109
imperatorning qarindoshlari muhim o‘rin tutardi. Boshqa-ruvning barcha jilovlari davlatda oliy mansabdor shaxslar-
ikkita kantslar qo‘lida edi. Birinchisi imperatorning chap qo‘l ministri - katta kantslar, ikkinchisi - o‘ng qo‘l ministr-
kichik kantslar hisoblangan. Ularning har biri o‘sha vaqtdagi 6 ta: 1) martabalar (mansablar, xizmatlar) bo‘yicha; 2)
marosimlar bo‘yicha; 3) soliqlar (daromadlar) bo‘yicha; 4) harbiy ishlar bo‘yicha; 5) sud ishlari (jazolar) bo‘yicha; 6)
ijtimoiy ishlar bo‘yicha mahkamalar (ministrliklar)dan uchtasini yuritardi.
Tan sulolasi davlat apparatining bunday oliy boshqaruv organlari Xi-toyda asrlar mobaynida harakatda
bo‘lgan. U ayniqsa mo‘g‘ullar hukmron-ligi (1368-1644 yillar) tugatilgandan keyin minlar sulolasi davrida har
tomonlama yuzaga chiqadi. Bu apparatga imperator boshchilik qilardi. Davlatda butun oliy qonun chiqarish va sud
hokimiyati imperator qo‘lida to‘plangan edi. Taxt imperatorning katta o‘g‘liga meros bo‘lib o‘tardi. Imperatorning
boshqa o‘g‘illariga knyazliklar - udellar berilgan. Udellar ularning xususiy yer egaliklari bo‘lib qoladi. Imperator saroyi
ko‘p sonli xizmatchilar, imperatorning xotinlari, bichilgan qullardan iborat bo‘lib, davlat boshqaruvida muhim rol
o‘ynaydi. Ayni paytda pastdan yuqoriga bo‘ysunish (ierarxiya) asosida tashkil etilgan maxsus chinovniklar apparati
rivojlanadi va takomillashadi. Bu apparatning tepasida, xuddi Tan sulolasi davridagidek, oltita mahkama (ministrlik)
ning boshliqlari, shuningdek, senzorat, oliy nazorat-tekshiruv organi, beshta komissarlar hamda oliy harbiy-
qo‘mondonlik organlari turardi.
XV asrdan e’tiboran haram xodimlari (bichilgan qullar) ning siyosiy ta’siri kuchaya boshlagan.
Minlar sulolasi davrida oltita markaziy mahkamalarning faoliyati dastlab ikkita maslahatchi va birinchi darajali
chinovniklar boshchiligidagi Katta kotibiyat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Kotibiyat 1380 yilgacha faoliyat
ko‘rsatgan. Hokimiyatni bosh maslahatchi qo‘lida to‘pla-nishi xavfini oldini olish maqsadida imperator uning barcha
vazifalarini bevosita o‘z qo‘liga olgan edi.
Martabalar mahkamasi barcha fuqarolik amaldorlari va boshqaruv apparati xizmatchilarining mansabga
tayinlanishi, boshqa lavozimlarga o‘tkazilishi va almashtirilishiga javob bergan. O‘rta asrlar Xitoyida amal-dorlik
mansabi shunchalik buyuk ediki, aynan ushbu mahkama va uning boshlig‘i boshqalari orasida eng asosiysi
hisoblanardi.
Daromadlar mahkamasi aholini va qishloq xo‘jaligi yerlarini hi-sobga olish ishlarini yuritgan. U soliqlar
miqdorini belgilagan, soliqlarning yig‘ilishiga javob bergan. Ushbu mahkamaning har bir bo‘limi 13 ta provinsiyalardan
bittasi doirasida faoliyat ko‘rsatgan.
Marosimlar (rasm-rusumlar) mahkamasi imperator hokimiyati-ning shon-shuhratini ko‘tarishga qaratilgan
marosimlar va tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, diniy qurbonliklar keltirish bilan shug‘ullangan. U marosimlar
o‘tkazish, qurbonliklar keltirish, qabul uyushtirish va diniy marosimlarni birxillashtirish maqsadlarida buyruq-
farmoyishlar berish bo‘limlaridan iborat bo‘lgan.
Harbiy mahkama barcha harbiy amaldorlarni (mansabdorlarni) tayinlash, boshqa lavozimga o‘tkazish va
ishdan bo‘shatish, armiyani ta’minlash va pochta xizmati ishlarini yuritgan. Sud mahkamasi, yoki jazo mahkamasi
butun imperiya bo‘yicha sud ishlari yuritilishini nazorat qilgan. U xuddi daromadlar mahkamasi singari 13 ta
provinsiyaning har birida o‘z bo‘limlariga ega edi. Bu mahkamaning faoliyati taftish-tergov organi bo‘lmish poytaxt
sudi faoliyati bilan kesib qo‘yilgan.
Markazda ham, provinsiyalarda ham turli toifalardagi senzorlik, na-zorat organlari ma’muriyatdan mustaqil
mavqega ega edi. Senzoratga ikkita bosh (asosiy) senzor-birinchi darajali mansabdorlar boshchilik qilar-di. Uning
apparatiga 100 ga yaqin nazorat qiluvchi senzorlar kirardi va ular provinsiyalar bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan edi. Min
sulolasi davrida-gi davlat apparatida hech qaysi organ senzorat singari katta vakolatlarga ega bo‘lmagan. Senzorat
barcha mansabdorlar va ularning faoliyatini o‘z nazorati ostida ushlab turgan. U faqat mansabdorlarning
suiiste’molchilik-larini, xatolarini aniqlash huquqigagina emas, balki bevosita ularni tuza-tish, mansabdorlarga nisbatan
jazo choralarini qo‘llash huquqiga ham ega edi.
Tan imperiyasi o‘nta provinsiya (dao)ga, provin-siyalar esa viloyat (chjou)lar
va
uyezd (syan) larga bo‘lingan. Barcha ma’muriy birliklar soliqlar to‘lash miqdori
bo‘yicha bir-biridan farq qilgan va tegishlicha toifalarga ajratil-gan. Bu ularning
huquqiy maqomini va markazdan tayinlanadigan nazorat qiluvchi mansabdorlar
miqdorini ham belgilanishiga ta’sir etardi.
XV asrdan boshlab ular «buyuk muvofiqlashtiruvchilar» degan nom ol-gan va imperator tomonidan
provinsiyalarga, shuningdek, alohida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqalarga uzoq muddatlarga tayinlanadigan
bo‘ldi. «Buyuk muvofiqlashtiruvchi» hisobot berish va kundalik ishlarni hal qilish uchun yiliga bir marta poytaxtga
kelishi lozim edi. Bu vaqtda «Oliy qo‘mondonlar» instituti shakllana boshlagan. Ular «buyuk muvofiq-lashtiruvchilar»
faoliyatini, ayniqsa, tashqi hujum yoki isyon xavfi tug‘il-ganda qator provinsiyalarning harbiy boshqarmalarini
muvofiqlash-tirganlar.
Har bir provinsiyada ma’muriy boshqaruv ikki - «chap» va «o‘ng» vakillarga yuklangan. Ularning o‘z
yordamchilari bo‘lgan. «Chap» va «o‘ng» vakillar zimmasiga aholini va yerlarni hisobga olish, soliqlar yig‘ish, qurilish
ishlarini va suvlarning taqsimlanishini kuzatib turish majburiyatlari yuklangan edi.
O‘rta asrlar Xitoyida sud ishlari ham sud organlarida, ham sud funksiyalarini bajaruvchi
ma’muriy organlarda ko‘rib hal qilingan. Min sulolasi davrida Jazolar mahkamasi (sin bu), Katta
haqiqat ibodatxonasi (dalisa), Markaziy taftish-tergov jinoiy sud poytaxtning ana shunday sud-
tergov organlari hisoblanardi. Markaziy taftish-tergov jinoiy sud o‘ta murakkab ishlarni ko‘rib hal
qilardi. Bu yerda qaror imperator nomidan chiqarilardi. O‘lim jazosi haqidagi barcha hukmlar imperatorga ma’lum
qilinardi. Imperator amnistiya e’lon qilish, shuningdek, jazoni yumshatish huquqiga ega edi.
Sud
Mahalliy
boshqaru
Dostları ilə paylaş: |