Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


jarayoni xususiyatlari, badiiy asami qabul qilish jarayoni xususiyatlari



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

jarayoni xususiyatlari, badiiy asami qabul qilish jarayoni xususiyatlari
kabi qator muammolar umumestetik xarakterga ega. San’atning barcha
turlariga taalluqli bu muammolami adabiyotshunoslik badiiy adabiyot
nuqtai nazaridan, badiiy adabiyot bilan bog‘lagan holda va uning
misolida o‘rganadi. Badiiy adabiyotning mohiyati, uning rivojlanish
omillari va qonuniyatlari, badiiy (adabiy) asar tabiati, uning tuzilishi,
badiiy (poetik) til xususiyatlari, adabiy tur va janrlar kabi qator
masalalar borki, ular sof adabiyotshunoslik muammolari sanalishi
mumkin.
Adabiyotshunoslik bu muammolami nima maqsadda o‘rganadi?
Um um an, ularni o'rganishga zarurat bormi? Axir,
adabiyotshunoslikdan bexabar bo‘lgan holda ham badiiy asami o‘qib
zavqlanish yoxud go‘zal asarlar yaratish mumkin emasmi? Bir
qarashda bu xil savollaming yuzaga kelishi tabiiy va asoslidek,
adabiyotshunoslikning badiiy adabiyotni o‘rganishdan maqsadi
o‘iganishning o‘zi bo‘lib qolayotgandek ko‘rinishi mumkin. Aslida esa
bu xil savollarning yuzaga kelishi adabiyotshunoslik ilmining
ahamiyatini tushunmaganlikdan, uning vazifalari va rolini tasavvur
qila olmaganlikdandir. Umumiy bir nazar tashlashdayoq
adabiyotshunoslik ilmining ikki jihatdan — badiiy adabiyotning
rivojlanishi va badiiy did tarbiyasi jihatlaridan ahamiyatli ekanligi
ko‘rinadi. Ya’ni aslida adabiyotshunoslik fani yutuqlari ijodkorlarga
ham, o‘quvchi ommaga ham kerak. Zero, adabiyotshunoslik badiiy
asami tahlil qilib, unga joziba baxsh etayotgan, undagi ifodalilik va
tasviriylikni, badiiy ta’sir kuchini oshirayotgan unsurlarni,
muallifning muayyan badiiy samaraga erishishiga yordam berayotgan
usul va vositalami ochib beradi (e’tiborda tutingki, adabiyotshunoslik

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə