Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


O‘qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

O‘qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi
. O‘qituvchining 
har bir darsga sifatli tayyorlanishi darsni tashkil etish, o‘quvchilarga beriladigan 
bilim, ko‘nikma va malakalarni qay darajada o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Darsga 
tayyorlanish algoritmi, barcha omillar, holatlarni hisobga olish va kafolatlaydigan 
izchil tadbir bo‘lishi zarur.


Shuning uchun har bir darsga tayyorlanishda quyidagi tavsiyalarga rioya 
qilishi lozim: Darsda o‘quvchi shaxsini rivojlantirish uchun avvalo, uning idrokini, 
xotirasini kuchaytirish asosida o‘quv materialining xotirada saqlanishini taminlash 
zarur. Darsning maqsadiga erishish uchun o‘quv materiallarini to‘g‘ri tanlash, 
bunda o‘quvchilarning bilim saviyasini hisobga olish va darsni jihozlashga jiddiy 
e’tibor berish, o‘quv materiallar o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun ta’limning 
metod va usullarini o‘rinli qo‘llash ham muhimdir.
Dars o‘qituvchiga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Shunga ko‘ra, atroflicha 
tayyorlanish tajribali o‘qituvchi uchun ham yosh o‘qituvchi uchun ham zarur. 
O‘qituvchi o‘z vazifasini sifatli bajara olishi uchun o‘quvchilar shaxsini har 
tomonlama o‘rganishi shart. O‘quvchi shaxsini o‘rganish oddiygina tadbir emas, 
balki ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishishning eng muhim yo‘lidir. 
Shuning uchun birinchi navbatda sinf jamoasining o‘ziga xos xususiyatlarini 
e’tiborga olish lozim:

o‘quvchilarning bilimi va o‘zlashtirish saviyasi;

o‘quvchilarning fanga bo‘lgan munosabati;

sinfning ishlash tezligi;

bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanganligi;

har xil turdagi o‘quv jarayoniga munosabati;

o‘quvchilarning intizomi.
Ikkinchi navbatda esa har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini 
e’tiborga olish zarur:

nerv tizimi turlarining shakllanganlik darajasi;

o‘zaro fikr almashuvi;

hissiyotga beriluvchanlik;

materialni o‘quvchilar tomonidan qabul qilishini boshqarish;

yomon kayfiyatni tarqatish yo‘llarini bilish;

o‘zining bilim va qobiliyatiga ishonish;

har xil ta’lim vositalaridan foydalanishni bilish. O‘qituvchi oldida turgan 
vazifalardan biri o‘quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, uni 
yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko‘tarish talab qilinadi.
Bularning barchasi dars ishlanmasida yoki darsning texnologik xaritasida o‘z 
ifodasini topadi. Dars ishlanmasi (darsning texnologik xaritasi) o‘qituvchi uchun 
tuzilish majburiy bo‘lgan hujjatdir. Uni tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad- 
o‘qituvchining va o‘quvchining dars jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, dars 
mazmunini yoritib borish, ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat.
 
Darsga tayyorlanish vaqtida o‘qituvchi o‘tgan mashg‘ulotning mazmuni va 
natijalarini tahlil qilishi, ularning izchil aloqasini belgilab chiqishi, kelgusi 
darsning ta’lim va tarbiya maqsadini to‘g‘ri belgilashi, darsning tuzilishini va 
uning har bir elementiga ajratiladigan vaqtni aniqlashi, mavzuga oid savollar 
tuzishi va kirish yo‘riqnomasi mazmunini ishlab chiqishi, asosiy mehnat usullarini 
tanlashi va o‘ylab chiqishi kerak. 
Darsga tayyorgarlik ko‘rishda, uni tashkil etishni aniq rejalashtirib olishda 
kerak bo‘lgan talablar: taqvimiy mavzuli reja asosida dars o‘tkazishning ishlab 


chiqilgan aniq rejasi mavjud bo‘lishi, dars o‘z vaqtida boshlanib, o‘z vaqtida 
tugashi kerak. Darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi va darsning boshidan to 
oxirigacha o‘quvchilar ongli intizomi ta’minlanmog‘i lozim. Darsni tashkil etishda 
turli-tuman vositalardan, o‘quv texnik, kompyuter, statsionar va dinamik 
ko‘rgazmali qurollardan foydalanish ko‘zda tutiladi. 
Texnologiya fani o‘qituvchisi mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida 
darsning tashkiliy tomonlariga navbatchilarni tayinlash, o‘quvchilarga asbob va 
materiallar tarqatish, o‘quv ustaxonalarida tartib-intizomning qat’iy saqlanishiga, 
ishlarga baho qo‘yish va ularni tahlil qilishga alohida e‘tibor berishi kerak.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə