Dasht-u dalalarda


PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#154978
1   2   3
Eshbo\'tayev Elshod

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
6 – TOM 5 – SON / 2023 - YIL / 15 - MAY 
www.bestpublication.org
397
ham, yurish-turish o‟zini tutishida ham boshqalardan deyarli umuman farq qilmaydi. 
Polvon cho‟ponlik qiladi, Xadicha uy yumushlarini. Ularning Chaman ismli to‟rt yashar 
qizchasi ham bor. Asarda Polvonning singlisi Adolat, kuyovnavkar bo‟laman deb 
boshidan tosh yegan va butun Galatepa qishlog‟iga kulgi bo‟lgan G‟uchchi chol, 
odamlar bilan urishganda har ne nomardlikdan qaytmaydigan qo‟shnisi Salim saqich, 
uning xotini Mahfirat, “Maxsum buva” nomiga yarashmaydigan xiyla ayyor, “savobli 
ish” qilib yuradigan Nazar Maxsum, g‟ururi o‟zidan baland Xadichaning ukasi 
Sattorqul va boshqa obrazlar bor. Voqealar Polvon atrofida kechadi. 
Yozuvchi hikoya qahramonlarini yalang‟och tasvir bilan ta‟riflamaydi. Ko'klarga 
ko'tarib maqtamaydi ham. Aksincha, ularni suhbati orqali, o'y-fikrlari, o‟zini tutishi, 
ba‟zan holati bilan ko‟rsatib beradi. Biz ham maqolada bir necha o'rinlarda asardan 
iqtibos keltirdik. Maqsad poetik obrazlarga quruq ta'rif emas, "Psixologik tasvir" va 
"Dialog" lar berish va shu orqali o‟quvchi obrazlarni o‟zi “tanib” oladi. 
Polvon voqealarni boshqaruvchi obraz. Barcha voqealar u bilan kechadi. Asar 
voqealaridan Polvonni kamgap, xiyla baquvvat, mulohazali, shu bilan birga jahli 
tezroq, birmuncha o‟rligi ham bor, ammo xotinini yaxshi ko‟radigan, ishonuvchan, 
ba‟zan rahmdil, g‟ururi baland, dovyurak ekanligini anglash mumkin. Xadicha ham 
o'zbek ayollari singari, sodda, samimiy qishloq ayoli. Ukasi Sattorqulning xotini 
tug'ganda ikki hafta ukasinikiga qolib, Salim saqichning tuhmatiga qoladi. Polvon o'zi 
rostgo'y bo'lgani uchun, qolaversa mast holatda bu gapga ishonadi. Xadicha qasam 
ichib, qizini, enasini hatto Xudoni guvoh qilsa ham Polvon ishonmaydi. Ishongisi kelsa 
ham, ko'ngilda tugun qolishini biladi. Xadichaning ota uyiga ketib qolishini yozuvchi 
shunday tasvirlaydi: "Bir sidra kiyimini tugun qilib poygakda qotib turdi, eridan bir 
sazo chiqishini kutdi, lekin Polvon er bo'lib bir narsa demadi. Dahlizga chiqib yana 
birpas turdi, hovliga chiqib hovlida turdi, ilindi, qaytarib olarku, dedi, ammo Polvon 
teskari to'ng bo'lib yotaverdi". O'zbek ayollari vafoli, sadoqatli. Erining Salim 
saqichning gapiga ishonib qistovga olishi-yu, musht ko'tarishiga-da chidagan Xadicha, 
Polvonning qizi haqida: "Ma, muniyam obket, pishirib yeysanmi, isqotinga 
qo'yasanmi?!..." degan tahqirli gapiga chiday olmay uyiga ketishga majbur bo'ladi. 
Adabiyotda milliy ruh ifodasini bir necha xil tamoyillar asosida tahlil etish 
mumkin. Bu tamoyillar fikrimizcha, quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo„ladi: 1) 
millatning asl tabiatini, siyratini aks ettirish; 2) poetik fikr ifodasining milliy 
tafakkurga tayanishi; 3) poetik obrazning milliy ifoda orqali suvratlanishi. Asar sujeti 
boshqa asarlarnikidan farq qiladi. Ya'ni asar "Kompozitsiya", "Tugun" qismlaridan 
emas, to'g'ridan to'g'ri "Voqealar rivoji" bilan boshlanadi. "Kompozitsiya" esa asar 
voealari, dialoglar, qahramonlar holatiga singdirib yuborilgan. Asarning boshlanishi 
quyidagicha kechadi: “Xadicha ketdi-yu ko‟ngildan halovat ham ketdi. Uy bamisoli 
o‟lik chiqqanday huvillaydi. Polvonning yuragi toriqdi – uyni tark etdi, boqqa olib 
tushadigan qiyalikdagi bobosidan qolgan yerto‟lani o‟ziga boshpana qildi. Odamlarning 
kulishini bilardi, ammo uydagi hamma narsa Xadichani esga soladi: ostonaga qadami 



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə