113
ko‘rinishi -
sik-kenat (sikken - hokim) o‘rnatildi. Minomota voris-lari juda yosh bo‘lganligidan, 1199
yildan boshlab
davlatni sikkenlar (ho-kimlar) degan boshqa feodal xonadonlaridan bo‘lgan, asosan buddistlardan iborat regentlar idora
qila boshlaydi. Shu tariqa Yaponiyada siyosiy hokimiyatning rasman mavjud bo‘lib turgan ikki «qavati» ustida yana bir
«qavat» siyosiy hokimiyat tashkil qilingan. Natijada sikkenlik avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘ta boshlagan. Rasman
imperator va syogun siyosiy tuzumda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, lekin katta hokimiyat sikkenga o‘tgan. Sikkenat birinchi
Kamakura syogunati qulashigacha davom etgan, lekin Yaponiyada XIX asrning ikkinchi yarmigacha mavjud bo‘lgan
harbiy-feodal diktatura xarakterini biron-bir tarzda o‘zgartirmagan.
Imperator saroyi faoliyati ustidan qattiq nazoratni amalga oshiruvchi organlar syogunat hukumati
mexanizmining o‘zgarmaydigan bo‘g‘ini edi. 1221 yildan boshlab bakufu (markaziy hukumat) Kiotodagi imperator qa-
rorgohiga syogunning vakili (
tendaya)ni yo‘llaydigan bo‘ldi. Tendaya syogun nomidan farmonlar
chiqarish huquqiga
ega edi. Bu farmonlarning bajarilishi tendayaning ixtiyoridagi maxsus harbiy kuchlar-samuraylar qo‘shini bilan
ta'minlangan. Bundan tashqari, syogun yangi imperatorni tasdiqlash, taxt vorisligi tartibini belgilash, regentlar va
boshqa oliy saroy maslahatchilarini tayinlish huquqiga ega bo‘lib oldi.
Uchinchi syogunat mavqeining mustahkamlanishi natijasida impera-torning har qanday siyosiy ta’siri tugatildi.
Tokugavalar
syogunatida yangi syosidaya mansabi - imperatorlik poytaxtida syogunning noibi mansabi joriy qilindi.
1615 yilgi qonun asosida imperator saroyining, hatto, diniy funksiyalari syoguning nazorati ostiga olindi. Syogun
barcha oliy darajali saroy amaldorlarining tayinlanishiga aralashardi.
Yaponiyada hududiy bo‘linish joriy qilingunga qadar armiya urug‘larning
drujinasidan iborat edi. Yapo-niyada chek yer tizimi bilan birga majburiy harbiy xizmat
joriy qilindi.
«Tayxo Yoro ryo» boshqa ministrliklar orasidan harbiy ministrlikni ham ajratib ko‘rsatdi. Harbiy ministrlik
zobitlar tarkibi yozilgan ro‘yxat-larni, ularni attestatsiyadan o‘tkazish, tanlash, tayinlash va hokazolarni yuritgan. Unga
bir necha shtab va boshqarmalar: qurol-yarog‘ ombori, harbiy-musiqa,
kemasozlik, lochin ovi kabi boshqarmalar
bo‘ysungan.
Armiya o‘nlik tizimi asosida tuzilgan. Ellikboshi, yuzboshi, ikki yuz-boshilar nasabi aslzoda bo‘lmaganlardan
bo‘lishi mumkin edi, lekin jasur jangchilar bo‘lardi. Mingboshilardan boshlab yuqori lavozimga tayinlanish uchun
tegishli daraja (martaba) talab qilinardi. 20 dan ortiq armiya qismi faqat imperatorning buyrug‘i bilan harbiy yurishga
chiqishi mumkin edi.
Xususiy feodal mulkchilikning o‘sishi, o‘zaro urushlar, dehqonlar-ning qo‘zg‘olonlari
natijasida alohida
harbiy-feodal tabaqa - samuraylar - professional jangchilar, yirik feodallarning vassallari shakllangan. Yapon
samuraylarining maxsus dunyoqarashi, maxsus «iftixor kodeksi» dehqon-lar mehnatiga nafratlanish, konfutsiylikning
bo‘ysunish va buyruqqa so‘zsiz itoat etish prinsiplari asosida shakllangan edi. Iftixor kodeksini buzish samuray uchun
o‘zini o‘zi o‘ldirish - xarakiriga olib kelgan.
Dehqonlarning xalq lashkarlari XVI asrgacha mavjud edi. Dehqon-larning ommaviy qo‘zg‘olonlari
munosabati bilan hukmron doiralar endi-likda dehqonlarda qurolni saqlab qolish ma'qul emasligini tushunib yetdi-lar.
XV asrdayoq feodallar alohida knyazliklarda dehqonlarni qurolsizlan-tirdilar, lekin bu umummilliy miqyosda XVI
asrning oxirida sodir bo‘ldi, ya’ni syogun Moyotomi Xudeyosi 1588-1590 yillarda butun mamlakat bo‘yicha
dehqonlardan qurol-yaroqlarni tortib oldi. Bu tadbir «qilichlar uchun ov» degan nom oldi. 1591
yilgi farmon bilan
dehqonlarga jangchi bo‘lish, samuraylarga esa - qandaydir tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taqiqlandi.
9. O‘rta asrlarda Hindiston davlatining rivojlanish
xususiyatlari va davrlarga bo‘lish masalalari
O‘rta asrlarda Hindiston jamiyatining sekin va notekis rivojlanishi ushbu davlatni davrlarga bo‘lishni ancha
murakkablashtiradi. Qadimgi Hindiston davridayoq feodal munosabatlarni eslatuvchi ba’zi institutlarni uchratish
mumkin edi. Masalan, Hindistonda yirik xususiy yer egaligi, qa-ram dehqonlarning ekspluatatsiya qilinishi va
hokazolar qadimgi davrda-yoq mavjud bo‘lgan. Qulchilik esa nafaqat o‘rta
asrlarda, balki undan keyin ham
yo‘qolmagan.
V-VII asrlar Hindiston tarixida shartli ravishda o‘rta asrlarning bosh-lanish davri hisoblanadi. Lekin bu vaqtda
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy tuzumida tubdan o‘zgarishlar yuz bermagan edi. Masalan, qadimgi davrda-gi Mauriylar
imperiyasiga o‘xshagan yirik davlatlar tashkil topmagan edi. O‘rta asrlarda Hindiston siyosiy jihatdan tarqoq bo‘lgan. U
IV asrning boshlarida bir necha o‘nlab mayda va yirikroq davlatlardan iborat bo‘lib, bu davlatlar tepasida kichik-kichik
podsholar - rojalar turardi.
Shiddatli va shafqatsiz o‘zaro urushlar mamlakatni og‘ir ahvolga so-lib qo‘ydi hamda
musulmon istilochilarini
Hindistonning shimoliy qismini bosib olishini yengillashtirdi. Natijada Hindistonning shimoliga juda ko‘p musulmonlar
- xurosonliklar, turk va afg‘onlar borib o‘rnashdi. Shimoliy-Sharqiy Hindiston (hozirgi Pokiston) aholisining bir qismi
islom dinini qabul qilib, bora-bora istilochilar bilan aralashib ketdi.
XII asr oxirlarida Hindistonga Fazna istilochilari hal qiluvchi hujum qildi.
Dehli sultonligi ayniqsa XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida ken-gaydi, bu vaqtda uning tarkibiga Shimoliy
Hindistondan tashqari Markaziy Hindiston viloyatlari va Dekan yassi tog‘ligidagi ko‘pchilik davlatlar ki-rardi. Dekan
1306-1310 yillarda sulton Oloviddin Xiljiy tomonidan bosib olindi. Navbatdagi sultonlardan biri - Muhammad Tug‘laq
(1325-1351 yil-lar) deyarli butun Hindistonni bo‘ysundirib, hatto Eron bilan Xitoyni zabt etishni orzu qilgan edi. Ammo
sultonlikning kengayishi mustahkam xarak-terga ega emas edi. XIV asr o‘rtalarida Dehli ajralib chiqdi, ko‘p o‘tmay
Dehlidan shimoldagi ko‘pgina viloyatlar,
shu jumladan, Bengaliya ajralib ketdi. Dehli sultonligi tarkibiga kirgan
Armiya