Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


sifatida badiiy adabiyot san’atning umumiy qonuniyatlari asosida



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

sifatida badiiy adabiyot san’atning umumiy qonuniyatlari asosida
yashashi, uning boshqa san’at turlari bilan aloqada ekanligi
adabiyotshunosdan estetika fani yutuqlaridan xabardor bo'lishni
taqozo qiladi.
Adabiyotshunoslikning falsafa fani bilan aloqasi haqida gapiiganda,
avvalo, yirik san’atkorlaming hammasi ham o'ziga xos faylasuf


ekanligi, yirik badiiy asarlarda muallifning olamu odam haqidagi
qarashlari tizimi (badiiy konsepsiya) — badiiy falsafasi ifodalanishini
e’tiborda tutish lozim. Dunyoqarashi muayyan falsafiy ta’limot ta’sirida
shakllangan ijodkor asarlarining mazmun-mohiyatini anglash uchun
adabiyotshunos o‘sha falsafa asoslaridan xabardor bo‘lmog‘i lozimdir.
Aytaylik, islom falsafasi asoslarini, tasawuf falsafasini bilmasdan
turib mumtoz adabiyot tarixini o‘rganish, undagi ko‘plab asarlarni
talqin qilish maholdir. Yoki, masalan, XX asr Yevropa adabiyoti
namunalarini o ‘rganganda freydizm, ekzistensializm kabi
ta’limotlardan xabardor boMish talab qilinadi.
Adabiyotshunoslik psixologiya fani bilan ham o‘zaro aloqada
boMadi. Badiiy asarda tasvirlangan inson ruhiyatini anglash, badiiy
ijod psixologiyasi, badiiy asami qabul qilish jarayonining ruhiy
mexanizmlarini yaxshi tasavvur qilish uchun adabiyotshunosga
psixologiya fanining yutuqlari juda katta yordam beradi. Ayni paytda,
badiiy adabiyot psixologiya faniga ilmiy tadqiqotlar uchun boy
material beradi.
Yuqoridagilardan ko'rinadiki, adabiyotshunoslik boshqa fanlar
bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Chinakam adabiyotshunos boMib
yetishish, uning yutuqlaridan boxabar boMish va ortda qolmaslik
uchun atroflicha keng bilim egasi boMishlik talab etiladi.
Tayanch so‘z va iboralar:

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə