Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə18/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Yodda tuting


Huquq ustuvorligi – barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini qo‘llab-quvvatlaydigan, davlat boshqa- ruvi o‘zboshimchalik bilan amalga oshi- rilmasligini kafolatlaydigan, umuman olganda, hokimiyatdan o‘zboshimcha- lik bilan foydalanilishining oldini oluvchi mexanizm, jarayon, institut, amaliyot yoki norma hisoblanadi.

g‘oyasi alohida bir davlat organi yoki mansabdor shaxs qonundan ustun bo‘lmasligini, nihoyatda keng vakolatlarga ega bo‘lmasligini va o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘yilmasligini nazarda tutadi. Huquq ustuvorligi mamlakatda qabul qilinayotgan qonun-qoidalar rasman e’lon qilinishini va qo‘llashda barqaror bo‘lishini, shuningdek, sud tizimining ochiqligini hamda sudyalar o‘z qarorlarini faqat dalillar va qonunga asoslanib chiqarishi uchun qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatidan mustaqil bo‘lishini talab qiladi. Yana bir muhim jihati, jamiyat a’zolari o‘zlarining xatti-harakatlarini tartibga soluvchi qonunlarni ishlab chiqish va ularga o‘zgartirish kiritishda ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishi lozim.


21
@edurtm_uz

BMT Bosh kotibining 2004-yilgi ma’ruzasida huquq ustuvorligiga quyidagicha ta’rif beriladi: “Huquq ustuvorligi boshqaruvning shunday tamoyiliki, unga ko‘ra barcha shaxslar, muassasalar va tuzilmalar (davlatga tegishli va xususiy), shu jumladan, davlatning o‘zi ham ommaviy ravishda qabul qilingan, teng darajada ijro qilinadigan, sud organlari tomonidan mustaqil amalga oshiriladigan va inson huquqlari sohasidagi xalqaro normalar va standartlarga muvofiq bo‘lgan qonunlarga bo‘ysungan holda harakat qiladi”.
Huquq ustuvorligi qonunlarning yaratilishi, ularning qo‘llanishi va huquqiy normalar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zi ham qonun bilan tartibga solinar ekan, demak, hech kim, shu jumladan, eng yuqori mansabdagi shaxs ham qonundan ustun bo‘lmasligi lozimligini nazarda tutadi.
Hukmdorlikning yuridik jihatdan cheklanishi shuni anglatadiki, hukumat oddiy fuqarolar singari amaldagi qonunlarga bo‘ysunadi. Shunday qilib, qonun oldidagi tenglik g‘oyasiga ko‘ra, hech bir shaxs – u xoh davlat rahbari, xoh yuqori mansabdagi shaxs bo‘lsin – mutlaq daxlsizlik va imtiyozlardan foydalanmasligi hamda sodir etgan xatti-harakatlari uchun huquqiy sanksiyalar (javobgarlik)dan ozod qilinmasligi kerak.
Shuningdek, turli mansabdor shaxslar tomonidan huquqiy normalarning qo‘llanishi va ko‘rib chiqilishi nizo tomonlarining darajasi, mavqeyi yoki hokimiyat vakolatlariga egaligidan qat’i nazar, xolis va izchil bo‘lishi shart.
Huquq ustuvorligi qonunlarning qabul qilinishi, qo‘llanishi, jamiyatda qanday amalda bo‘lishi kabi muhim talablardan tashqari qonunning o‘zi ham ma’lum sifatlarga, mazmunga va xususiyatlarga ega bo‘lishini nazarda tutadi. Xususan, qonunlar ochiq e’lon qilinishi, aniq, bir xilda tushunilishi, qo‘llashda barcha uchun bir xil va tushunarli bo‘lishi lozim.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə