Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


emas, obrazlar vositasida ham fikrlaydi; mantiqiygina emas, hissiy



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

emas, obrazlar vositasida ham fikrlaydi; mantiqiygina emas, hissiy
mushohadalarga ham tayanadi. Badiiy asar haqida fikr yuritayotgan,
uni bugungi kun nuqtai nazaridan baholayotgan tanqidchi o‘quvchi
ommaga bevosita ta’sir qilishni ham ko‘zda tutadi. Ayni paytda, badiiy
asami tahlil qilayotgan tanqidchining fikrlari adabiyot nazariyasiga,
adabiyotshunoslik ilmining yutuqlariga asoslanadi. Bularning bari
adabiy tanqidni adabiyotshunoslik, badiiy adabiyot va publitsistika
oralig‘idagi hodisaga aylantiradi.
0 ‘zbek adabiy tanqidchiligining ilk kurtaklari ham tazkiralarga
borib taqaladi. Shuningdek, mutaxassislar o‘tmish adabiy jarayoniga
xos bo‘lgan mushoiralar, nafis majlislarda “og‘zaki tanqid” mavjud
bo‘lganligini ham ta’kidlaydilar. Biroq hozirgi tushunchadagi, yangi
tipdagi o‘zbek adabiy tanqidchiligining shakllanishi XIX asr oxiri-
XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Yangi tipdagi adabiy tanqidchilikning
shakllanishi milliy matbuotning shakllanishi bilan bog‘liq holda amalga
oshdi. 0 ‘zbek adabiy tanqidchiligining shakllanishida jadidchilikning
ko‘zga ko‘ringan namoyandalari M.Behbudiy, A.Fitrat, X.Muin;
shuningdek, jadidchilik ta’sirida adabiyot maydoniga kirgan
V.Mahmud, Cho‘lpon kabi ijodkorlaming katta xizmatlari bor. 0 ‘zbek
adabiy tanqidchiligi murakkab rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. U bu


yo‘lda «vulgar sotsiologizm», «partiyaviylik», «sinfiylik», «konfliktsizlik
nazariyasi» singari g‘ayriilmiy, g‘ayriadabiy dogmalardan jiddiy talafot
ko‘rdi. Afsus bilan qayd etish lozimki, О.Hoshim, S.Husayn,
M.Solihov kabi adabiyotshunoslar, H.Olimjon, Uyg‘un, K.Yashin
singari ijodkorlaming qator adabiy-tanqidiy asarlari badiiy tafakkur

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə