Ekologiya lotinda p65


Organizmning tirik yaxlit tizim sifatida rivojlanishi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə2/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

Organizmning tirik yaxlit tizim sifatida rivojlanishi


15



quyosh energiyasi


6CO2 + 12H2O C6H12O6 + 6O2 + 6H2O,

bu yerda, C6 H12O6 — energiyaga boy bo‘lgan glukoza molekulasi.

Ayrim organizmlar va bakteriyalarning karbonat angidrid (CO2) gazidan organik moddalarni hosil qilib oziqlanishi xemosintez deyiladi.

Organizmdagi moddalar almashinuvi katalizator (reaksiyani tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi modda) vazifasini bajara- digan alohida oqsilli modda — fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Organizmda kechadigan har bir kimyoviy reaksiya alohida ferment, u esa ayrim gen nazoratida bo‘ladi. Genning o‘zgarishi — mutatsiyasi ferment va biokimyoviy reaksiyaning o‘zgarishiga olib keladi.

Metabolizm jarayonlariga koferment deb ataladigan yirik mo- lekulaning bir qismi bo‘lgan vitaminlar (darmondorilar) — organizmda moddalar almashinuvi uchun zarur bo‘lgan kichik mole- kulali organik birikmalar yordam beradi. Vitaminlarning yetishmas- ligi kasalliklarga olib keladi, ya’ni moddalar almashinuvi buziladi.

Metabolizm jarayonlariga gormonlar deb ataladigan kimyoviy moddalar ham zarur bo‘ladi. Ular metabolizmda jarayonlarni umumiy kimyoviy muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi.

Ifloslantiruvchi moddalar va nurlanishlar tufayli organizmda gen-hujayra tizimlari buzilishi yoki fermentlar ta’siri chekla- nishi mumkin. Bu esa organizmning kasallanishi yoki ba’zan o‘li- miga sababchi bo‘ladi.

Organizmning butun hayoti davomida metabolizm jarayonlari turlicha jadallik bilan kechadi. Organizmning paydo bo‘lishidan to hayotining oxirigacha ketma-ket yuz beradigan morfologik, fiziologik va biokimyoviy o‘zgarishlar bilan kechadigan individual rivojlanish yo‘li ontogenez deb ataladi.

Ontogenezda har bir organizm rivojlanishning bir necha bos- qichlarini bosib o‘tadi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizm- larda pusht (murtaklik), pushtdan (murtakdan) keyingi va voyaga yetish bosqichlari farqlanadi. Hayvonlarda bu bosqichlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi (jo‘ja — tovuq; itbaliq — qurbaqa).


16

O‘simliklar ontogenezida o‘sish, rivojlanish (yetuk organizm)


va qarish (fiziologik jihatdan biosintezning susayishi va o‘lish)
bosqichlari farqlanadi.

Muhitning kimyoviy, yorug‘lik yoki issiqlikdan ifloslanishi


natijasida ontogenez jarayonlari buzilishi va mayib-majruhlik paydo
bo‘lishi yoki organizm halok bo‘lishi mumkin.

Organizmlarning hozirgi kundagi ontogenezi ularning uzoq


evolutsiya davomida tarixan rivojlanishi — filogenez natijasida
vujudga kelgan. Shu asosda biogenetik qonun quyidagi maz-
munda shakllantirilgan: istalgan organizmning ontogenezi maz-
kur tur filogenezining qisqa va lo‘nda takrorlanishidir.

Hozirgi kunda Yer sayyorasida organizm-


larning 2,2 mln.dan ortiq turi mavjud.

Ma’lumki, organik dunyo azaldan hayvonlar


va o‘simliklarga bo‘linadi. Yer sayyorasining mu-
ayyan hududidagi o‘simlik organizmlari majmuyi

flora deb, hayvon organizmlari majmuyi esa fauna deb ataladi.
Muayyan hududda (mintaqa, tuman va h.k.) yashovchi, tarixan
shakllangan flora va fauna majmuyi biota deb ataladi. Bu atama-
lardan amaliyotda keng foydalaniladi. Masalan, gulli o‘simliklar
florasi, qushlar faunasi, tuproq biotasi va h.k.

Quyida organizmlar tasnifiga muvofiq, flora va faunaning umumiy tavsifi keltiriladi.



Prokariotlar — bir hujayrali yadrosiz organizmlar bo‘lib, taxminan milliard yil oldin paydo bo‘lgan eng qadimgi jonzot- lardir. Hozirgi kunda ularning 5 mingga yaqin turi ma’lum.Ularga viruslar, bakteriyalar va ayrim suvo‘tlari mansubdir.

Prokariotlar ichida bakteriyalar eng ko‘p tarqalgan. Bakte- riyalarning ayrimlari avtotrof (masalan, ko‘kimtir bakteriyalar) hisoblanib, oltingugurt asosidagi xemosintez hisobiga organik modda hosil qiladi. Bakteriyalarning aksariyati geterotrof (sap- rotroflar, redutsentlar) bo‘lib, parazit shakllari o‘simliklar, hayvonlar va odamda turli kasalliklar keltirib chiqaradi.

Bakteriyalar asosan tuproqda keng tarqalgan — 1 gr tuproqda 100 milliondan 2 milliardgacha uchrashi mumkin. Ular tuproqda


Organizm tizimlari va yer biotasi


17





turli vazifalarni bajaradi: chirituvchi, azot to‘plovchi va h.k. Bak- teriyalar orasida aerob va anaerob shaklda hayot kechiruvchilar mavjud.

Bakteriyalar tuproq eroziyasi tufayli suv havzalariga tushadi. Suv havzasining qirg‘og‘ida 1 ml suvda 300 minggacha, markazida esa 200 minggacha bakteriya bo‘lishi mumkin. Bakteriyalar at- mosfera havosida nisbatan kam, tuproq osti qatlami — litosferada birmuncha keng tarqalgan: yer po‘stida 1000 m chuqurlikda ham uchrashi mumkin.

Ko‘k-yashil suvo‘tlari o‘z tuzilishiga ko‘ra, bakteriya hujay- rasiga o‘xshaydi. Ular, asosan, chuchuk suv havzalari yuzasida yashaydi. Ularda kechadigan metabolizm jarayonining mahsuli azotli birikmalar bo‘lib, boshqa suvo‘tlarining rivojlanishiga im- kon yaratadi. Ko‘k-yashil suvo‘tlari muayyan sharoitda «gullab», suvni, shu jumladan, suv quvurlarini ifloslantirishi mumkin.

Eukariotlar — hujayrasida yadrosi bo‘lgan organizmlar bo‘lib, ularga yuksak o‘simliklar, ko‘p hujayrali hayvonlar, zamburug‘lar, amyobalar mansubdir. Eukariotlar ichida eng ko‘p tarqalgani o‘simliklar bo‘lib, ularning taxminan 300 ming turi mavjud.

O‘simliklar organik moddalar hosil qiluvchi yagona organizmlardir. Ular tomonidan hayvonot dunyosi uchun oziq mah- sulotlari yaratiladi. Suvo‘tlari suvda erkin suzib yoki qaysidir asosga yopishib yashovchi o‘simliklar guruhidir. Suvo‘tlari fotosintez jarayoni vujudga kelgan dastlabki organizm hisoblanadi. Quruq- likda yashovchi yuksak o‘simliklar oziq moddalarni tuproqdan oladi va fotosintez tufayli organik moddalar hosil qiladi.

Lishayniklar, moxlar, paporotniksimonlar va gulli o‘simliklar landshaftlarning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ular ichida gulli o‘simliklar (250 mingdan ortiq turi) ustunlik qiladi. Quruq- likdagi o‘simliklar kislorod ishlab chiquvchi va atmosferani kis- lorod bilan boyituvchi asosiy manba hisoblanadi.

Zamburug‘lar — xlorofillsiz tuban o‘simliklar bo‘lib, faqat tayyor organik moddalar bilan oziqlanadigan geterotrof organizmdir. Ularning 100 mingdan ortiq turi mavjud. Barcha zamburug‘lar- ning to‘rtdan uch qismi o‘simlik chirindilari bilan oziqlanadi-


18





gan saprofit hisoblanadi. Ayrim zamburug‘lar o‘simlik va hay- vonlarda parazitlik qiladi.

Hayvonlar
— shakli va o‘lchamiga ko‘ra har xil bo‘lib, ularning 1,7 mln.dan ortiq turi mavjud. Hayvonlar geterotrof, konsument organizm hisoblanadi. Ular ichida bo‘g‘imoyoqlilar, molluskalar va umurtqalilar turlar soni bo‘yicha peshqadamlik qiladi.


NAZORAT SAVOLLARI


  1. Biologik tuzilmalarning qaysi darajalari ekologiyaning o‘rganish obyekti
    hisoblanadi?

  2. Biotsenoz va ekologik tizim o‘rtasida qanday o‘xshashlik va farqlanishlar
    mavjud?

  3. Organizmlar oziqlanish manbasi xususiyatlariga ko‘ra qaysi guruhlarga
    bo‘linadi?

  4. Organizmning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirida adaptatsiya (moslashish)
    qanday ahamiyatga ega?

  5. Yer biotasi uchun avtotrof organizmlarda kechadigan metabolizm ja-
    rayoni qanday ahamiyat kasb etadi?

  6. Biogenetik qonunning mohiyati nimadan iborat?

  7. Organizmlar nima uchun tasniflanadi?

  8. Biota qaysi organizmlar majmuyidan iborat?

  9. Prokariot va eukariot organizmlarga misollar keltiring.

10. Quruqlikda eng ko‘p tarqalgan organizmlarga misollar keltiring.

  1. bob. ORGANIZM VA MUHITNING O‘ZARO MUNOSABATI

Yashash muhiti — organizm yashayotgan
joydagi abiotik va biotik sharoitlar majmuyi.
Yashash muhitining xususiyatlari doimo o‘z-
garib turadi va har bir organizm yashab qolishi
uchun bu o‘zgarishlarga moslashadi.

Yer biotasi tomonidan quyidagi uch asosiy yashash muhiti o‘zlashtirilgan: suv muhiti, quruqlik-havo muhiti va litosfera- ning yuza qismida joylashgan tog‘ jinslari bilan birgalikda tuproq muhiti. Biologlar tomonidan ko‘pincha to‘rtinchi yashash muhiti, ya’ni parazitlar va simbiontlar joylashgan tirik organizmlar ham ajratib ko‘rsatiladi.




Yashash muhiti va ekologik omillar haqida tushuncha


19





Organizmlar tashqi muhitning ta’sirini ekologik omillar deb ataluvchi vositalar orqali qabul qiladi.

Ekologik omillar
— muhitning organizmga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatuvchi muayyan sharoitlari va unsurlari. Ular abiotik, biotik va antropogen omillarga bo‘linadi.

Abiotik omillar — anorganik muhitning o‘simliklar va hayvonlar hayoti va tarqalishiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillari majmuyi. Ularning fizikaviy, kimyoviy va edafik turi farqlanadi.

Fizikaviy omillar — tabiiy holat yoki hodisaga xizmat qiluvchi manbalar. Masalan, harorat, agar u yuqori bo‘lsa — kuyish, juda past bo‘lsa — sovuq urish sodir bo‘ladi. Harorat boshqa omillarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin: suvda — oqimga, quruqlikda — shamol va namlikka va h.k.

Kimyoviy omillar — muhitning kimyoviy tarkibidan kelib chi- qadigan holat yoki hodisalar. Masalan, suvning sho‘rligi. Agar u yuqori bo‘lsa, suv havzasida hayot bo‘lmasligi mumkin (O‘lik dengiz), biroq chuchuk suvda ko‘pchilik dengiz organizmlari yashay olmasligi mumkin.

Edafik omillar (tuproq omili) — tuproq va tog‘ jinslarining kimyoviy, fizikaviy va mexanik xossalari bo‘lib, ular tuproqda yashaydigan organizmlar va o‘simliklarning ildiz tizimiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga kimyoviy tarkibiy qismlar (biogen elementlar), harorat, namlik, tuproq tuzilishi va chirindi tarkibining ta’siri yaxshi ma’lum.

Aksariyat hollarda abiotik omillar orasida iqlim (harorat, ha- voning namligi, shamol va h.k.) va gidrografik — suv muhiti (suv, oqim, sho‘rlik va h.k.) omillari ajratib ko‘rsatiladi.

Organizmlar uyushmalar (jamoalar) hosil qilib, oziq moddalar va muayyan hududni egallash uchun o‘zaro kurashadilar, ya’ni bir-birlari bilan raqobatga kirishadilar. Bunda muayyan tur ichida va turlararo darajada yirtqichlik, parazitlik kabi murak- kab o‘zaro munosabatlar sodir bo‘ladi. Bular tirik tabiat yoki biotik omillar hisoblanadi.

Biotik omillar — ayrim organizm hayot faoliyatining boshqa organizmlar hayot faoliyatiga, shuningdek, jonsiz yashash mu-


20





hitiga ta’sirlari majmuyi. Organizmlarning o‘zida jonsiz yashash muhitiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatish qobiliyati mavjud. Masalan, o‘rmonda o‘simliklar qoplami ta’sirida ochiq dalaga nisbatan o‘zining harorat-namlik rejimiga ega bo‘lgan o‘ziga xos mikroiqlim yoki mikromuhit yaratiladi: qishda nisbatan iliq, yozda salqin va nam bo‘ladi. Shuningdek, daraxtlarning kova- gida, inlarda, g‘orlarda ham o‘zgacha mikromuhit bo‘ladi.

Abiotik tabiatda ro‘y beradigan qor qoplami tagidagi mikromu- hit sharoitini alohida qayd etish lozim. Qishda qorning issiqni tutadigan ta’siri natijasida 30—50 sm.dan kam bo‘lmagan «qor ko‘r- pasi» tagida taxminan 3—5 sm qatlamda qulay haroratli (0—2°C gacha) muhit vujudga kelib, kichik kemiruvchi hayvonlar yashaydi. Ay- nan shu ta’sir tufayli qor ostida kuzgi boshoqli o‘simliklar (bug‘- doy) maysalari saqlanadi. Qishning qattiq sovuqlarida ayrim hayvonlar ham qordan panoh topadi (quyon, tulki, bo‘ri).

Bir turga mansub organizmlar o‘rtasidagi tur ichidagi o‘zaro munosabatlar guruhli va ommaviy ta’sirlar hamda tur ichidagi raqobat tufayli yuzaga keladi. Guruhli va ommaviy ta’sirlar deyilganda bir turga mansub bo‘lgan hayvonlarning ikki yoki un- dan ortiq organizmni o‘z ichiga olgan guruhlarga birlashuvi tushuniladi. Ular, populatsiya darajasida, tur ichidagi raqobat asosida organizmlar guruhlari sonining rivojlanish sur’ati va zich- ligini tavsiflaydi. Ular hayvonlarning o‘z inlari va muayyan may- donni himoyalash borasidagi hududiy xulq-atvorida namoyon bo‘ladi. Masalan, qushlar, baliqlar xulq-atvori.

Turlararo munosabatlar sezilarli darajada xilma-xildir. Yonma- yon yashovchi ikki tur bir-biriga umuman ta’sir ko‘rsatmasligi, qulay yoki noqulay ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Turlararo muno- sabatlarning quyidagi turlari farqlanadi:


  • xolislik — har ikki turning mustaqil bo‘lib, bir-biriga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi;

  • raqobat — turlarning bir-biriga noqulay ta’sir ko‘rsatishi;

  • mutualizm — turlarning bir-birisiz yashay olmasligi, ya’ni bir turning ikkinchisiga qandaydir foyda keltirishi;


21





  • hamjihatlik — ikkala turning to‘da hosil qilishi, biroq to‘da
    ikkalasiga ham foyda keltirgani holda ularning ayrim yashashi
    mumkinligi;

  • beparvolik — birga yashashdan bir turning foyda ko‘rishi,
    ikkinchi turning (xo‘jayin) hech qanday naf ko‘rmasligi;

  • jabrdiydalik — o‘sish va ko‘payishda bir turning boshqa turdan
    ezilishi;

  • yirtqichlik — yirtqich turning o‘z o‘ljasi bilan oziqlanishi.

Biotik uyushmalar (biotsenoz) hayotining asosida turlararo

munosabatlar yotadi.



Antropogen omillar
— odam tomonidan keltirib chiqarilgan va
atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (ifloslanish, tuproq
eroziyasi, o‘rmonlarning yo‘q qilinishi va h.k.) amaliy ekologiyada
qarab chiqiladi (darslikning ikkinchi bo‘limiga qarang).

Ko‘pgina omillar vaqt o‘tishi bilan miqdor va sifat o‘zgarish-


lariga uchraydi. Masalan, iqlim omili bir kecha-kunduz, fasllar,
yil davomida o‘zgarib turadi (harorat, yoritilganlik darajasi va h.k.).

Vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishlar doimo takrorlanib turadigan


omillar davriy omillar deyiladi. Ularga iqlim, shuningdek, ayrim
gidrografik omillar (suvning ko‘tarilishi va qaytishi, ayrim okean
oqimlari) mansubdir. To‘satdan paydo bo‘ladigan omillar (vulqon
otilishi, yirtqich hujumi va h.k.) nodavriy omillar deyiladi.

Adaptatsiya — organizmlarning muhitga
moslashishi. Bu jarayon organizmlar (zotlar,
navlar, turlar, populatsiyalar) va uning a’zola-
rining tuzilishi va vazifalarini qamrab oladi.

Adaptatsiya hamisha uch asosiy omil — o‘zgaruvchanlik, irsiyat va tabiiy tanlanish (odam tomonidan amalga oshiriladigan sun’iy tanlash) ta’sirida rivojlanadi.

Organizmlarning tashqi muhit sharoitlariga adaptatsiyasi ir- siy jihatdan shartlangan bo‘ladi. Ular biotaning tarixiy-tadrijiy rivojlanishida shakllanadi va ekologik omillarning o‘zgarib tu- rishi bilan birga o‘zgaradi. Organizmlar doimiy harakatdagi davriy omillarga moslashgan bo‘ladi, biroq ularning orasida birlamchi va ikkilamchi omillarni farqlash muhimdir.


Organizmlarning

moslashishi


22



Birlamchi davriy omillar — Yerda hayotning paydo bo‘lishiga qadar mavjud bo‘lgan omillardir (harorat, yoritilganlik darajasi, suvning ko‘tarilishi, qaytishi va h.k.). Organizmlarning mazkur omillarga adaptatsiyasi eng qadimiy va mukammal hisoblanadi.

Ikkilamchi davriy omillar — birlamchi omillarning o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladi: haroratga bog‘liq havoning namligi; o‘sim- liklar rivojining davriyligiga bog‘liq o‘simliklardan tayyorlanadi- gan oziqlar va h.k. Ular birlamchi omillardan keyin paydo bo‘ladi va ularga bo‘lgan moslashish hamma vaqt ham aniq aks etmaydi.

Yashash joyidagi me’yoriy shart-sharoitlarga faqat davriy omillar ta’sir ko‘rsatishi, nodavriy omillar bo‘lmasligi kerak.



Nodavriy omillar, odatda, halokatli ta’sir ko‘rsatadi: tirik organizm kasallikka chalinishi, hatto o‘lishi mumkin. Odam nodavriy omillarni sun’iy kiritish (qo‘llash) yo‘li bilan ulardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanadi: masalan, kimyoviy zahar biron organizmga zararli bo‘lgan boshqa organizmlarni (parazitlarni, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalarini, kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriya- larni, viruslarni va h.k.) yo‘q qiladi. Biroq ma’lum bo‘ldiki, bu omilning uzoq vaqt davomida ta’sir ko‘rsatishi unga nisbatan mos- lashishni vujudga keltirishi mumkin ekan: hasharotlar — DDTga, bakteriya va viruslar — dorivor organik moddalarga moslashdilar.

Adaptatsiyaning manbayi organizmdagi genetik o‘zgarishlar — mutatsiyalar hisoblanadi. Mutatsiyalar organizmga tabiiy omillar ta’sirida, shuningdek, sun’iy ta’sir ko‘rsatish natijasida paydo bo‘ladi.

Organizmlarga tarixiy-tadrijiy rivojlanish yo‘lida abiotik va biotik omillar majmuaviy ta’sir ko‘rsatadi. Organizmlar mazkur omillarga muvaffaqiyatli (masalan, otning taxminan 60 mln yil davomida past bo‘yli ajdodlaridan bo‘yi 1,6 m bo‘lgan uchqur otga aylanish evolutsiyasi) yoki muvaffaqiyatsiz moslashishi (ma- salan, o‘simlik ozig‘i yetishmasligi yoki yo‘qligi tufayli mamont- larning muhitga moslasha olmay yoki ibtidoiy odamlar tomoni- dan ovlanib qirilib ketishi) mumkin.

Mamontlar to‘g‘risida keltirilgan misolda o‘simlik ozig‘i chek- lovchi yoki me’yorni belgilovchi omil ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.




23





Cheklovchi omillarning ahamiyati XIX asr
o‘rtalarida nemis olimi Y. Libix tomonidan
birinchi marta ko‘rsatib berilgan. U eng kam

miqdor qonunini aniqlagan: hosil (mahsulot) eng kam miqdorda


bo‘lgan omilga bog‘liq. Agar tuproqdagi foydali tarkibiy qismlar
tenglashtirilgan yaxlit tizim deb tasavvur etilsa va faqat qandaydir
modda, masalan, fosfor eng kam miqdorni tashkil etsa, bu hosilni
kamaytirishi mumkin
. Biroq ma’lum bo‘ldiki, tuproqdagi foydali
mineral moddalarning eng maqbul miqdori ham, agar ular
keragidan ortiq bo‘lsa, hosilni kamaytiradi. Demak, omillarning
eng ko‘p miqdori ham cheklovchi bo‘lishi mumkin ekan.

Cheklovchi ekologik omillar deyilganda ehtiyojga nisbatan kamligi yoki ortiqchaligi tufayli organizmlarning rivojlanishini chegaralovchi omillar tushuniladi. Demak, hosil nafaqat kimyoviy moddalar omiliga, balki o‘simliklar hayotining barcha omillari, shu jumladan, harorat, namlik, yorug‘lik va shu kabilarning majmuaviy ta’siriga bog‘liq.

Umumiy va alohida ta’sir ko‘rsatishlardagi farqlar boshqa omillarga ham taalluqlidir. Masalan, shamol va yuqori namlik ta’si- rida nomaqbul harorat ta’siri kuchayadi, biroq, ikkinchi tomon- dan, yuqori namlik baland haroratning ta’sirini pasaytiradi.

Omillarning o‘zaro ta’siriga qaramasdan, ular bir-birining o‘rnini bosa olmaydi. Bu V.R. Vilyams tomonidan aniqlangan omillarning mustaqillik qonunida o‘z aksini topgan: hayotning sharoitlari bir xil ahamiyatga ega, hayot omillaridan birortasini boshqasi bilan almashtirish mumkin emas. Masalan, namlikning ta’sirini karbonat angidrid gazi yoki quyosh yorug‘ligining ta’siri bilan almashtirib bo‘lmaydi.

Har bir ekologik omilning organizmga ta’sir ko‘rsatish che- garasi bo‘ladi. Omil yetishmasa yoki ko‘p bo‘lsa, organizm hayotiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatiladi. Ekologik omil organizmning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, eng maqbul (optimal) sha- roit vujudga keladi. U qanchalik cheklansa, omilning organizmga salbiy ta’siri shunchalik kuchayadi. Organizm ekologik omilning eng yuqori va quyi nuqtalari doirasida, ya’ni chidamlilik chegara-


Cheklovchi ekologik omillar


24





larida hayot kechirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar mazkur
me’yordan chetga chiqilsa, organizm nobud bo‘ladi.

V. Shelford tomonidan aniqlangan chidamlilik qonuni maz-


mun-mohiyati shundan iboratdir. Demak, ekologik omillar (ha-
rorat, namlik va h.k.) o‘zgarishiga bardosh bera oladigan va ol-
maydigan organizmlar farqlanadi. Masalan, donli o‘simliklar-
ning urug‘lari, odatda, tuproq harorati 2—3°C bo‘lganda unib
chiqa boshlaydi, lekin tuproq harorati 5—16°C dan ko‘tarilsa,
urug‘ning unish jarayoni sekinlashadi; harorat 30°C dan oshganda
urug‘ o‘sishdan umuman to‘xtaydi.

Organizmdagi hayotiy jarayonlar ma’lum davrlarda yuzaga


chiqadi, ya’ni organizmning faoliyati (oziqlanishi, o‘sishi, ko‘-
payishi, tarqalishi va h.k.) tashqi muhit omillari majmuyining
o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Masalan, o‘simliklarda fasllar bo‘-
yicha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ya’ni bahorda havo isishi bilan
o‘simliklar uyg‘onib, ko‘k maysalar hosil qiladi, yozda esa sifat
o‘zgarishlari ro‘y berib, mevalar tugadi va h.k.

Cheklovchi ekologik omillarni bilish qishloq xo‘jaligi ama-


liyotida katta ahamiyatga ega. Shu orqali ekinlar hosildorligi yoki
hayvonlar mahsuldorligini oshirish mumkin. Xuddi shuning-
dek, agrotexnik usullarni qo‘llash natijasida tuproq tarkibidagi
organik moddalarning miqdorini, uning suv-havo rejimini tar-
tibga solish mumkin. Shunday qilib, ekologik omillarni muvo-
fiqlashtirish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari miqdorini
ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilash mumkin.

Haroratning organizmlarga ta’siri



Harorat — eng muhim cheklovchi
omillardan biri. Chidamlilik darajasi is-
talgan tur uchun o‘limga olib boradigan
eng yuqori va eng past harorat hisobla-
nadi. Mazkur me’yordan oshib ketilganda

issiq yoki sovuq har bir turni qattiq shikastlaydi. Barcha tirik


mavjudotlar, kamdan kam uchraydigan istisnolar e’tiborga olin-


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə