Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini 
shakllantirish” sohasi kompetensiyalari. 
“Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” 
sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli 
bola:
–o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish 
me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi;
– turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli 
bajarishni biladi;


67 
– turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika 
ko‘nikmalaridan foydalanadi;
– o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida 
boshqaradi;
– shaxsiy gigiyena malakalarini qo‘llaydi; 
– sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
– xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
 “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari. 
“Ijtimoiy-emotsional rivojlanish” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy 
faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
–o‘z “Men”i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi 
roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;
–o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda 
ifodalaydi;
–o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda 
javob beradi;
–kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot 
qiladi;
–murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi.

Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi 
kompetensiyalari
“Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasidagi o‘quv-
tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
–nutqni eshitadi va tushunadi;
–o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-
xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;
–ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi;
–ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi;
–badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;
–so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida 
tasavvurga ega bo‘ladi;
–turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab 
berishni biladi;
–yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni 
biladi. 


Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə