Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


V. 2. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

 
V. 2. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar 
Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga 
yetkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli 
mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz 
ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak 
ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida o‘qituvchining kasbiy 
faoliyatiga shunday ta’rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga 
yo‘l, avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki 
bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash 
bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana 
bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning oliyjanob mehnatini 
hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan 
ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, 
nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan 
o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, 
qiyoslab bo‘lmaydi”,– degan edi.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, 
ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p 
jihatdan tarbiyachi-o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, 
fidoyiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida 
tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq.
Ma’lumki, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon bevosita 
o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha 
ijtimoiy sharoitda ta’lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga 
erishish, o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy 
faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, 
mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga yo‘naltirish 
o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. 
Tarbiya – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiya-
lanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, 
tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomil-lashtirish 
uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy-
tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, 
uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda 


78 
xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg‘in faoliyat jarayonidir. 
Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy 
boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z 
o‘rnini topish uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni 
to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi. 
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning “Alhosil, 
tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat, yo 
saodat, yo razolat masalasidur”,– deb aytgan fikrlari barcha millat 
vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqat dir. Ushbu fikrlardan 
anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy 
va davlat ishidir.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
o‘qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday 
ta’riflaydi: “Tarbiyachi - ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-
idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy 
vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, 
tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana 
shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”.
Demak, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar va 
doimiy izlanishda bo‘lgan tajribali o‘qituvchilar ham tarbiyachilik 
mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
– har qanday pedagogik vaziyatlarda o‘quvchining ichki va tashqi 
dunyosini to‘g‘ri tushunish malakasi;
– pedagogik vaziyatlarni to‘g‘ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
– tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
– tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati; 
– xilma-xil pedagogik taktlardan o‘zi uchun eng muhimini ajrata olish 
qobiliyati;
– ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to‘g‘ri qaror qabul 
qilish; 
– tarbiyada ta’sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati;
– fikr va mulohazalarini so‘z bilan, mimika va pantomimik harakatlar 
bilan o‘quvchi ongiga aniq yetkaza olish; 
– dars va darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilar bilan kommunikativ 
aloqa o‘rnata olish qobiliyati;
– o‘quvchilar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o‘z fikr 
mulohazalarini qo‘rqmasdan bayon qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash;
– qiyin holatlarda o‘quvchilarga yordam bera olish;


79 
– tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishda o‘quvchilar jamoasi bilan doimo 
maslahatlashish; 
– o‘tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan o‘quvchilarning 
fikrlarini o‘rganish;
– o‘z-o‘zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish; 
– har bir o‘quvchining yashirin ijobiy fazilatlarini ko‘ra olish va 
takomillashtirish;
– o‘quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga ajrat-
maslik, bir xil munosabatda bo‘lish. 
“Tegishli ma’lumotli, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy 
fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagoglik faoliyati bilan 
shug‘ullanish huquqiga ega”,- deyiladi “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonunning 5-moddasida.
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, 
mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan 
bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan 
o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, 
pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish 
natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam 
ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur.
Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z 
kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi o‘z kasbini sevishi va bu 
kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati o‘qituvchi-tarbiyachi boshqa kasb 
egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan 
muhim talablaridan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini 
chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining 
obro‘sini ko‘taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim 
fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan 
qiziqish har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun 
kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib 
tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-
pedagog bo‘la oladi. Bolalarni sevish - pedagogning murakkab 
mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga 
munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga 
talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga 
nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarni chinakam 
ma’naviy murabbiysi bo‘lishga imkon beradi.


80 
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining 
mavjudligiga ham bog‘liqdir. Pedagogik qobiliyat - pedagogik 
mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyat tarkibiga 
pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, 
tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik 
qobiliyatlar pedagogik faoliyati jarayonida, shuningdek, uni bu 
faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat - bu 
yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy 
ravishda takomillashtirib borish san’atidir. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə