Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


V. 4. Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

V. 4. Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati 
Nutq madaniyati — ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati 
madaniyatini aks ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy 
tilning har ikki shakli — yozma va og‘zaki shakli uchun zarurdir. 
Nutq madaniyatiga e’tibor yolg‘iz o‘qituvchilardan emas, balki har 
bir fuqarodan ongli ravishda o‘zlashtirish talab qilinadigan insoniy 
fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir o‘qituvchining va shaxsning 
madaniy saviyasi va bilimiga bog‘liq. O‘qituvchi pedagogik 
mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma’naviy va axloqiy 
jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini
fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me’yordir.
O‘qituvchining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga 
yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati 
davomida, tajribali ustozlar o‘giti natijasida yillar davomida 
takomillashib, sayqallanib boraveradi. O‘qituvchining nutqiy 
qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib 
boradi. Uni rivojiantirish faqat o‘qituvchining shijoatiga bog‘liq, Shu 


82 
qobiliyat tufayli o‘qituvchining nutq madaniyati ham shakllanib 
boradi.
Quyidagi o‘qituvchining nutq madaniyatiga xos bo‘lgan 
vositalarni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak:
1. Nutq madaniyati o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti 
tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini 
ko‘rsatuvchi, o‘z ona tilimizga e’tiqodni namoyish etuvchi yorqin va 
ishonchli dalildir.
2. Nutq madaniyati o‘qituvchilarni ma’naviy va madaniy 
saviyasi bilan hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb 
egalaridan ma’lum ma’noda ajratib turadi. 
3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi 
bo‘lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo‘lib yetishishidan 
qat’iy nazar ma’naviy jihatdan tarbiyalash.
4. Nutq madaniyati — bu, avvalo, o‘qituvchilarda nutqiy 
ko‘nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko‘nikma pedagogik 
faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga 
malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat 
va mahorat shakllanadi.
5. Nutq madaniyatiga o‘zbek adabiy tilini mukammal egallash 
asosida erishiladi. Buning uchun o‘qituvchi adabiy til qonuniyatlarini 
bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o‘qib borishi, she’rlar yod 
olishi va uni ifodali o‘qiy olishi, radio va televideniye eshittirishlarini 
kuzatib borishi lozim.
6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko‘rinishi nutqiy 
taqlid bo‘lib, yosh o‘qituvchilar o‘zidan yaxshiroq, chiroyliroq, 
ma’noli va ta’sirchan nutq so‘zlaydigan ustoz-murabbiylarning nutqiy 
san’atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o‘rganishi 
mumkin.
O‘qituvchining 
pedagogik faoliyatida nutq texnikasini 
mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida 
o‘qituvchi bolaning his-tuyg‘ularini uyg‘otadi, o‘quvchilar bilan ongli 
muloqotni ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlarni tahliliy 
idrok etadi. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchi, avvalo, nutq sirlarini, 
uning o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotda ta’sir kuchini puxta 
bilishi kerak. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə