Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


matnshunoslik faoliyati adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarix fanlari



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

matnshunoslik faoliyati adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarix fanlari
kesishgan nuqtada kechadi; ikkinchidan, matnshunoslikning o‘zi ilmiy
izlanishlarida qator yordamchi sohalarni (paleografiya,
uslubshunoslik, arxeografiya va h.) o‘ziga xizmat qildiradi.
Adabiy matnlarni o ‘rganish va nashrga tayyorlash
matnshunoslikning vazifasidir. Matnshunoslikning vazifasini juda qisqa


ifodalagan bo‘lsak-da, uning amalga oshirilishi juda katta mehnatni,
chuqur bilim va tajribani talab qiladi. Ma’lumki, xalqimiz boshidan
necha-necha istiloyu qatag‘onlar kechganiga qaramay, ajdodlarimizdan
bizga boy adabiy meros qolgan: minglab jildlardan iborat qoMyozmalar
xazinasiga egamiz. Biroq bu qoMyozmalaming aksariyati hali o‘iganilgan
emas, ro'yxatga olib qo'yilgani bo'yi o'z tadqiqotchilarini kutmoqda.
Shuning o'zi ham matnshunoslikning og'ir, ilmning «qora mehnati»
ekanligini, uni rivojlantirish ham ilmiy, ham 
ma’naviy-ma’rifiy
jihatlardan zarurligini ko'rsatadi. Adabiy matnni o'rganayotgan
matnshunos oldida turli-tuman ilmiy muammolar ko'ndalang
bo'ladi. Deylik, matnshunos muallifi nomaMum asar (matn)ga duch
keldi. Bu holda u matn muallifmi, yoshi (yozilgan, ko'chirilgan
vaqti)ni aniqlashi zarur bo'ladi. Buning uchun esa u, tabiiyki,
adabiyot tarixi, til tarixi, manbashunoslik, uslubshunoslik kabi
sohalardan yaxshi xabardor bo'lishi va ularga tayangan holda matnni
tadqiq etishi lozim bo'ladi. Yoki matnshunoslikning boshqa bir
vazifasi — asarning ilmiy-tanqidiy nashrini tayyorlashni olaylik.
Masalan, Alisher Navoiy asarlarining turli davrlarda, turli kotiblar
tomonidan 
ko'chirilgan qo'lyozmalari mavjud. Matnshunos

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə