108
O‘rta asrlarda Xitoy davlati tarixini davrlarga bo‘lishda hukmron sulolalarning vaqti-vaqti bilan o‘zgarib
turishini va yirik imperiyalarning tashkil topishini hisobga olish zarur. Bu davrda tez-tez bo‘lib turgan xalq
qo‘zg‘olonlari davlatning ijtimoiy-sinfiy tuzilishida, shuningdek, siyosiy va huquqiy institutlarida u yoki bu darajada
o‘zgarishlarga olib kelgan.
Xitoyda yagona davlatning tashkil topishida ayniqsa Szin davlatining asoschisi Sim Yan islohotlari muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Islohotlarga binoan yerlarning katta qismi imperatorning, ya’ni davlatning mulki deb e’lon
qilingan. Mustaqil dehqonlar esa davlatning yerlarini ushlab turuv-chilar va buning evaziga soliq to‘lovchilar bo‘lib
qolgan. Ular turli darajalarga bo‘lingan. Birinchi darajali soliq to‘lovchilar - «chek yerlarni foydalanishga oluvchi»
(erkaklar uchun 70 mu
129
ayollar uchun 30 mu) va «soliqqa oid chek yerlar»ni (tegishlicha erkaklar uchun 50 mu,
ayollar uchun 30 mu) oluvchi 16 yoshdan 60 yoshgacha erkak va ayollar tashkil etadi. Bu yerlardan olinadigan hosil yer
uchun soliq va to‘lovlar sifatida to‘liq davlatga o‘tkazilgan. Ikkinchi darajali soliq to‘lovchilarga 13 yoshdan 15
yoshgacha va 61 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan dehqon oila a’zolari kirib, ular chek yerlarning yarmisini olardilar.
Soliq to‘lash yoshi-ga yetmagan va undan oshgan kishilar hech qanday chek yerlar olmagan. Davlatdan chek yer olgan
soliq to‘lovchi dehqonlar ishlab berish majburiyatlarini ham o‘taganlar.
VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Xitoyda umumiy dehqonlar-ning yarmiga yaqini birovlarning yerlarini
ishlash hisobiga yashab, xusu-siy mulkdorlar tomonidan ekspluatatsiya qilindi. Dehqonlarning boshqa qismini mustaqil
mayda ishlab chiqaruvchilarning keng qatlami tashkil etdi. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot
davlatga soliq tarzida berilardi.
Mayda yer egalarining ommaviy yersizlanishi ijtimoiy portlashlarga, qo‘zg‘olonlarga, urushlarga olib kelardi,
oqibatda hukmron sulolalar ag‘-darilardi. Natijada dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning an’anaviy tizimi, mustaqil
dehqon xo‘jaliklarining solishtirma og‘irligi davriy tiklanib bordi.
IX asr oxiri - X asrning boshlaridagi notinch yillar va kuchli dehqon-lar qo‘zg‘olonlaridan keyin Sun sulolasi
(X-XIII asrlar) ning o‘rnatilishi bilan ma’lum darajada davlat va yirik xususiy yer egaligining muvozanati-ga erishildi.
XI asrda Sun amaldori Van Anshining islohotlari ushbu mu-vozanatga yordam berdi. Shu davrda dehqon xo‘jaliklarini
tiklash va rivoj-lantirishga, yer kadastrini joriy qilish asosida soliq tizimini tartibga keltirishga qaratilgan yangi qonunlar
qabul qilindi. Ayni vaqtda dehqon xo‘jaliklari sharoitlarini yaxshilash, irrigatsiya inshootlarini qurish va boshqalar
bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutildi.
4. Xitoyning ijtimoiy tuzumi
Xitoy an’anaviy jamiyatida shaxslar haqidagi masalani huquqning sub’yekti sifatida ko‘rish alohida ijtimoiy
qatlamlar, tabaqalar, aholi guruhlarining huquqiy holatidagi farqlarni aniqlash bilan chambarchas bog‘liq. Xitoy
an’anaviy huquqiga shaxs, fuqaro, individning sub’yektiv huquqlari haqidagi yevropacha konsepsiya ma’lum emas.
Xitoy kodeks-larida va rasmiy hujjatlarida shaxs huquqiy holati «se» (rang) atamasi bilan belgilangan. Bu individning
muayyan huquq va aniq o‘rnatilgan majbu-riyatlarga ega bo‘lgan u yoki bu ijtimoiy guruhga mansubligini anglatadi.
O‘rta asrlar Xitoyida ijtimoiy farqlar sinfiy farqlarga qaraganda an-cha aniq ko‘zga tashlanib qolgandi. Ular
faqat alohida tabaqalarning emas, balki turli darajadagi unvonli, martabali chinovniklarning ham huquq va
majburiyatlarini mustahkamlovchi qonun va an’analar bilan qattiq himoya qilingan. Shuningdek, ularning turmushdagi
yurish-turishlari, kiyimlarida-gi, marosimlaridagi farqlar ikir-chikirigacha va qat’iy tartibga solingan edi.
Xitoyning an’anaviy ijtimoiy tuzumi turli davrlarda u yoki bu o‘zga-rishlarni boshidan kechirgan bo‘lishiga
qaramay, hamma vaqt asosan uchta ijtimoiy guruhga: 1) «oliyjanob kishilar»; 2) «rahmdil, yaxshi kishilar»; 3) «past
tabaqadan kelib chiqqan kishilar»ga bo‘lingan.
O‘rta asrlar Xitoyida eski urug‘ aristokratiyasi ma’lum darajada o‘z o‘rnini yangi xizmatchi aristokratiyaga-
mansabdorlarga bo‘shatib bergan. O‘qimishli tabaqaviy guruh-shenshi qudratli konservativ kuch, markaziy
hokimiyatning tayanchi, soliq to‘lovchi dehqonlarni an’anaviy ekspluatat-siya qiluvchi bo‘lib qoladi. Shenshi ikki
toifaga bo‘lingan. Birinchi toifaga bevosita hokimiyatga aloqasi bo‘lgan va son jihatdan nisbatan kamchilikni tashkil
etgan shaxslar qatlami - hukmdorning yaqinlari, katta amaldorlari va ierarxiyaga asoslangan butun byurokratik davlat
apparati kirgan. Ikkinchi toifaga birinchi tabaqaga nomzod bo‘lgan va konfutsiylik ta'limini olgan, lekin mansabga ega
bo‘lmagan juda ko‘p o‘qimishli kishilar kirgan. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat vakolatlariga ega emasdilar, lekin
joylarda, jamoa boshqaruvida juda katta rol o‘ynaganlar. Bu esa o‘z navbatida Xitoyda davlat hokimiyatining
markazlashuviga katta yordam bergan.
5. Xitoy davlat tuzumining xususiyatlari
Xitoyda qadimgi davrlardayoq yaqqol namoyon bo‘lgan Sharq des-potiyasi belgilari o‘rta asrlarda yanada
rivojlandi. Bu davrda oliy va ma-halliy boshqaruv organlari tizimining an’anaviy asoslari asosan boshqaruv-ning
umumma’muriy, nazorat-tekshiruv, sud va harbiy-qo‘mondonlik fun-ksiyalari bo‘yicha taqsimlanishi hisobiga
mustahkamlandi va takomil-lashdi. Davlat oldida turgan vazifalarning o‘zgarishi munosabati bilan ushbu tizimning u
yoki bu bo‘g‘inlari qayta qurildi, ularning vakolatlari va nomlari ham almashtirildi.
Tan imperiyasining murakkab va yetarlicha qat’iy tuzilgan davlat boshqaruv tizimi tepasida imperator turgan.
Uning huzurida ancha taniqli mansabdorlardan iborat Davlat kengashi mavjud edi. Davlat kengashi a’zolari orasida
129
1 mu – 1/16 gektar yer.
Dostları ilə paylaş: |