1
E-UNIVER.ADTI.UZ
МАВЗУ :
O`ta xavfli infeksiyalar etio-pato-marfagenezi,
ogirlashuvlari, olim sabablari.
Vabo
—
otkir infektsion kasallik bo'lib, meda-ichak yo'lining zararlanishi, suv-tuz
almashinuvining buzilishi va organizmning suvsizlanib qolishi bilan tariflanadi.
Bukasallikantroponozlar, yani insondagina uchraydigankasalliklar
jumlasiga
kiradi, haddan tashqari yuqumli bo'ladi va o'ta xavfli infeksiyalardan biri bo'lib
hisoblanadi. Hozir vaboning ikki xili klassik vabo, ya’ni Osiyo vabosi va El-Tor
vabosi tasvirlangan.
Etiologiyasi va patogenezi.
Osiyo vabosining qo'zg'atuvchisi Kox vibrioni,
El-Tor vabosining qo'zg'atuvchisi esa El-Tor vibrionidir (76-rasm).
Bular kasal-
larning axlati va qusuq massalarida, me’da-ichak yo'li
suyuqligi va safro, yam
o'tda hamisha topiladi. El-Tor vibrioni Kox vibrioniga qaraganda birmuncha
yengilroq tusda o'tadigan
kasallikni keltirib chiqaradi, o'limga kamroq sabab
bo'ladi.
"
Vabo vibrioni xolerogen deb ataladigan
enterotoksin ishlab chiqaradi, bu
toksin oqsildan iborat bo'lib, unda immunologik jihatdan bir-biridan farq qila-
digan ikkita fragment bor.
Vabo qo'zg'atuvchisining ko'payish
joyi odamning ichagi, kasallik manbai
esa bemor odam yoki vibrion tashib yuruvchi kishidir.
El-Tor vibrionining
yashay- digan, ko'payib va to'planib boradigan oziq muhiti,
ochiq suv
xavzalarining gid- robiontlari bo'lishi mumkinligi so'nggi yillarda aniqlangan.
Infeksiyaning o'tish mexanizmida vabo vibrionlarining ifloslangan suv yoki
oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga me’da-ichak yo'liga tushishi asosiy o'rin
tutadi. Kasallik kontakt yo'li bilan ham yuqishi mumkin. Vabo epidemiyalar va
pandemiyalar ko'rinishida tarqaladi.