shaxsdan ham oʻzining
huquqlarini bilishni, ham ularni amalda qoʻllay olishni talab qilar ekan.
Inson huquqlari madaniyatining yuqori darajasini shakllantirish har doim uzoq davom etadigan va murakkab jarayon hisoblanadi.
Bunda aholini, birinchi navbatda yoshlarni bagʻrikenglik, inson huquqlari va uning qadr-qimmatini hurmat qilish ruhida tarbiyalash hamda bu borada zarur bilimlarni berish katta ahamiyatga egadir.
Savol va topshiriqlar
“Huquq ustuvorligi” va “qonun ustuvorligi” tushunchalarining o‘xshash va farqli jihatlarini tushuntiring.
Mamlakatda huquq ustuvorligini ta’minlash uchun nafaqat qonunlarga rioya qilish, balki ularning adolatli bo‘lishi ham muhim ahamiyatga ega degan fikrni izohlang. Fikringizni misollar bilan asoslashga harakat qiling!
O‘zbekistonda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va davlat xizmatlari sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida nimalarni bilasiz?
Jamiyatda inson huquqlari madaniyatini oshirish uchun qanday ustuvor vazifalarni bajarish zarur deb hisoblaysiz?
Mustaqil ish uchun topshiriq
Jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project)ning internetdagi rasmiy sahifasi orqali Global huquq ustuvorligi indeksidan O‘zbekistonga oid ma’lumotlarni o‘rganing va 2019–2021-yillar davomida qaysi omillar bo‘yicha mamlakat ko‘rsatkichlari o‘sishga erishganini hamda qaysi omillar bo‘yicha pasayish kuzatilganini tahlil qiling.
25