Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


IV. 2. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida maktabgacha



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

IV. 2. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini 
tashkil qilish 
“Ilk qadam ” dasturiga binoan maktabgacha ta’lim 
muassasasining turli yosh guruhlaridagi“Til va nutq”, “Ilm-fan va 
tabiat”, “Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika”, “San’at” 
“Syujet-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish” faollik markazlari bolalarni 
dialogik va monologik nutqini rivojlantirishga, jamoa bo‘lib 
birgalikda hamda mustaqil ishlashga, raqamlar, shakl va vaqtni, 
elementar matematik hisoblashlarni bilishga, san’at va madaniyatga 
qiziqish, ijodiy yondoshish kabilarga qaratilgan. Bu boradagi 
kuzatishlar va ularning tahlili, katta yutuqlar bilan bir qatorda mavjud 
qiyinchiliklarni aniqlashga va asosli ba’zi takliflar kiritishga bizga 
imkon berdi. 


71 
MTTda rivojlanish markazlarini tashkil etish Davlat talablari va 
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Markazlarda ishlash har bir bolaning individual xususiyatlarini 
hisobga olgan holda eng samarali rivojlanishiga imkon beradigan 
tarzda, uning individual qobiliyatlari, qiziqishlari, faoliyat darajasini 
inobatga olgan holda tashkil etiladi. 
Maqsad:
bolaning har tomonlama rivojlanishi, tarbiyalanishi, 
o‘qishi va uning maktabga samarali tayyorgarligini ta’minlash uchun 
sharoit 
yaratish. 
Vazifalar: 
– Bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish
– individual manfaatlarni qo‘llab-quvvatlash; 
– fikrlash jarayonlarini va kognitiv qiziqishni faollashtirish; 
– rivojlanish faoliyati; 
– nostandart holatlarda samarali harakatlarga tayyorlikni rivojlantirish; 
– tashabbuskorlikni rivojlantirish, o‘z fikrlarini ijodiy ifoda etish 
qobiliyatini rivojlantirish; 
– bolalarni texnik va badiiy ixtiro bilan tanishtirish; 
– vizual - majoziy idrokni rivojlantirish; 
– xotirani, nozik vosita ko‘nikmalarini, fikrlash, tasavvurni rivoj-
lantirish; 
– kommunikativ ko‘nikmalarni, muloqot qobiliyatini va jamoaviy 
ijodkorlikni rivojlantirish; 
– bolalarda izlanish va kognitiv faoliyatni rivojlantirish istiqbollarini 
kengaytirish; 
– barkamol shaxsni rivojlantirish. 


72 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda rivojlanish 
markazlarini tashkil etishning asosiy sharti pedagogdan tayyor bilim 
olishdan ko‘ra, bolaga rivojlanish markazlarida faoliyatni tanlash 
imkoniyatini berish, bunda u atrofdagi dunyo haqida bilimlarni 
mustaqil ravishda egallashi, ko‘nikmalari va qobiliyatlarini rivoj-
lantirish, bolaga qiziquvchanlik, mustaqil izlanish, tadqiqot jarayoniga 
qo‘shilish imkoniyatini berishdir. 
– Rivojlanish markazlari ta’lim, rivojlantiruvchi, o‘qitish, 
rag‘batlantiruvchi, uyushgan, kommunikativ funksiyalarni bajarishi 
kerak. 
– Eng muhimi, ular mustaqillikni rivojlantirish ustida ishlashlari 
kerak, bolalar va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shaxsga 
yo‘naltirilgan 
ta’limga 
asoslangan 
bolaning 
tashabbusini 
rag‘batlantirishi kerak. 
– Guruh xonasidan moslashuvchan va o‘zgaruvchan tarzda 
foydalanish talab etiladi. Rivojlanish markazlaridagi tematik, didaktik 
materiallar bolaning ehtiyojlari va manfaatlarini qondirishga xizmat 
qilishi kerak. 
– Markazlarning dizayni estetik, bolalar uchun jozibali bo‘lishi kerak, 
va mustaqil faoliyatga bo‘lgan istakni keltirib chiqarishi kerak. 
– Guruh xonasida rivojlanish markazlarini yaratishda o‘yin 
faoliyatining yetakchi rolini hisobga olish kerak. 
– Rivojlanish markazlaridagi jihozlar xavfsiz va didaktik mate-
riallarlar bolaga tegishli bo‘lishi va bolalarning yoshiga mos bo‘lishi 
kerak. 
– Rivojlanish markazlaridagi didaktik materiallarlar tematik 
vazifalarni hisobga olgan holda o‘zgarishi kerak. 
–Markazlarni uskunalar bilan ortiqcha jihozlamaslik zarur. 
– Rivojlanish markazlari bolalar va kattalar bilan aloqa qilish va 
birgalikdagi faoliyatni, shuningdek o‘z o‘zi bilan shug‘ullanish 
imkoniyatini ta’minlashi kerak. 
Tematik rejalashtirishga ko‘ra, pedagog rivojlanish markazlarini 
didaktik materiallar va o‘yin uskunalari bilan ta’minlash ustida 
o‘ylashi va to‘ldirishi kerak. Markazlarni bolalar va pedagoglarning 
birgalikdagi faoliyati va hunarmandchilik mahsulotlari bilan to‘ldirish 
mumkin. Har bir markazning maqsadiga muvofiq haftaning boshida 
pedagogning tematik rejasiga binoan, materiallar tayyorlanadi va 
jihozlanadi.


73 
Qurilish, konstruktorlik va matematika markazi: har xil qurilish 
to‘plamlari – kublar, legolar, bloklar, konstruktorlar, o‘ynash uchun 
didaktik o‘yinlar va boshlang‘ich matematik tasavvurlarni 
rivojlantirish uchun o‘quv materiallarlari. 
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi: teatrning 
barcha turlari uchun atributlar va o‘yin materiallarlari, rolli, 
rejissyorlik va dramatizatsiya o‘yinlari, shlyapalar – maskalar, o‘yin 
to‘plamlari va burchaklarda o‘ynash uchun o‘yinchoqlar – masalan 
“Sartarosh”, “Kasalxona” va “Do‘kon” o‘yinlari atributlari. 
Til va nutq markazi: didaktik o‘yinlar, tematik mavzuli, kichik 
formatdagi rasmlar, tasviriy materiallarlar, voqealar ketma-ketligini 
belgilash uchun rasm seriyalari, turli mezonlarga ko‘ra guruhlash va 
boshqalar, 
bolalar 
kitoblari 
kutubxonasi, 
tematik 
albomlar, 
topishmoqlar albomlari, magnit harflar to‘plami, “Rasmli alifbo” 
kubik-lari. 
Ilm, fan va tabiat markazi: atrof-muhit madaniyati bo‘yicha 
didaktik materiallarlar, “Tabiat va odam” rasmlari va illyustratsiyalari, 
valeologiya 
bo‘yicha 
maketlar, 
tabiiy 
materiallarlarning 
xususiyatlarini o‘rganish uchun materiallar, to‘plamlar, tadqiqotlar va 
tajribalar uchun, bilim to‘plamlari, o‘ynash uchun o‘yin mavzular 
to‘plamlari – uy va yovvoyi hayvonlar, dengiz hayoti, hasharotlar, 
qushlar. 
San’at markazi: tasviriy faoliyat zarur chn jihozlar, xalq 
hunardmanchilik 
mahsulotlari 
tasvir 
etilgan 
albomlar 
va 
illyustratsiyalar, dekorativ-amaliy san’at, turli xil xalqlarning hayoti, 
madaniyati, urf-odat aks ettirilgan rasmlar, bolalar yozuvchisi va 
O‘zbekiston shoirlari portretlari, tematik rang-barang kitoblar, erkin 
ijod uchun rasm chizish albomlari. 
Markazlardagi bolalar faoliyati: o‘yin, mustaqil nutq, kognitiv, 
kommunikativ, kognitiv-tadqiqot, eksperimental, ijodiy, kommu-
nikativ, mehnat, samarali, musiqiy va badiiy. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə