110
Xitoyda armiyani tashkil etish prinsiplari o‘rta asrlarning turli bosqichlarida ichki
va
tashqi omillar ta’sirida o‘zgarib turgan.
Tan imperiyasida erkaklar 60 yoshga to‘lgunga qadar harbiyga majbur bo‘lganlar
va armiyada xizmat o‘tashga jalb qilinganlar. Jang vaqtida urushni tashlab qochish, harbiy yurishdan bo‘yin tovlash
uchun o‘lim jazosi berilgan.
VIII asrdan boshlab imperatorlar ko‘proq yollanma qo‘shinlardan, shuningdek, turklar, uyg‘urlar va
boshqalardan tuzilgan otliq askarlardan foydalana boshladilar.
Min imperiyasi davrida «okrug qo‘shinlari» va chegara gornizonlari-ning eski tizimi saqlanib qolgan edi.
Doimiy qo‘shinlar hamma davrlarda mahalliy harbiy otryadlarning, tartibni qo‘riqlashga chaqirilgan jamoa
harbiy qismlarining ko‘magiga tayanardi.
Min sulolasi davrida armiya to‘xtovsiz o‘sib bordi, XVII asrda u 4 million kishini tashkil etdi.
Boshqarish maqsadlarida barcha harbiy qo‘shilmalar beshta harbiy okrug o‘rtasida taqsimlangandi.
Armiyaning doimiy bosh qo‘mondoni bo‘lmagan. Urush harakatlari boshlangan hollarda oliy harbiy
amaldorlardan yoki mansabdorlardan biri general yoki hatto generallissimus etib tayinlanardi.
Min sulolasi davrida Xitoyning mahalliy qo‘shinlar qo‘mondonlari markazdan ma’lum muddatga
tayinlanadigan maxsus mansabdorlar tomo-nidan nazorat qilingan.
6. Yaponiya davlatining tashkil topishi, shart-sharoitlari,
xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari
Ko‘pgina tarixiy-huquqiy manbalarda Yaponiya hududida urug‘-doshlik tuzumining yemirilishi va ilk
davlatning tashkil topishi jarayoni VII asrda nihoyasiga yetganligi ko‘rsatiladi.
Yaponiyada ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilish jarayoni III asrda boshlangan.
Yaponiya davlati va jamiyatiga o‘sha vaqtlarda juda taraqqiy etgan Xitoy sivilizatsiyasining ta’siri ancha katta
bo‘ldi.
IV asrdan Yaponiyada qabilalarning ittifoqi tashkil topdi. V asrda esa qabilalar ittifoqining yo‘lboshchisi
Yamato mamlakat hududining katta qismini o‘z hukmronligi ostida birlashtirdi. VI asrda Yaponiyada jamiyat-ning
ijtimoiy tabaqalashuvi jarayonlarining kuchayishi va davlat apparati-ning shakllanishiga alohida urug‘larning qabilaviy
ittifoq ustunligi uchun uzundan-uzoq olib borgan kurashi va Syotokutaysining g‘alabasi katta ta’sir ko‘rsatdi.
Syotokutaysi hukmronligi davrida, 604 yilda Yaponiyada birinchi qonun hujjati - Yamato podsholarining birinchi
deklaratsiyasi - Syotoku Konstitutsiyasi, ya’ni 17 ta moddadan iborat Qonun paydo bo‘ldi. Unda davlat boshqaruvining
prinsiplari belgilangan edi.
Shu tariqa, 645 yildan boshlangan podsholik davri Tayka
133
yillari degan nom olib, Yaponiyada markazlash-
gan davlat tuzish jarayoni va qator islohotlar o‘tkazish boshlangan. Bu islohotlar Tayka manifestida mustahkamlangan.
Manifest esa keyinchalik maxsus «Tayxo ryo»
134
kodeksi bilan to‘ldirilgan edi.
Mayda yer egalari tomonidan to‘ldirilib turadigan bu toifadagi professional jangchilar tobora kuchli
pomeshchiklarning homiyligi ostiga o‘ta borganlar va vaqt o‘tishi bilan samuray deb nomlanadigan yopiq tabaqaga
aylangan. Samuraylarning xo‘jayiniga sodiqligini qattiq talab qiluvchi, hatto uning uchun hayotini ham berishga tayyor
turishi lozimligini belgilovchi o‘z iftixor qoidalari mavjud edi.
Yaponiyada uzoq vaqt davom etgan siyosiy tarqoqlik uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini to‘xtatib qo‘ygan.
Mamlakatda feodal munosabat-larning hukronligi to XIX asrning o‘rtasidagi burjua inqilobigacha, ya’ni
«Meydzining
135
qayta tiklanishi» deb nom olgan davrgacha davom etgan.
7. Yaponiya jamiyatining tabaqaviy tuzilishi
Yaponiyada, xuddi Xitoydagidek, urug‘ aristokratiyasining ajralib chi-qishi, qullar va boshqa toifadagi qaram
aholining paydo bo‘lishi munosabati bilan ikkita ijtimoiy tabaqa: «aslzoda» va «aslzoda bo‘lmagan» kishilar taba-qasi
shakllangan. Ularning ikkalasi bir qancha ijtimoiy guruhlarga bo‘lingan. Ular o‘rtasidagi chegaralar yetarli darajada
qo‘zg‘aluvchan bo‘lgan. «Asl-zoda» kishilar orasida imperatorga yaqin imtiyozli tabaqa, podsho saroyi a’zolari, urug‘
aristokratiyasi, yirik amaldorlar ajralib turgan.
«Aslzoda kishilar» (ryomin)ning asosiy qismi, ilgari qudratli urug‘ boshliqlariga shaxsan qaramlikda bo‘lgan
«davlat kishilari» singari, chek yer tizimi joriy qilingandan keyin davlat yerlariga o‘tkazib qo‘yilgan. Ular yerga, biron-
bir yer egasi - xo‘jayinga biriktirib qo‘yilmagan edi, lekin o‘zi xizmat qilayotgan uyezd boshlig‘i yoki xo‘jayinining
ruxsatisiz yerini tashlab ketishi mumkin emas edi.
Davlat oilalarni soliq (o‘lpon) to‘laydigan va majburiyatlarni bajara-digan birlik sifatida har tomonlama
mustahkamlashga harakat qilgan. Ma-salan, «Tayxo Yoro ryo»
136
deb nomlangan qonunlar to‘plamida kasallar-ni,
keksalarni, cho‘loq, mayib-majruhlarni boqish majburiyati qarindosh-larga, ular bo‘lmasa, jamoa yoki mahalliy
133
«Tayka» so`zining lug`aviy ma'nosi – «buyuk o`zgarishlar».
134
«Tayxo ryo» kodeksi «Tayka qonunlari to`plamlari» bo`lib, 646 yildan 700 yilgacha chiqarilgan
barcha qonun hujjatlarini o`zida mujassamlashtirgan va 702 yilda chiqarilgan edi.
135
Mzydzi – imperator Mutsuxito boshqaruvi yillari (1868-1912 yillar).
136
«Tayxo Yoro ryo» - 717-723 yillarni o`z ichiga olgan Yoro davrining umumiy qonunlar to`plami.
Armiya
111
hokimiyat zimmasiga yuklatil-gan bo‘lib, hosilsizlik yoki tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan oilalarga yordam ko‘rsatish
majburiyati mavjud edi. Qonun tomorqaning ajratilishini, agar bunda kichik yoshli bola yoki beva xotin yolg‘iz
qoladigan bo‘lsa, taqiqlagan. Agar merosni taqsimlash paytida tomorqadan ajratma berilgan bo‘lsa va ajralib
chiquvchining oilani boshqara olishiga hech qanday shubha bo‘lmasa, u holda yuqoridagi qoida istisno qilinishi
mumkin edi.
Yaponiyada irqiy va diniy mansubligiga qarab kishilarga turlicha munosabatda bo‘lish tan olinmagan.
Yaponiyaning tabaqaviy-sinfiy tuzilishi keyingi asrlarda ham ancha aniq ifodalana borgan. Bunga tobora
rivojlanib borgan feodal, vassallik-lenga oid munosabatlar bilan bir qatorda mamlakatdagi tub siyosiy o‘zga-rishlar ham
ta’sir etgan. Masalan, 1192 yilda shimoliy feodallardan biri Minamoto o‘z raqiblari - boshqa feodallarni samuraylardan
tuzilgan qo‘-shin yordami bilan tor-mor keltirib, mamlakatning poytaxti Kiotoni qo‘lga kiritadi va shu tariqa
Yaponiyada syogunlik vujudga keladi. Imperator hokimiyati o‘zining real ahamiyatini yo‘qotadi. Eng katta feodallar
o‘rtasi-dagi o‘zaro nizolar natijasida imperator qo‘lida faqat diniy hokimiyat qola-di, xolos. Dunyoviy oliy hokimiyat
esa eng kuchli feodal - syogun - oliy hokim qo‘liga o‘tadi. Yaponiyada ikki parallel sulola - imperator sulolasi va
syogun sulolasi o‘rnatiladi. Shunday qilib, XIII asrda mamlakatda bi-rinchi syogunlikning o‘rnatilishi, harbiy-feodal
oligarxiya boshqaruvining joriy qilinishi feodallarning oliy imtiyozli feodallar, bevosita syogunning vassallari
(gokenin), boshqa feodal egaliklar, ibodatxonalar va monastir-larning vassallari (xigokenin) kabi guruhlarga bo‘linib
ketishiga olib kelgan.
Oddiy xalq - dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar feodallar tabaqa-siga kirmagan. Dehqonlarni ekspluatatsiya
qilishning asosiy shakli natural obrok shaklida jon boshidan olinadigan renta bo‘lib qolgan. Bunda deh-qondan
hosilning (sholining) 40 foizidan 60 foizigacha miqdorida soliq olinardi. Biroq, XIII asrda ham, XIV asrda ham
Yaponiyada dehqonlar to‘la qaramlikka tashlanmagan edi. Shunga qaramay, XII-XIII asrlardayoq yapon dehqonlarining
ahvoli juda og‘ir edi. Feodallar yer egalari sifatida qo‘llaridagi shaxsiy va harbiy hokimiyatdan ham, shuningdek, davlat
tash-kiloti va uning butun moliyaviy-ma'muriy tizimidan ham keng suratda foy-dalanib, dehqonlarga juda ko‘p har xil
to‘lov va soliqlar solardilar. Bir necha saroyni - mikado, syogun, sikken saroylarini ta’minlash mamlakatda juda
qimmatga tushardi. Shu bilan birga katta va mayda feodallarning tin-may davom etgan o‘zaro urushlari dehqonlarning
ahvolini og‘irlashtirardi. Yapon dehqonlari ko‘p jihatdan shahar sudxo‘rlariga qaram edilar, chunki soliq yig‘ish ishi
odatda sudxo‘rlarga topshirilardi. Dehqonlar ko‘pincha kelgusi yil hosilini garovga qo‘yib, sudxo‘rlardan qarzga
urug‘lik olardilar. Hamisha ocharchilik va buning natijasida doim bo‘lib turadigan yuqumli kasalliklar epidemiyasi XIV
va XV asrlarda yapon qishloqlarida keng tar-qalgan hodisa edi. XV asrda ko‘tarilgan dehqonlar qo‘zg‘olonlari ham ta-
sodif emas edi. Bu vaqtda, ayniqsa, XIII-XIV asrlarda dehqonlar armiya-ning asosiy kuchini tashkil etardi.
Yuqoridagilarning o‘ziyoq shuni tasdiqlaydiki, XIII-XV asrlarda dehqonlarning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘li-shiga
qaramay, ular hali krepostnoy qaramlikka tashlanmagan edi.
Yapon jamiyatining tabaqaviy-sinfiy tuzilishi uchinchi syogunat davrida ancha tugallangan shakllarga ega
bo‘ldi. U qonun bilan mustah-kamlandi va butun syogunat tomonidan har tomonlama muhofaza qilinadi-gan bo‘ldi.
Yapon feodal jamiyati to‘rtta tabaqaga bo‘lindi. Tabaqaviy bo‘-linish asosan sinfiy bo‘linish bilan mos tushgan. Bu
bo‘linish rasman «si-no-ko-syo»: samuraylar (si), dehqonlar (no), hunarmandlar (ko) va savdogarlar (syo)
formulasi bilan belgilangan. Feodal jamiyatning eng tubida kam sonli parilar («eta») guruhi turgan.
1615 yilda tokugavalar sulolasining birinchi syoguni Ieyasu tomon-dan «O‘n sakkizta qonunlar» chiqarilgan va
unda jamiyatdagi to‘rttala tabaqa vakillarining yurish-turishlari qattiq tartibga solingan. Bu qonunga binoan, keyingi har
bir syogun o‘z mansabiga o‘tirish chog‘ida feodal knyazlar yig‘ini oldida Ieyasu qonunlariga sodiqligi haqida qasamyod
qilishi lozim edi.
Dvoryanlarning hukmron tabaqasini ham avval syogunlar tashkil et-gan. XVII asrning boshida Yaponiyaning
haqiqiy hukmdori - syogunning oilasiga mamlakat hududining 1/3 qismiga yaqini va mulkdor knyazlar – daymyoning
300 yaqin oilalari tegishli edi. Bu tabaqa o‘ziga xos toifaviy guruhlarga bo‘lingandi. Daymyo (feodal knyazlar) juda
katta yerlarga egalik qilib, ikki: fuday-daymyo va todzama-daymyo toifalarini tashkil etgan. Fudayday-myo
Tokugava oilasiga bevosita vassal qaramlikda bo‘-lib, mamlakatdagi barcha oliy hukumat mansablarini egallagan edi.
Tashqi knyazlar deb ataladigan todzama-daymyo esa boshqaruv ishlaridan chetlashtirilgan edi.
Yerlarni olish-sotish taqiqlangan bo‘lishiga qaramay, u yashirincha, niqoblangan shaklda begonalashtirilgan,
qishloqning yuqori tabaqalari, shuningdek, shaharlarning sudxo‘rlari qo‘lida to‘planib borgan. Feodal dvoryanlarning
savdo-sudxo‘rlik kapitaliga iqtisodiy qaramligi kuchaygan. O‘sha vaqtda eng yirik bo‘lgan Mitsui uyi 1697 yilda
syogunning moliya agenti, 1707 yilda esa imperatorning bankiri bo‘lib olgan edi. Tushkunlik, ayniqsa, xizmatchi
samuraylar orasida ko‘zga yaqqol tashlangan. Daymyo-ning kambag‘allashuvi natijasida ular o‘z xo‘jayinlarini, shu
bilan birga tirikchilik manbalarini yo‘qotganlar va ronin (daydilar) bo‘lib qolishgan. Samuraylar asrlar davomida
yashab kelayotgan an’analarga xilof ravishda hunarmandchilik va savdo bilan tobora ko‘proq shug‘ullana boshlaganlar
va xizmatchilar, ishchilarga aylanganlar.
8. Yaponiyaning davlat tuzumi va uning o‘ziga xosligi
Ma’lumki 645 yilda boshqa urug‘lar orasida ta’siri kuchli bo‘lgan Tayka urug‘i tomonidan hokimiyatning
bosib olinishi bilan Yaponiyada markazlashgan davlat tuzish jarayoni boshlanadi. Shu davrda yerga nisbatan davlat
egaligi joriy etiladi.
VII asrda Yaponiyada o‘tkazilgan va siyosiy inqilob ahamiyatiga ega bo‘lgan Tayka islohotlari merosiy yakka
hokim boshchiligidagi ilk feodal davlatning o‘rnatilishiga olib keldi. Uning islohotlari quyi tabaqa kishilari-ning yuqori
Dostları ilə paylaş: |