Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

B o lta b o y e v
 tf. 
XX asr o'zbek adabiyotshunosligi. — Sharq yulduzi. — 1995.— 
№11.
6.
 
S u vo n q u lo v
I.
Mumtoz adabiyotni o'rganish mezoni.- Muloqot.—1995.—
№3. - B . 2 5-27.
7. 
Y o ‘ld o sh e v B.
 
60—70-yillar adabiy tanqidchiligi tarixiga bir nazar.- Sharq 
yulduzi.- 1999. - № 6 ,- B. 153-155.
8. 
M o 'm in o v a N .
 
Adabiyot nazariyasidan ilk qo'llanma / / O'zbek tili va 
adabiyoti. -1 9 9 9 .-№ 4 . - B. 56-57.
9. Литературный энциклопедический словарь. — М., 1987.


Badiiy adabiyot haqida adabiyotshunoslikdagi bahslar to'g'risida. 
Badiiy adabiyot ham ijtimoiy ong, ham san’at sohasi sifatida. Badiiy 
adabiyotning ijtimoiy tabiati.
XX asr boshlarida ulug' yurtdoshimiz Cho'lpon «Adabiyot 
nadir?» degan savolni o‘rtaga tashlagan va shu nomli maqolasida unga 
baholi qudrat javob izlagan edi. XX asming o'rtalarida ulug‘ fransuz 
yozuvchisi va adabiyotshunosi J.P.Sartr ham huddi shu nomli maqola 
bilan chiqqan hamda shu savolga o'zicha javob bergan edi. Agar diqqat 
bilan kuzatsak, insoniyat ongini tanigandan beri ushbu savol u yoki 
bu tarzda muntazam qo'yilib kelishiga guvoh boiamiz. Qizig'i 
shundaki, bu savolga har bir davr o'zicha javob beradi, buning 
ustiga, bir davrda yashayotgan odamlarning javoblari ham bir-biridan 
jiddiy farqlanadi. Tugal va uzil-kesil javob berilishi mumkin bo'lmagan 
«adabiyot nadir?» savolining hozirgi kunda ham kun tartibida turgani 
tabiiy. Bugungi kunda mazkur savol tegrasidagi bahslar «adabiyot 
san’atmi yoki ong sohasimi», «adabiyot ijtimoiy bo'lishi kerakmi 
yoki yo'qmi», «adabiyot ommaviy bo'lishi kerakmi yoki elitarmi» 
kabi asosiy masalalami o'z ichiga oladi.
Biz o'zimiz bilishni istagan narsa haqida tugal hukm chiqarishga 
moyilmiz, oxirigacha tugal anglab bo'lmaydigan, oxirigacha muayyan 
ta’rifu qoidalar asosida tushuntirib bo'lmaydigan murakkab hodisalar 
mavjudligini tan olgimiz kelmaydi. Holbuki, mavjud narsa- 
hodisalarning aksariyati, jumladan, adabiyot ham, ana shunday 
murakkab, ziddiyatli tomonlami o'zida jam etgan hodisa sanalishi 
kerak. Yuqorida qo'yilgan savollardan birinchisiga — «adabiyot san’atmi 
yoki ong sohasimi» degan masalaga to'xtalsak, bu narsa ancha ravshan 
ko'rinadi.


Keyingi yillarda sho‘ro davrida o‘ta yalang‘och ijtimoiylashgan 
adabiyotga, uni ommani kommunistik ruhda tarbiyalash kabi 
maqsadlarga bo'ysundirish amaliyotiga aks ta’sir tarzida adabiyotni 
«sof san’at» sifatida tushunish, unda faqat san’at hodisasinigina ko‘rish 
tamoyili kuzatiladi. Holbuki, adabiyotda faqat vositani ko‘rishlik 
qanchalik xato bo‘lsa, unda «sof san’at»nigina ko‘rish ham shunchalik 
xatodir. «Sof san’at» tarafdorlari adabiyotning ijtimoiy ong sohasi 
ekanligini inkor qiladilar, juda insof qilganlari adabiyotning bu jihatiga 
e’tiborsizroq, ko‘z yumib qaraydilar. Biz aql va hisni bir-biriga 
ko'pincha zid qo'yamiz, holbuki, bu narsa vujudimizda aql va hisning 
bir paytda mavjud bo‘lishiga, ikkisining birlikda inson ruhiyatini 
tashkil etishiga halaqit bermaydi. Bas, nega endi inson ruhiy 
faoliyatining mahsuli bo'lgan adabiyot ulaming ikkisini o ‘zida jam 
qilolmas ekan?!
Bu masalani badiiy ijod tabiatidan kelib chiqib tushunish va 
tushuntirish o ‘ng‘ayroq ko'rinadi. Adabiyotning ilk namunalari 
sanaladigan asotir(m if)larni, afsonalarni esga olaylik. Axir, 
«Avesto»dagi rivoyatlar yoxud qadim yunon yoki misr afsonalari 
tabiatni, insonning paydo bo'lishi, uning o'lim i sirlari kabi 
muammolami bilishga intilish natijasi emasmi? Albatta, hozirgi 
insonning tafakkur darajasi ham, adabiyot va san’atning rivojlanish 
darajasi ham ulardan juda uzoqlashdi. Lekin badiiy ijodga turtki 
beradigan birlamchi omil hamon bilish ehtiyoji bo'lib qoldi. To'g'ri, 
keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda doim ham ijodkor bilishga 
intilayotgani asotirlardagi kabi ravshan sezilmasligi mumkin, lekin 
uning yaratilishiga bevosita mana shu ehtiyoj turtki bergan. Deylik, 
bir ijodkomi jamiyatning mavjud holati yoki rivojlanish tamoyillarini 
bilish(ko'proq romanlarda), boshqa birovini o'zni anglash orqali haqni 
ta n i s h ( t a s a v v u f s h e ’r iy a ti ) , 
t a g 'i n b ir in i 
q a lb id a g i 
kechinmalarini (ya’ni, o'zini) anglash va shunga o'xshash umumiy 
nomi BILISh ataluvchi ehtiyoj ijodga undaydi. Faqat shunisi borki, 
keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda bilish ehtiyojining ravshan


sezilmasligi ijodkor tarafidan anglangan narsaning asarda boshqacha 
yo‘sinlarda ifodalanishi bilan izohlanishi mumkin. Deylik, ijodkor 
o‘zi anchadan beri yecholmay kelayotgan, o ‘zi anglashga intilayotgan 
masalaning 
yechimini tabiat manzarasida, hayotdagi biron bir 
holatda, hodisa va sh.k.larda ko‘rishi, ya’ni o‘sha narsada hikmat 
ko‘rishi ham mumkin. Ijodkor o‘z asarida o‘sha narsani (manzara, 
holat, hodisa va sh.k.) aks ettirishning o ‘zi bilanoq ehtiyojni qondiradi. 
Qatag‘on davrida insonning qadrsizlangani, butun boshli jamiyatning 
totalitar tuzum oldidagi ojizligiyu kishilaming o‘zgalar fojiasiga 
tomoshabin bo‘lib tuigani haqida o 'у lagan va azob chekkan A.Qahhor 
« 0 ‘g‘ri»da tasvirlangan voqeada, mustabid tuzum sharoitidagi ijodkor 
qismatini Oybek «Na’matak»dagi manzarada ko‘rgan bo‘lsa ne ajab?! 
Aytmoqchimizki, shu asarlarni yaratish bilan har ikki ijodkor 
ruhiyatida paydo boMgan bilish ehtiyoji qondirildi. Zero, ijod onlarida 
har ikkisi ham o'zini o‘ylatgan masalani o‘zicha hal qildi, muayyan 
bir to‘xtamga keldi. Albatta, bu asarlarni har birimiz o ‘zimizcha 
tushunamiz, sababki, biz ulardagi obrazlar tilini o‘zimizcha mantiq 
tiliga ko‘chiramiz — anglaymiz. Biroq bu narsa asarning yaratilishiga 
turtki boMgan bilish ehtiyojining genetik jihatdan ijtimoiy xarakterga 
egaligini inkor qilolmaydi. Badiiy ijodga turtki beruvchi bilish 
ehtiyojining turli sath va navdagi ijtimoiy munosabatlar asosida vujudga 
kelishi badiiy asarning, demakki, badiiy adabiyotning ham genetik 
jihatdan ijtimoiy xarakterga egaligidan dalolatdir. Boshqa bir muhim 
tomoni shuki, har ikki adib o‘zlari yaratgan badiiy obrazlar vositasida 
bilibgina qolmadi, ikkisi ham o‘zining orzu-armonlarini, his- 
tuyg‘ularini — bir so‘z bilan aytganda — o‘z idealidan kelib 
chiqqan hissiy munosabatini (va shu yo‘sin bilvosita o‘z idealini) 
ifodaladi. Biroq hissiy munosabatni yoki badiiy bilish jarayonida 
anglangan haqiqatni ochiqdan-ochiq ifodalash shart emas. Ustiga- 
ustak, hissiy m unosabatning o ch iq d a n -o c h iq ifodalanishi 
«nasihatgo‘ylik», anglangan haqiqatning ochiqdan-ochiq ifodalanishi 
“aqllilik” tomon tortib ketishi mumkin. Shuning uchun, masalan,


« 0 ‘g‘ri»da A.Qahhor «xolis kuzatuvchi» mavqeida turadi: qalbini 
jumbishga solgan voqeaning, holatning suratini chizish bilan 
kifoyalanadi. Mahorat bilan tasvirlangan holat tasawurida jonlangan 
onlarda (hikoyani o‘qish jarayonida) o‘quvchi adibning (ijod 
onlaridagi) his-tuyg‘ularini qalbdan kechiradi. Biroq yozuvchi ijod 
onlarida qay muammoni badiiy idrok etishga intilgani doim ham ko‘zga 
tashlanavermaydi. Buning hech bir ajablanarli joyi ham yo‘q: badiiy 
asar arifmetik, fizik va yo boshqa masala emaski, unda konkret shartlar 
ko‘rsatib qo‘yilsa. Shunga qaramay, matnda doim aks etmagani holda 
ham bilish ehtiyoji badiiy ijodga turtki beruvchi asosiy omil bo‘lib 
qolaveradi.
Misol sifatida olingan har ikki asarda ham bir narsaning mohiyati 
boshqa narsa orqali anglanayotganiga shohid bo‘layotirmiz. Har ikki 
ijodkor ham o‘zlarini o‘ylatgan muammolami anglash uchun hayotga 
aynan taqlid qilgani, hayotdan nusxa ko‘chirgani yo‘q. Zero, bir 
narsaning mohiyatini ikkinchi narsada ko‘rish uchun aqlning o‘zi 
kamlik qiladi, buning uchun ijodkorda avvalo san’atkorona nigoh, 
san’atkorga xos «qalb ko‘zi» bo‘lishi lozim. Ya’niki, adabiyotdagi bilish 
fandagidek ratsional bilishgina emas, unda aql bilan barobar his, 
sezgi (intuitsiya) kabi unsurlar ishtiroki ham kattadir (shuning 
uchun ham aqlli odamlarning bari ham san’atkor bo‘lavermaydi, 
boMolmaydi). Sirasi, atrofdagi narsa-hodisalarda ayricha hikmat 
ko'rishga qobil, kuzatuvchan, zukko kishilar ham oz emas. Biroq 
ularning ham m asini ham san’atkor demaymiz, nari borsa 
“shoirtabiat”, “zukko” deya ta’riflaymiz. Ulardan farqli o‘laroq, 
san’atkor narsaning mohiyatini ochuvchi boshqa narsani ko‘ribgina 
qolmaydi, uni o'zining tuyg‘u-fikrlarini ifodalashga muvofiq tarzda 
qayta yaratadi (odatga ko‘ra, buni «tasvirlaydi» degan mohiyatga 
nomuvofiq so‘z bilan ataladi) va mana shu qayta yaratish jarayoni 
IJODdir. Ruhning alohida va betakror holati boMmish ijod onlarida 
san’atkorga o‘zi izlagan mohiyat ayon boMadi, ya’ni bilish ehtiyoji 
faqat ijod jarayonidagina qondiriladi. San’atkoming ijod onlaridagi


holati, uning zo‘riqib ishlayotgan ongiyu jumbish urgan qalbi esa 
asar matnida muhrlanadi. Modomiki, badiiy ijod bilishga qaratilgan 
jarayon ekan, demak, badiiy adabiyot ham ongga aloqador hodisa, 
faqat bunda bilishning san’atga xos yoMidan boriladi. Bungacha 
aytilganlarga tayanib, adabiyot ikkiyoqlama hodisa, u san’atga ham, 
ijtimoiy ongga ham birdek aloqadordir degan xulosaga kelish mumkin.
Adabiy bahslarda tez-tez ko'tarilib turgan «adabiyot ijtimoiy 
bo‘lishi kerakmi yoki yo‘qmi» masalasi ham sho‘ro davri adabiy 
siyosati ta’sirida yuzaga keldi, o‘tkirlashdi. Adabiyotning ijtimoiy 
ekanligini inkor qilish ma’qul boMmaganidek, uning individual- 
shaxsiy hodisa ekanligini ham inkor etib bo‘lmaydi. Bu da’vo faqat 
murosa ilinjida, bahsda oraliqni — eng xavfsiz mavqeni egallash ilinjida 
emas. Mazkur savolga javob berish uchun biz adabiyotning predmeti 
masalasiga to ‘xtalishimiz zarur.
Adabiyotshunoslikka oid 
asarlarda, darsliklarda «badiiy 
adabiyotning predmeti — inson» deb ko‘rsatiladi. Biroq mazkur fikrni 
tor tushunish, uni mutlaqlashtirish unchalik to ‘g‘ri boMmaydi. 
Chunki adabiyot insonni alohida (izolyatsiya qilingan holda) emas, 
balki jamiyat, tabiat (bir so‘z bilan aytganda — borliq) bilan uzviy 
aloqada o‘rganadi. Zero, insonning o‘zini ulardan xoli, izolyatsiya 
qilingan holda tasavvur etib boMmaydi, inson tabiatan ijtimoiy 
hodisadir. Modomiki adabiyotning predmeti ham, uning yaratuvchisi 
ham inson ekan, adabiyotning ijtimoiy boMmasligi mumkin emas. 
Nima uchun asar yoziladi, nima uchun ijodkor asami yozishga 
kirishadi? Axir kundalik turmushda duch kelgan odamlar, hodisalar 
uning qalb qozonida, aql-idrokida qaynamadimi, uni yozmasa 
boMmaydigan holatga keltirib, qoMiga qalam olishga majbur qilmaydimi? 
Demak, genetik jihatdan xohlasak-xohlamasak adabiyot ijtimoiy hodisa 
ekan. Biroq yaratilishi jihatidan, dunyoga nuqtai nazar, o‘sha dunyo 
tufayli paydo boMgan hissiyotlar, fikrlar nuqtai nazaridan tom 
ma’noda shaxsiy hodisadir.
MaMum boMadiki, badiiy asarda ijtimoiylik va shaxsiylik qorishiq


holda namoyon bo‘lar ekan, faqat bu o‘rinda ijtimoiylik va shaxsiylik 
nisbati har bir konkret asarda turlicha bo'lishini, turlicha zuhur 
qilishini e’tiborda tutish lozim bo'ladi. Deylik, ijtimoiylik darajasi 
epik va lirik asarlarda jiddiy farqlanadi, ba’zan lirik asarda ijtimoiylikdan 
nomi nishon yo'qday ko‘rinadi. Ayrimlar, xususan «sof san’at» 
tarafdorlari ayni shu holni mutlaqlashtirmoqchi boMadilar, she’riyat 
faqat ko‘ngil ishi boMishi kerak, degan gaplar eshitiladi. Xo‘sh, 
insonning ko‘nglidagi tuyg‘ular, iztirobu quvonchlaming o‘zi kelib 
chiqishi jihatidan ijtimoiy emasmi? Misol tariqasida lirik qahramonning 
muayyan bir holati, kayfiyatigina qalamga olingan bir she’rni olib 
ko'raylik:
Bahor kunlarida kuzning havosi,
Tanimni junjitar oqshomgi shamol.
Nega muncha g‘amgin nayning navosi,
Nega qalbim toMa o‘kinch va malol?
Barglar orasiga tinmasdan sira,
Oshno yulduzlardan to‘kiladi nur.
Bilmayman qiynaydi qaysi xotira,
Titroq yulduz kabi muzlagan shuur.
MagMub bahodiming nayzasi misol.
M a’yus egiladi terak uchlari,
Barglar soyasida o‘ynaydi behol 
Uyqudagi qizning bedor tushlari.
Atrofimda yotar g‘arib bir viqor,
Bilmam, nega o‘chdi qalbim safosi.
Nima ham qilardim, na ilojim bor,
Bahor kunlarida kuzning havosi.
Ko‘rib turganimizdek, she’rda tabiat manzarasi tasvirlanadi va 
shu asosda mahzunlik kayfiyati ifodalanadi. Biroq «bahor kunlarida 
kuz nafasining esish»idan kelgan mahzunlik — obraz, mana shu


holatning yuzaga kelish sabablari o‘zgacha bo‘lishi ehtimoldan yiroq 
emas. Mazkur she’r 1967 yilda yaratilgan edi. Nechun endi A.Oripov 
bahor kunlaridagi kuz havosi haqida gapiradi? Gap shundaki, she’r 
yozilgan payt 50-yillar oxiridan jamiyat hayotida kuzatilgan 
uyg‘onish, nisbiy erkinlikning 60-yillar o‘rtalaridan qaytadan bo‘g‘ila 
boshlagan davriga 
to‘g‘ri keladi. A.Oripov jamiyatning bir a ’zosi 
sifatida, erkka tashna ijodkor sifatida bu holdan iztirob chekadi, 
azoblanadi. Hassos shoir o‘zini qiynagan DARD suratini tabiat 
manzarasida ko‘radi, «bahor kunlaridagi kuz havosi»dan kelgan 
iztirobini, alamu o ‘kinchini ifodalaydi. Jamiyatning ko‘zi ochiq 
a’zolarini iztirobga solgan bu ijtimoiy dard shoiming shaxsiy dardiga 
aylangan, dardning shaxsiylanish darajasi shunchalarki, biz she’rni 
«ko‘ngil she’riyati» deyishga-da, uni «sof san’at» namunasi sifatida 
baholashga-da moyilmiz.
Ijtimoiy dard ijodkoming shaxsiy dardiga aylanmasa, ijodkor 
o‘sha dardni chinakamiga qalbidan kechirmasa, biz yuqorida aytgan 
«yalang‘och ijtimoiylashuv» yuzaga keladi. Sho‘ro davri adabiyotining 
eng katta fojiasi ham shu edi. Totalitar tuzum barchaning birdek 
o‘ylashini taqozo etgandiki, bu narsa jamiyatda shaxs maqomining 
susayishi, jumladan, ijodkor shaxsining yemirilishiga olib keldi. 
Natijada, ko‘plab asarlarda ijtimoiy dard ijodkoming qalb qozonida 
obdan qaynamasdan, faqat rasmiy mafkuraning badiiylashtirilgan 
ifodasi bo‘lmish shiorbozlikka to‘la she’rlar, hayotni rasmiy mafkura 
ko‘zi bilan ko‘ruvchi, tasvirlovchi va baholovchi (garchi «sotsialistik 
realizm» namunasi sanalsa-da, realizmdan tamomila yiroq) epik 
asarlar yaratildi. Bu narsa adabiyotning tussizlashuviga, ijodiylikning 
inqiroz topishiga olib keldi. Adabiyotdagi tussizlikning boisi shuki, 
sho‘ro adabiyotidagi (ayniqsa, 30-60-yillardagi) ko‘plab asarlarda 
ijtimoiylik bo‘lgani holda ijodkor shaxsi yo‘qolgan, natijada ular bir- 
biridan shakliy xususiyatlari bilangina farqlanadigan, go‘yo rang- 
barang qog‘ozlarga o‘rab berilgan bitta matohga aylanib qolgandi. 
Albatta, chinakam iste’dod bunday bo‘g‘iq sharoitga ko‘nikolmaydi,


isyon qiladi. Shu bois hatto mustabid tuzum zug‘umi kuchaygan 
davrlarda ham katta iste’dodlaming asarlaridagi ayrim o‘rinlarida ijodiy 
«men» bo‘y ko‘rsatib, asarga jonlilik baxsh etib turadi.
60-yillardan boshlab esa adabiyotimizda ijodiy «men»ning isyoni 
kuchliroq namoyon bo‘la boshladi, dunyoni o‘zicha tushunish va 
baholashga intilish boshlandi. Shunga qaramay, bular adabiyotimizning 
umumiy holatini, «havosi»ni belgilay olmas, zero, rasmiy mafkura 
rag‘bati bilan kuchaygan «yalang‘och ijtimoiylik» bir tushovga aylanib 
qolgan va dadil olg‘a bosishga imkon bermasdi. Tabiiyki, bulami e’tiborga 
olgan holda ko'pchilikning adabiyotdagi ijtimoiylikdan bezganlik 
kayfiyatini tushunsa b o 'lad i, biroq mafkura tazyiqi bilan 
«yalang‘ochlangan ijtimoiylik»ni deb adabiyotning tabiatiga xos 
bo‘lgan ijtimoiylikni inkor qilish to ‘g‘ri bo‘lmaydi.
Yaqin yillardagi va qisman hozirda ham bahslarga sabab bo‘lib 
turgan masalalardan yana biri «adabiyot qanday bo‘lishi kerak?» degan 
savol tegrasida aylanadi. Mazkur bahsda tomonlaming biri «adabiyot 
ommaviy boiishi kerak» degan fikrni, ikkinchisi «adabiyot xos 
kishilarga moijallangan (elitar) bo‘lishi kerak» degan fikrni oldinga 
suradilar. Ikkinchi tom onning ommaviylikka qarshi turgani 
adabiyotning jo ‘nlashuvidan norozilik bilan, birinchi tomonning 
xoslargagina mo‘ljallangan adabiyotga qarshiligi bu holda adabiyotning 
jamiyatdagi ahamiyati susayadi, deb hisoblashi bilan izohlanadi. Bir 
qarashda bu bahs nihoyasizdek, uni hal qilib bo‘lmaydigandek 
ko‘rinishi mumkin. Biroq unutmaslik kerakki, muammoning yechimi 
bahs bir tomonga hal bo‘lganidagina topiladi deyishlik xato, ko‘p 
hollarda bahsning yechimi murosada boMadi. Zikr etilgan bahsning 
yechimi ham, bizningcha, murosadadir. Shu o'rinda murosaning 
foydasiga ayrim fikrlami qayd etib o'tish joiz.
Birinchisi. 
Hammaga ayonki, Ijadiiy adabiyotni iste’dodlar yaratadi. 
Iste’dod esa ommadan ko'ra tiyrakroq qalb ko'ziga egaligi, tafakkur 
darajasining undan yuqoriroq ekani bilan farqlanadi. Baski, chinakam 
iste’dod yaratgan asarning darajasi ham ommadan yuqoriroq


bo‘lmog‘i tabiiy va shunday boMishi kerak ham. Ikkinchi tomondan, 
shu adabiy-madaniy zaminda yetishgan iste’dodning ommadan ko‘z 
ilg‘amas darajada uzoqlab ketishi ham mahol, shu bois ham «atayin 
ommaga moslab yozish» degan da’vo yo yolg‘on, yo iste’dodsizlikni 
xaspo‘shlash uchun bahonadan boshqa narsa emas. Demak, bahsdan 
chiqadigan birinchi xulosani «bizga chinakam iste’dodlar, iste’dod 
bilan yozilgan asarlar kerak» tarzida ifodalash mumkin.
Ikkinchisi. 
Badiiy asar juda murakkab hodisa, konkret asami 
hammaning birdek tushunishi, birdek suyushi va unga birdek qimmat 
berishi mumkin emas. Aytaylik, o‘quvchi bir paytlar o‘qiganda deyarli 
e’tiborini tortmagan she’r vaqtiki kelib uni yondirib yuborishi hech 
gap emas. Shuningdek, shu o'quvchining yuragiga o‘t yoqqan she’rga 
boshqa o‘quvchi mutlaqo e’tiborsiz qarashi ham mumkin. Nihoyat, 
badiiy asar tubsiz ummon misoli, yuzasida yurgan nari borsa mavjlaru 
jozib qudratni ko‘rar, biroq uning tubida olam-olam sir-sinoatlar 
yashirin, uning tubida-da butun boshli bir hayot kechadi. Kimdir 
bu ummonning yuzasidagina yuradi, kimdir sayozroq, kimdir 
chuqurroq sho‘ngMydi, baski, iste’dod bilan yaratilgan badiiy asar 
bir paytning o'zida turli toifalarga — ham ommaga, ham xoslarga 
moMjallangan boMadi. Demak, iste’dod bilan yozilgan asardan 
hammaga tushunarli boMishlikni talab qilish talab qiluvchidagi didning 
darajasini ko‘rsatadi, xolos.
Uchinchisi. 
Kishilarda didning turlicha ekanligi fakt, bu hoi bilan 
faqat murosa qilish mumkin xolos. Besh qoM barobar emas, kimdir 
chuqur ruhiy tasvirga boy asami, kimdir intellektual jihatdan yuksak 
asami, kimdir ko‘ngilochar asami, kimdir detektiv, kimdir jangari 
asarlarni suyadi. Xohlasak-xohlamasak, adabiyot maydonida ham 
raqobat bor. Agarki hozir yengil-yelpi asarlarga qiziqish kuchaymoqda 
ekan, bu yuksak didli adabiyotning aybi. Demak, bahslashish, 
jizzakilik qilish, ommaning didsizlashayotganidan zorlanish emas — 
chinakam adabiyotni, badiiyati yuksak asarlarni yaratmoq kerak.
Badiiy adabiyot — inson faoliyatining mahsuli. Inson faoliyati 
esa keng va serqirradir. Inson faoliyati bir-biriga bevosita yoki bilvosita


bog‘liq bo‘lgan «mehnat faoliyati», «ruhiy faoliyat», «estetik faoliyat» 
kabi jihatlami o ‘z ichiga oladi. Boz ustiga, ruhiy faoliyatning o‘zi 
«aqliy», «hissiy», «ruhoniy» faoliyat qirralarini namoyon etadi. Badiiy 
adabiyot insonning go‘zallik qonunlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati 
m ahsulidir. Shunday ekan, badiiy adabiyotni t a ’riflashda 
biryoqlamalikka yo‘l qo‘yish, uni faqat ijtimoiy ong yoxud faqat 
san ’at hodisasi sifatida tushunish predm etning m ohiyatini 
jo ‘nlashtiradi, bizni uning tabiatini anglashdan uzoqlashtiradi.
Yuqorida biz badiiy adabiyot haqida, uning tevaragidagi bahslar 
xususida so‘z yuritdik. Keyingi fasllarda badiiy adabiyot mohiyati 
haqida kengroq to‘xtalamiz. Biroq shuni unutmangki, biz sizga uning 
mohiyatini anglashga yo‘nalish beramiz, tabiiyki, retsept emas. 
Ya’ni, mohiyat haqida tasawurga ega bo‘lgach, siz bu xil bahslarda 
o'z mavqeingizni o ‘zingiz, mustaqil ravishda belgilashingiz kerak 
bo‘ladi.
Tayanch so‘z va iboralar:

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə