaza qilish, kasallikka qarshi kurash olib borish
organizmning tashqi muhit ta’siriga qarshiligini oshirish; 
2) organizmning barcha sistemalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida 
rivojlantirish, ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, to‘g‘ri 
qaddi-qomatni uyg‘un jismoniy rivojlantirish. 


93 
Jismoniy mashqlar bolalarning to‘laqonli aqliy, axloqiy, estetik va 
mehnat tarbiyasiga yordam berib, ularning ma’naviy-irodaviy 
sifatlarini (jasurlik, halollik, qat’iyat va boshqalarni) rivojlantiradi. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə