112
tabaqalarga itoat etishlari zarurligi to‘g‘risidagi, tepasida chek-lanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan «donishmand yakka
hokim», «xudolar avlodi» turadigan yagona davlat haqidagi buddizm va konfutsiylik ta’li-motlari bilan asoslantirilgan
edi. Bunga, shuningdek, hukmdor – impera-torning ilohiy kuchi haqidagi xitoyliklar dini g‘oyalarini o‘ziga osongina
singdirgan yaponlarning qadimgi dini sinto («ruhlar yo‘li») ham yordam bergan.
«Tayka davlat to‘ntarishi» natijasida qudratli Fudzivara urug‘ining qo‘llab-quvvatlashiga tayanuvchi va
imperator boshchiligidagi yagona yapon davlati tashkil etilgan. Fudzivara urug‘idan keyinchalik imperator-ning
avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan regentlari - hokimdoshlari tayinlanadigan bo‘ldi.
Yapon hukmdorlari VI asrdayoq Xitoydan «tensi» yoki «tenno» - «osmon o‘g‘li» nomini o‘zlashtirib olgan
edilar.
Yaponlarning VI-VII asrlarda sinto va buddizm dinlarining aralashib ketishidan tashkil topgan dini - «rebu
sinto» (bir butun sinto) imperator-larni nafaqat din boshlig‘i va oliy kohin sifatida, balki dunyoviy monarx, avvalo
qo‘shinlar boshlig‘i deb ham tan olgan.
«Tayxo Yoro ryo»ning «Muassasalar va shtatlar» deb nomlangan maxsus bo‘limi hukumatning keng
tarmoqli markaziy va mahalliy, diniy va dunyoviy hokimiyatlari tizimi haqidagi, mansabdor shaxslarning quyi-dan
yuqoriga qarab bo‘ysunishi va amaldorlarning darajalari, ularni tayyolash (Yaponiyaga xitoyliklarning mansablarga
tayinlashdagi imtihon ti-zimi kirib kelmagan), shuningdek, ularga xizmatlari uchun «boqimanda-lik» sifatida, natural
yoki yer uchastkalari tarzida maosh bilan ta’minlash to‘g‘risidagi me’yorlarga bag‘ishlangan.
Yaponiyada qonunga binoan, oliy davlat hokimiyati, Xitoydagi sin-gari, Davlat kengashi («Dadze-kan»)ga
tegishli bo‘lgan. Davlat kengashi davlat siyosatining umumiy yo‘nalishlarini ishlab chiqqan, imperatorning farmonlarini
butun mamlakat bo‘ylab jo‘natgan. Yaponiyada dunyoviy Davlat kengashi bilan bir qatorda, Xitoydan farqli o‘laroq,
maxsus diniy Davlat kengashi («dzingi-kan») yoki «osmon va yer ruhlarining ishlari bo‘yicha Kengash» ham mavjud
edi. U sintoistlarning butxona va ibodat-xonalari ruhoniylarining, ibodatxonalarda ro‘yxatga olingan dehqonlarning
faoliyati va hokazolar ustidan nazoratni amalga oshirgan. Uning shtati un-cha katta bo‘lmagan. «Dzingi-kan» boshqa
idoralardan ajralgan holda fao-liyat ko‘rsatgan, lekin ularning orasida ancha yuqori mavqega ega bo‘lgan.
Yaponiyada dunyoviy Davlat kengashining ichki tuzilishi Xitoy na-munasida tashkil etilgan. Uning tepasida
«katta ministr» yoki kansler tur-gan. Kansler mamlakat imperatorining boshqaruv ishlarida «tinchlik, oso-yishtalik va
uyg‘unlikni» ta’minlashning axloqiy o‘lchovi sifatida safarbar qilingan murabbiysi hisoblangan. Qonun, bunday
benuqson kishini topish qiyinligini tan olib, ushbu mansabning bo‘sh qolishiga yo‘l qo‘ygan.
Davlat kengashida bevosita boshqaruv funksiyalari ikkita oliy ministrlar: chap (katta) va o‘ng (kichik)
ministrlar tomonidan amalga oshirilgan. Bu ministrlar o‘z navbatida barcha ishlarni muhokama qilishda ishtirok
etuvchi, «katta ishlar bo‘yicha» kichik maslahatchilarga tavsiyalar beruvchi, shuningdek, «kichik ishlar bo‘yicha» ham
maslahatlar beruvchi «katta maslahatchilarga tayanganlar. Aynan ushbu ministrlar kundalik ish-larning borishini
kuzatib turardilar va bu haqda Davlat kengashi oldida ja-vob berardilar. Davlat kengashi o‘z rahbarligi ostidagi sakkizta
ministrlik-ka va senzorlar palatasiga ega bo‘lgan. Ministrliklar, Xitoydagidan farq qi-lib, imperator saroyi bilan
chambarchas bog‘liq edi. Senzorlar palatasi-ning boshlig‘i esa Xitoydagiga qaraganda tor doiradagi vakolatlarga ega
bo‘lib, urf-odatlar va axloqlarning sofligini kuzatib turgan, axloq qoidalari-ning buzilishi hollari bo‘yicha tekshiruv
o‘tkazgan, bular haqida impera-torga doklad qilgan. Uning qaramog‘ida sayyor senzorlar-nazoratchilar shtati bo‘lgan.
Senzoratning qarorlari Davlat kengashi tomonidan to‘xta-tilishi mumkin edi.
Yaponiyada harbiy, moliyaviy va adliya ministrliklari bilan bir qator-da maxsus «umumiy ishlar» ministrligi
mavjud bo‘lgan. U kundalik sa-roy ishlarini yuritish, marosimlar uyushtirish, imperator farmonlarini tahrir qilish,
mamlakat tarixini, qondosh shahzodalarning, saroy xonimlarining va buddizm ruhoniylarining ro‘yxatlarini,
shuningdek, aholining asosiy ro‘yxat daftari (reestri)ni tuzishni kuzatib turish kabilarni amalga oshirgan. Bu ministrlik
mamlakatning xuddi oliy devonxonasi sifatida davlat bosh-qaruvida birinchi o‘rinni egallagan. Binobarin, uning
boshlig‘i imperatorga juda yaqin turardi. U Davlat kengashi va boshqa ministrliklar o‘rtasidagi aloqalarni amalga
oshirib, dokladlar qabul qilgan va imperatorga petitsiya-lar yuborgan.
O‘sha vaqtda asrlar mobaynida (II jahon urushining oxiriga qadar) yashab kelgan imperator saroyining maxsus
ministrligi tashkil etilgan edi. U «Tayxo Yoro ryo»ga asosan: bitta maxsus oshxona boshqarmasi, to‘rtta bosh
boshqarmalar va o‘n uchta oddiy boshqarmalar tarkibida tuzilgan edi. Maxsus oshxona boshqarmasi saroy uchun oziq-
ovqat yetkazib berish va tayyorlash, shuningdek, oshpaz faoliyatini yuritish ishlari bilan shug‘ullan-gan. To‘rtta bosh
boshqarma jumlasiga saroy oshxonasi bosh boshqarmasi, saroy omborxonalari va xo‘jaligi boshqarmasi, saroy qullarini
boshqaruv-chi boshqarma va boshqalar; oddiy boshqarmalar qatoriga saroy bog‘lari va hovuzlari boshqarmasi, saroyni
suv bilan ta’minlash boshqarmasi va boshqalar kirgan. Xullas, imperiya saroyi maxsus ministrligining shtat jad-vali
juda to‘la bo‘lgan. Unda, boshqa ministrliklardagi singari, ma'murlar, mutaxassislar, devonxona xodimlari va boshqalar
ishlagan. Ko‘p sonli mi-nistrliklar va boshqarmalarning mavjudligi sharoitida, «Tayxo Yoro ryo» dan ham ko‘rinib
turganidek, ular o‘rtasidagi funksiyalar aniq taqsimlab qo‘yilmagan edi. Bu keng tarmoqli davlat apparatini imperator
saroyi bog‘lab turardi.
«Tayxo Yoro ryo»ning budda rohiblari va rohibalariga bag‘ishlan-gan VII qonuni Yaponiyada buddizm
dinining ruhoniylari alohida mavqe-ga ega bo‘lganligidan va davlatning oliy nazorati ostida turganligidan da-lolat
beradi. Qonun budda diniga oid tashkilotlar maqomini tartibga solib, butxona xodimlarining uylariga, bog‘lariga egalik
qilishini, sotishini va sudxo‘rlik bilan shug‘ullanishini, sovg‘a tariqasida qullar, qoramollar, qurol-yarog‘lar olishini
taqiqlagan. Bu taqiqlar budda monastrlari va ibodatxonalari yer egaliklarining o‘sishini to‘xtatib qola olmagan.
Birinchi syogunning markaziy hokimiyatni mustahkamlashga urini-shi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Syoguning
vazifasi ham ancha vaqtgacha no-minal bo‘lib qoldi. XII asrning oxiri - XIII asrning boshida syogunatning maxsus
Dostları ilə paylaş: |