Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanining tarixiy



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanining tarixiy 
taraqqiyoti va istiqbollari 
Mehnat ta’limi fanining fan sifatida umumiy о‘rta ta’lim maktablariga kirib 
kelishi sobiq ittifoq yillariga tо‘g‘ri keladi. Bu davrlarda mehnat ta’limi fani ishlab 
chiqarish mehnati bilan uyg‘unlashtirildi. Bir guruh о‘qituvchilar va metodistlar 


maktabda о‘qitiladigan fanlarni hayot bilan bog‘lash uchun maktabda mehnat 
ta’limi fanining mustaqil fan sifatida kiritilishi zarurligi taklifini beradi. Ikkinchi 
16 guruh pedagoglar birinchi guruh fikrlarini inkor qilib, maktab о‘quv rejasidan 
o‘rin olgan boshqa fanlarni о‘qitish orqali ham mehnatga о‘rgatish mumkinligini 
ma’qullaydi. 1920-yildan boshlab mehnat ta’limi maktab о‘quv rejasida fan 
sifatida emas, balki kompleks tizim, keyinchalik loyiha tizimi asosida о‘qitila 
boshlandi. 1932-yilda boshlang‘ich va о‘rta maktablarning о‘quv dasturlari va 
rejimi tо‘g‘risidagi qarorida maktablarda fan asoslarini predmetli о‘qitish ishlab 
chiqiladi. О‘quv rejasiga boshqa о‘quv fanlari bilan bir qatorda mehnat ta’limi ham 
mustaqil predmet bо‘lib kirdi. Bu davrda mehnat ta’limi о‘qituvchisi 
mutaxassislari ta’minlanmaganligi, moddiy baza yaratilmaganligi sababli 1937- 
yilda maktablarda mustaqil о‘quv fani sifatidagi mehnat ta’limi tugatildi. 1952- 
yilda mehnat ta’limiga jamoatchilik e’tibori qaratildi va maktabda politexnik ta’lim 
va mehnat tarbiyasini rivojlantirish zarurligi kо‘rsatildi. 1954-yilda mehnat 
ta’limini о‘rta maktab о‘quv rejasiga о‘sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish 
vositalaridan biri sifatida kiritildi. Shu yillardan boshlab mehnat ta’limi fanida 
о‘quvchilarni kasbiy tayyorlash yo‘lga qo‘yildi va 200 turdagi kasblarga 
tayyorlandi. Ma’lumki, bu davrda ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishga katta 
ahamiyat berildi. 1984-yilda mehnat ta’limiga ajratilgan umumiy soat ikki 
barobarga oshdi, о‘quvchilar unumli mehnatga va shu bilan birgalikda ishlab 
chiqarish mehnatiga о‘rgatildi. Bunda 8-9-sinflarda profilli о‘qitish boshlandi va 
“Ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yо‘llash” fani kiritildi.
О‘zbekiston mustaqillikka erishganidan sо‘ng, 1997-yilda qabul qilingan 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim tо‘g‘risidagi qonun” asosida mehnat 
ta’limi fan dasturi mazmuni ham barcha umumta’lim fanlari kabi milliylashtirildi. 
Dastur mazmuniga о‘zbek milliy xalq hunarmandchiligi turlari, о‘zbek milliy 
taomlarini tayyorlash texnologiyasi, milliy kiyimlar va buyumlar tayyorlash 
texnologiyasi mavzulari kiritildi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi 
390-sonli Qarori bilan tasdiqlangan mehnat ta’limi fanining davlat ta’limi 
standartiga asosan 5 ta yо‘nalishlar bо‘yicha milliy dastur asoslangan ta’lim-
tarbiya ishlari olib borildi. 17 2010-yilda davlat ta’lim standarti hamda о‘quv 
dasturlari mehnat ta’limi yо‘nalishlari bо‘yicha о‘zaro integratsiyalashtirilib, 5ta 
yо‘nalish 3taga keltirildi, ya‘ni: “Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi” va 
“Pazandachilik asoslari” yо‘nalishlari mazmunan umumlashtirilib, “Servis 
xizmati” yо‘nalishi; “Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi” va “Metalga ishlov 
berish texnologiyasi” yо‘nalishlari umumlashtirilib, “Texnologiya va dizayn” 
yо‘nalishi mazmuni ishlab chiqildi. “Qishloq xо‘jaligi asoslari” yо‘nalishi 
zamonaviy talablar darajasida modernizatsiya qilinib, uning mazmuni hamda 


ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yо‘llashga oid bilimlar bilan tо‘ldirildi. 
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining о‘quv rejasida mehnat ta’limi о‘quv faniga 1-
4-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7-sinflarda 2 soatdan va 8-9-sinflarda 1 soatdan 
vaqt yuklamasi ajratilgan. Hammasi bо‘lib bir yilga 407 soat о‘quv yuklamasi 
bajarilishi belgilangan. 8-9 sinflarda “Xalq hunarmandchiligi”, “Ishlab chiqarish 
asoslari” bо‘limlarida о‘quvchilarga xalq hunarmandchiligini zamonaviy dizayn 
kо‘rinishida mahsulot tayyorlash va ularni bozor munosabatlariga о‘rgatish kiritildi 
. Mehnat ta’limi fanining tarixiy taraqqiyoti tahlil qilinganda turli siyosiy davrlarda 
fanning mazmuni о‘zgarib borganligini kuzatish mumkin. Jahondagi rivojlangan 
davlatlar ta’lim tizimi о‘rganilganda mehnat ta’limiga katta e’tibor qaratilganligi 
va 
о‘quvchilar maktab yoshidan mustaqil ijodiy ishlarni bajarishga 
о‘rgatilayotganligini kо‘rish mumkin. Shu kungacha mehnat ta’limi darslarida 
о‘quvchilarga oddiy mehnat usullari о‘rgatib kelinganligi va oddiy qо‘l 
asboblaridan foydalanib mahsulot tayyorlanishi sababli fanning nomi ham 
“Mehnat ta’limi” deb yuritilishi mos bо‘lgan. Har qanday mahsulot tayyorlash 
zamonaviy jihozlardan foydalanish bilan birga ma‘lum bir ketma-ketlikdagi 
texnologik jarayonlardan о‘tadi, shuning uchun mehnat ta‘limi fanini hozirgi 
zamon talabiga yetkazish, nufuzini kо‘tarish maqsadiga, avvalo, fanning nomini 
о‘zgartirish, qolaversa, mazmunini tubdan qayta kо‘rib chiqish va о‘zgartirish 
orqali erishiladi. 18 Umumta’lim tizimida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev 
ilgari surgan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasining ijtimoiy soha rivojiga doir tegishli yo‘nalishida ta’lim bo‘yicha 
ustuvor vazifalar belgilandi. Fanning rivojlanish istiqbollari O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi umumiy o‘rta ta’lim 
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hamda 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy 
o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi qarorlari o‘qitish tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga imkon 
yaratadi6.
Umumta’lim tizimida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
yanada 
rivojlantirish 
bo‘yicha 
Harakatlar 
strategiyasining ijtimoiy soha rivojiga doir tegishli yo‘nalishida ta’lim bo‘yicha 
ustuvor vazifalar belgilandi. Shu o‘rinda o‘quvchilarni kasb-hunarni to‘g‘ri 
tanlashga yo‘naltirish maqsadida “Mehnat ta‘limi" fani ham “Texnologiya” fani 
deb o‘zgartirildi va bugungi kun talabidan kelib chiqib, ko‘p tarmoqli 
yo‘nalishlarga asoslangan holda qayta ishlandi.“Mehnat ta’imi” fanining 
“Texnologiya” fani deb o‘zgartirilishi ushbu fan sohasini yanada boyitish, uni 
texnologiyalashtirish, ya‘ni fanga innovatsion texnologiyalarni olib kirish, 
innovatsion faoliyatni yaratish, mahsuldorlikni oshirish kabi jadal suratlarni 


ro‘yobga chiqarish, shu bilan birga fanni takomillashgangan qirralarini ochish kabi 
bir qancha vazifalardan iboratdir.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə