Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


III. 4. Maktabgacha ta’lim davrining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

III. 4. Maktabgacha ta’lim davrining o‘ziga xos xususiyatlari 
2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari 
Bu davr o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki 
yoshgacha bo‘lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o‘zgalar 
tomonidan aytilgan so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan 
bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib, o‘zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni 
boshlanadi, bola musiqa, badiiy so‘z ta’siriga tez beriladi.


60 
Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar 
aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish lozim. Ularda kattalarga jo‘r 
bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his 
etish ko‘nikmasi shakllanadi.
Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o‘zaro 
muloqotga kirishish ko‘nikmalari shakllana boshlaydi. Ta’lim-
tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu 
ko‘nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga 
yo‘naltirilmog‘i lozim. 
3-4 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga 
qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda 
uning og‘irligi 14-15 kg., bo‘yi 90-95 sm. ga yetadi. Bola jismonan 
ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari 
takomillashib boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o‘z 
xatti-harakatlarini idora qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Ulardagi 
mustaqillik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib 
boradi.
Jamoa bo‘lib o‘ynash ko‘nikmalari shakllanadi. O‘yin asosida 
amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati 
kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatining 
dastlabki ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Uch yoshli bolalarning 
diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, 
moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish 
imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o‘yin faoliyati yetakchi rol 
o‘ynaydi.
Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va 
rivojlantirishga keng yo‘l ochadigan ta’limiy mashg‘ulotlar tizimini 
belgilab berishga yo‘naltirilgan.
4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Bola to‘rt yoshga 
yetgach, uning jismoniy o‘sishi bir muncha jadallashadi, bu davr 
mobaynida bo‘yi 105-108 sm gacha o‘sadi, og‘irligi esa 18-19 kg 
bo‘ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim 
sharlar po‘stlog‘ining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy 
harakatlarning rivojlanishida jiddiy sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, 
ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko‘nikmasi 
shakllanadi.
Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, 
mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo‘ladi. Barcha hara-


61 
kat va faoliyatlarni o‘zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola 
nihoyatda serharakat, o‘yinqaroq, o‘ta qiziquvchan bo‘ladi. U har 
qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni 
to‘g‘ri ovqatlantirish, o‘z vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza 
qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo‘lishini 
ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
5-6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Bu davrda 
bolaning bo‘yi 7-8 sm ga o‘sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan 
tezroq rivojlanadi, og‘irligi 20-22 kg.ni tashkil etadi. Bolalarning 
umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. 
Shuning uchun ham suyaklarning to‘g‘ri o‘sishini ta’minlashga 
alohida e’tibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga 
nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli 
darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi.
Olti yoshga yetganda miya po‘stlog‘ining asab katakchalari 
rivojlanib, og‘irligi va tashqi ko‘rinishidan kattalarnikiga yaqin-
lashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik 
bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi 
ravon bo‘lishini ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson 
bo‘lgan taqdirda uning oldini olish choralarini ko‘rish lozim. Bu 
yoshdagi bolalarning so‘z boyligining rivojlanishiga alohida e’tibor 
berish lozim. Ularning nutqidagi so‘zlar bolaning fikr ifodalash 
ehtiyojlarini to‘la qondirishi kerak.
Bu 
davrda 
bolalarning 
matematik 
tafakkuri, 
hisoblash 
ko‘nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga 
ehtiyoj 
seziladi. 
Bolaning 
faraz 
qilish 
qobiliyatini 
jadal 
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. 6-7 
yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari bola hayotining yettinchi 
yilida undagi harakatlar ko‘lami kengayadi va aniqlashadi, uning 
jismida harakatlarning o‘zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli 
bolalar o‘zini idora qilish va o‘z harakatlarini nazorat qilish 
imkoniyatiga ega bo‘la boshlaydi. Bu yoshdagi o‘g‘il bolalarda 
mustaqil faoliyat ko‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda 
kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi.
Bu davrda bolaning bo‘yi 120 sm ga yetadi, og‘irligi 22-24 kg 
bo‘ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bo‘ladi, o‘z 
salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal 
rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda 


62 
gigiyenik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash 
jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo‘lgan ta’lim olishga 
o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish lozim. Bu o‘rinda bolalarni ruhan ta’lim 
jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o‘quv 
elementlarini o‘rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga 
qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy 
jihatdan ta’lim olishga tayyor bo‘lishi kerak. Bolalarni maktabga 
tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga 
tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik 
bazasi olti yoshli bolalarga ta’lim berish imkoniyatiga ega bo‘lishi 
shart. O‘qituvchining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axloq-
odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bolalarga ta’lim va tarbiya berish 
uchun loyiq bo‘lganda, u olti yoshli bolalarni o‘qitish huquqiga ega 
bo‘ladi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan 
maktablar hamda bu bolalarni o‘qitadigan o‘qituvchilar pedagogik-
psixologik nuqtayi nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va 
shundan keyingina ta’lim jarayoniga kirishilishi kerak. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə