Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


qarshisida ularni qiyosiy o'rganish, birining kamchiliklarini



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

qarshisida ularni qiyosiy o'rganish, birining kamchiliklarini
boshqalari bilan to'ldirish va shu asosda eng mukammal — ilmiy-
tanqidiy matnni tayyorlash vazifasi turadi.
Tayyor bo'lgan ilmiy-tanqidiy matnni nashr ettirish uchun
matnshunos uni izohlar, sharhlar, lug'atlar bilan ta’minlashi kerak.
Unutmangki, biz foydalanadigan «Mukammal asarlar» ortidagi har
bir izoh, har bir sharh yoki lug'at birligi juda katta mehnat orqasida
dunyoga keladi. Zero, matnda uchragan so'z ma’nosini topish, undagi
biror shaxs, joy nomi va sh.k.larga izoh berish uchun matnshunos
juda ko'p izlanishi, ko'plab manbalami ko'rib, o'rganib chiqishi
zarur bo'ladi.
Mazkur mustaqil tadqiqotlardan tashqari, matnshunoslik
adabiyotshunoslikning ayrim muammolarini hal qilishda muhim
yordamchi soha, tadqiqot usuli bo'lib 
,


uning tadqiq usullaridan, tajribalaridan yozuvchi ijodiy
laboratoriyasini, muayyan asarning ijodiy tarixini o'rganish
yo'lidagi izlanishlarda keng foydalaniladi.
M anbashunoslik.
Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan
biri sifatida manbashunoslik adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasiga
oid manbalarni izlab topish, tasniflash, ro'yxatga olish kabi amaliy
vazifalami bajarish, shuningdek, manbalarni qidirish va o'rganish
yo'llarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Bu o'rinda «manba»
deyilganda adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlarda qo'l kelishi
mumkin bo'lgan barcha manbalar tushuniladi: asar qo'lyozmalari,
ijodkorlarning xatlari, kundalik daftarlari, adabiy jarayonga yoki
muayyan ijodkor hayoti va ijodiga taalluqli hujjatlar va boshqalar.
Keyingi yillarda o'zbek adabiyotshunosligining manbashunoslik

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə