Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

Kasbkorlik sifatlari 
O‘qituvchining 
kasbiy-axloqiy fazilatlari
dan biri talabchan va adolatli 
bo‘lishdir. O‘qituvchining talabchanligida uning bola shaxsiga chuqur hurmati, 
bolaning kuchi, qobiliyati va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchi ifodalanadi. Bu 
haqiqiy insonparvarlikning namoyon bo‘lishi, ya’ni rivojlanayotgan bola shaxsi 
to‘g‘risida, jamiyat uchun foyda keltira oladigan barkamol kishini tarbiyalash 
to‘g‘risida g‘amxo‘rlikdir. O‘quvchilar loqaydlikni yoqtir-maydilar, aksincha 
yaxshi niyat bilan oqilona qilingan talabchanlik ularning muallimga hurmatini 
oshiradi. O‘qituvchi avvalo o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lmog‘i kerak, shundagina 
uning bolaga nisbatan qo‘yayotgan talablari o‘rinli, samarali bo‘ladi. Muallimning 
talabchanligi adolatlilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i zarur. Kuch adolat va 
haqiqatdadir. Adolat tushunchasining mazmunida haqiqat, poklik, to‘g‘rilik, 
kuchqudrat mujassamdir. 
Adolatlilik
umuminsoniy va milliy axloqimizning muhim xislatlaridan 
hisoblanadi. Islom ta’limotida adolat, adolatli bo‘lish fazilati yuksak qadrlanadi. 
Adolat kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda odillik bilan ish tutishni taqozo 
qiladi. Adolatlilik kishida o‘tkir akd, sof mulohaza, olijanoblik va mardlik 
mavjudligini bildiradi. Adolatli bo‘lish o‘z so‘zida turish, qat’iylik demakdir. 
Bilimdonlik, halollik, rostgo‘ylik
- o‘qituvchining muhim axloqiy fazilati, 
ma‘naviy boyligi hisoblanadi. Bu fazilatlar insoniy munosabatlarni 
go‘zallashtiradi. Insonning moddiy ehtiyojlari cheklangan bo‘ladi va to‘la 
qondirilishi mumkin. Lekin ma’naviy ehtiyojlar ma’naviy boyliklar singari 
cheksizdir. Kishi insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklarni qanchalik ko‘p 
o‘zlashtirsa, uning shaxsi shunchalik barkamol bo‘ladi. O‘qituvchining ma’naviy 
boyligi, bilimdonligi xalq manfaatiga, yoshlarning baxti, istiqboli, kelajagiga 
qaratilishi, xizmat qilishi zarur. Mashhur mutafakkir aytganidek, agar kishi faqat 
o‘zi uchungina ishlasa, uning mashhur olim, ulug‘ donishmand, ajoyib shoir 
bo‘lishi mumkin, lekin u hech qachon haqiqiy, barkamol inson bo‘la olmaydi. 
Buyuk kishi bo‘lish uchun avvalo jamiyat taraqqiyoti yo‘lida, insoniyatning buyuk 
orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida xizmat qilmoq va buning uchun zarur 
bo‘lsa, o‘z hayotini ham qurbon qilishga tayyor turmoq kerak. 
O‘qituvchining ma’naviy qiyofasida halollik, rostgo‘ylik, axloqiy poklik, 
kamtarlik muhim fazilatlardan hisoblanadi. Bu fazilatlar kishiga ichki go‘zallik, 
ma‘naviy poklik bag‘ishlaydi, kishining qadr-qimmatini oshiradi.
Halollik
- o‘qituvchining ichki va tashqi dunyosining birligini, so‘zi bilan 
hatti harakati to‘g‘ri kelishini, o‘quvchilarga, hamkasblariga, ota-onalarga ochiq 


ko‘ngil va samimiy munosabatini ifodalovchi axloqiy fazilatdir. U inson 
xarakterining mohiyatidan kelib chiqadi. O‘qituvchining halolligi o‘z vazifasini 
vijdonan va ongli ravishda bajarishida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə