Ekologiya lotinda p65


O‘simliklar va tuproq biotasi hayotida edafik omillar



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə4/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

O‘simliklar va tuproq biotasi hayotida edafik omillar


38





parchalangan organik moddalarning to‘planishini ta’minlovchi yangi minerallar va boshqacha tuzilishlar paydo bo‘ladi. Natijada botqoqlik va qumli hosilalardan farq qiladigan, unumdorlik xusu- siyatiga ega bo‘lgan, o‘simliklarga hayot bag‘ishlaydigan, hayvonlar va odamga oziq beradigan geologik jins — tuproq
shakllanadi.

Tuproq unumdorligi — o‘simliklarning oziq moddalarga, ha- voga, biotik muhitga va issiqlik tartibini o‘z ichiga olgan fizikaviy- kimyoviy omillarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish xususiyati bo‘- lib, shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosili, shuningdek, yovvoyi o‘simliklarning biogen mahsuldorligi ta’minlanadi.

Sun’iy va tabiiy unumdorlik farqlanadi. Sun’iy unumdorlik — tuproqqa agronomik ta’sir ko‘rsatish natijasi bo‘lsa, tabiiy unum- dorlik (tuproq unumdorligi) tuproqning tabiiy-ekologik omillari bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi.

Tuproq qattiq, suyuq va gazsimon tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, makro va mikroorganizmlarni (o‘simlik va hayvonlarni) o‘z ichiga oladi.

Tuproqda qattiq tarkibiy qism ustunlik qiladi va u mineral va organik bo‘laklardan iborat bo‘ladi. Ona jinsdan qolgan birlamchi minerallar ko‘pchilikni, ularning parchalanishidan hosil bo‘lgan ikkilamchi minerallar (gilli minerallar, karbonatlar, sulfatlar, galoidlar va h.k.) esa kamchilikni tashkil etadi. Suvda oson eriy- digan mineral-tuzlarning tuproqdagi foiz-salmog‘i uning sho‘r- lanish darajasini tavsiflaydi. Organik bo‘lak gumusni (chirin- dini), ya’ni nobud bo‘lgan organik qoldiqlarning fizikaviy-kimyoviy parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan murakkab organik moddani o‘z ichiga oladi. Chirindi tuproq unumdorligini ta’minlashda eng asosiy o‘rin tutadi. Tuproqda chirindi miqdori 20—22 % gacha bo‘lishi mumkin. Chirindiga eng boy tuproq — qora tuproq bo‘lib, u eng unumdor hisoblanadi.

Tuproqning suyuq tarkibiy qismi — suv erkin, bog‘langan, kapillar va bug‘simon bo‘lishi mumkin. Erkin suv og‘irlik kuchi ta’siri ostida fursati bilan o‘z joyini egallaydi; bog‘langan suv zarrachalar yuzasida yupqa qatlam hosil qilib, shimiladi; kapillar


39



  1. bob. POPULATSIYALAR


Populatsiya — zamon va makonda u yoki bu turning o‘xshash
majmualaridan ma’lum darajada ajralgan, uzoq vaqt davomida
aniq bir joyni ishg‘ol qilib turgan va o‘zaro erkin chatishadigan
bir turga mansub zot yoki navlar majmuyi.

Har bir tur ma’lum hududda va muhitda yashay oladi, bosh-


qacha aytganda, tabiatdagi har bir zot yoki tur ma’lum bir hu-
dudni egallaydi, oqibatda populatsiya tizimlari vujudga keladi.
Ma’lum hududda tarqalgan turlar guruh holida muhit sharoit-
lariga moslashish xususiyatlarini namoyon etadiki, ular organizm
tizimidan ustun turadi.

Miqdoriy ko‘rsatkichlar populatsiyaning


ayni paytdagi holatini tavsiflaydi. Populatsiyaning
miqdoriy ko‘rsatkichlariga ularning soni, zichligi
va tuzilmaviy ko‘rsatkichlari mansub bo‘ladi.
Populatsiya soni — hayvonlar bosh soni yoki

o‘simliklar soni, masalan, ayrim makoniy birlik (daryo havzasi,


dengiz akvatoriysi, viloyat, tuman va h.k.) doirasidagi daraxtlar.

Populatsiya zichligi — maydon birligiga to‘g‘ri keladigan zot yoki navlar soni, masalan, aholi zichligi — bir kvadrat kilometrga to‘g‘ri keladigan odam soni yoki gidrobiontlar zichligi — hajm (litr, kub metr) birligiga to‘g‘ri keladigan zot yoki navlar soni.

Populatsiyaning tuzilmaviy ko‘rsatkichlari turlicha: jinsiy (jinslar- ning nisbati), ko‘lamli (turli o‘lcham yoki vazndagi zot yoxud navlar miqdorining nisbati), yosh (turli yoshdagi zot yoki navlar nisbati).

Tabiatda populatsiyalar soni asosan turlararo va tur ichidagi munosabatlar orqali boshqariladi. Populatsiya soni turli metodlar bilan aniqlanadi. Masalan, muayyan hududlarda samolyot yoki vertolyotda uchib hisoblash, to‘rlar bilan tutish yoki mikroskopda aniqlash va h.k. Xususan, odam populatsiyasi soni aholi ro‘yxatini (millati, kasbi, yoshi, jinsi va h.k.) o‘tkazish yo‘li bilan aniqla- nadi. Populatsiya zichligi maydon yoki hajm birligiga to‘g‘ri kela- digan o‘rtacha son — zichlik orqali aniqlanadi.




Populatsiyaning

miqdoriy

ko‘rsatkichlari


45





Har bir hayvon o‘z hududini saqlashga va o‘ljasini tutishga
sarflanadigan hamda oziqlanishdan olinadigan energiya balan-
siga rioya qiladi. Hayvonlar oziqa miqdori kamayganda o‘z hu-
dudini kengaytiradi (odam, masalan, «qo‘riq yer» ochadi). Hay-
vonlarning bunday xulq-atvori hududiy xulq-atvor
deyiladi. Hay-
von qanchalik yirik bo‘lsa, unga shuncha katta maydon zarur bo‘-
ladi. Shu sababli zotning tana o‘lchami qancha katta bo‘lsa,
populatsiya zichligi shuncha kichik bo‘ladi.

Hududiy chegaralar nihoyatda o‘zgaruvchan bo‘lishi mum-


kin. Lokal populatsiyalar deb ataladigan ko‘chmas hayvonlar
(kemiruvchilar, molluskalar) chegarasini aniq belgilash mum-
kin. Ko‘chib yuradigan hayvonlar, masalan, bug‘ular, qushlar-
ning hududiy chegaralarini aniqlash g‘oyat qiyin.

«Yirtqich—qurbon» koevolutsiyasida muvozanat yirtqich to-


monga siljib, qurbon hududi torayib boradi, bir tur ikkinchi turni
hududdan siqib chiqarishga harakat qiladi. Bu turlararo raqobatdir.

Populatsiya mavjudligining muhim shartlaridan biri uning


muhit omillariga chidamliligi hisoblanadi. Har xil zot yoki nav-
ning chidamliligi turlichadir. Shu sababli populatsiya barqarorligi
ayrim tur yoki zot chidamliligiga nisbatan sezilarli katta bo‘ladi.

O‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar qandaydir vaqt


oralig‘idagi populatsiyada kechadigan jarayon-
larni tavsiflaydi. Tug‘ilish, o‘lish va o‘sish tezligi
populatsiyaning asosiy o‘zgaruvchan ko‘rsat-
kichlari hisoblanadi.

Tug‘ilish yoki tug‘ilish tezligi — populatsiyada vaqt birligi ichida tug‘ilgan zotlar soni. Organizmlarning ko‘payish jadalligi turlicha bo‘lib, bakteriyalar — soat, fitoplanktonlar — sutka, hasha- rotlar — hafta yoki oy, yirik sutemizuvchilar — yil davomida ko‘- payishi mumkin.

O‘lim miqdori yoki o‘lish tezligi — populatsiyada vaqt birligi ichida nobud bo‘lgan zotlar soni. Organizmlarning o‘lish jadalligi ham turlicha bo‘lib, ular turli xil ekologik omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Populatsiyada organizmlarning ko‘payishi yoki kamayishi na- faqat tug‘ilish yoki o‘lishga, balki ularning vaqt birligi ichida ko‘chib




Populatsiyaning

o‘zgaruvchan

ko‘rsatkichlari


46





kelish va ko‘chib ketish tezligiga ham bog‘liqdir. Sonning ortishi,
ko‘payishi muayyan vaqt davomida tug‘ilgan va ko‘chib kelgan zotlar
soniga, sonning kamayishi, qisqarishi esa muayyan vaqt davomida
nobud bo‘lgan va ko‘chib ketgan zotlar soniga bog‘liq bo‘ladi.

Populatsiyada son o‘zgarishining oniy tezligi (a) oniy solishtirma


tug‘ilish (b)
va o‘lish (d) ko‘rsatkichlarining nisbati orqali aniqlanadi:

a=b—d.

Son o‘zgarishining oniy tezligini aniqlash asosida popula-


tsiya sonining holati, ko‘payishi yoki kamayishi to‘g‘risida xulo-
salar chiqariladi. Masalan, O‘rta Osiyoda hayot kechiradigan
ko‘pchilik hasharotlar bir yilda bir necha marta nasl, ya’ni avlod
beradi. Jumladan, g‘o‘za, makkajo‘xori, beda, sabzavot va poliz
ekinlariga katta zarar yetkazadigan kuzgi tunlam hasharoti bir
yozda 4—5 marta avlod qoldiradi. G‘o‘za tunlami ham bir yozda
o‘zidan bir necha avlod qoldirish qobiliyatiga ega.

Tur hayoti davomiyligi mavjud hayot sha-


roitlariga (omillariga) bog‘liq bo‘ladi. Fiziologik
va eng ko‘p hayot davomiyligi farqlanadi.

Fiziologik hayot davomiyligi — organizmning

faqat fiziologik imkoniyatlari asosida aniqlanadi. Agar organizmga


hayoti davomida cheklovchi omillar ta’sir ko‘rsatilmagan deb fa-
raz etilsa, fiziologik hayot davomiyligini nazariy jihatdan hisoblab
chiqish mumkin.

Eng ko‘p hayot davomiyligi — zot yoki navning ekologik muhit sharoitlarida ozgina bo‘lsa-da, ma’lum vaqtgacha yashashi mum- kinligi. Bu kattalik har xil vaqt o‘lchamlarini: bakteriyalarda bir necha minutni, daraxtlarda (sekvoya) esa bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Odatda, o‘simlik yoki hayvon tanasi qanchalik katta bo‘lsa, ularda hayot davomiyligi shuncha katta bo‘ladi (ayrim istisnolarga qaramasdan, masalan, ko‘rshapalaklar ayiqlarga nisbatan ko‘proq — 30 yilgacha yashashi mumkin).

Hindiston fillari hayotining 8—12 yili jinsiy jihatdan to‘liq voyaga yetib, ular 60—70 yil yashaydi. Urg‘ochilari taxminan har 4 yilda bitta, ayrim hollarda ikkita bola tug‘adi. Fillar poda-




Hayot

davomiyligi


47





sida katta yoshdagilar soni taxminan 80 % ni, bolalari esa 20 % ni tashkil qiladi. Agar tur ko‘proq avlod bersa, ular o‘rtasidagi yosh bo‘yicha munosabatlar boshqacha kechishi mumkin
. Populatsiyada hayot davomiyligi hamisha murakkab bo‘ladi, bunday murakkablikni har xil avlod vakillari va ularning har xil yoshli avlodlari keltirib chiqaradi.

Organizmlarda yosh bilan bog‘liq holda tug‘ilish va o‘lish jid- diy o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni «omon qo- lish jadvali» yoki «demografik jadval»dan olish mumkin bo‘ladi.



Yashashning ekologik mohiyati — organizmlarning omon qolib, yashashga intilishidir. Yashashning bir qancha ekologik strategiyalari ishlab chiqilgan. Masalan, L.G. Ramenskiy o‘tgan asrning 30-yillarida o‘simliklar o‘rtasida yashash ehtimolligini oshirishga va o‘zidan keyin nasl qoldirishga yo‘naltirilgan omon qolishning uch asosiy strategiyasini aniqlagan:

  • violentlar (zo‘rakilar) — barcha raqiblarni bo‘ysundiradi, masalan, o‘rmon hosil qiluvchi asosiy daraxt;

  • patiyentlar (yalqovlar) — noqulay sharoitda yashashga xu- susiyatli turlar (soyasevarlar, sho‘rsevarlar va h.k.);

  • eksplerentlar (to‘ldiruvchilar) — to‘pda buzilishlar bo‘lgan joyda (masalan, daraxtlar kesilgan, yong‘in bo‘lgan joylarda va h.k.) tez paydo bo‘lishga qobiliyatli turlar.


NAZORAT SAVOLLARI


1. Populatsiya nima?


2. Yer biotasida populatsiyaning tutgan o‘rni nimalarda namoyon bo‘ladi?


3. Populatsiyaning miqdoriy ko‘rsatkichlari nimalarni aks ettiradi?


4. Hayvonlarda nima sababdan hududiy xulq-atvor paydo bo‘ladi?


5. Nima uchun populatsiya barqarorligi ayrim tur yoki zot chidamliligiga nisbatan sezilarli katta bo‘ladi?


6. Populatsiyaning o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlari nimalarni aks ettiradi?


7. Populatsiyada organizmlarning ko‘payishi yoki kamayishi nimalarga bog‘liq?


8. Tur hayotining davomiyligi nimani ifodalaydi?


9. «Demografik jadval»dan nimani aniqlash mumkin?


10. Yashashning ekologik mohiyati nimani ifodalaydi?


48



  1. bob. BIOTIK TO‘P - BIOTSENOZLAR


Ekologik tizimlar nuqtayi nazaridan biotik to‘p (uyushma)
deyilganda biotsenoz tushuniladi.

Biotsenoz
— mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar va ular-
ning populatsiyalarini o‘z ichiga olgan organizm usti tizimi hi-
soblanadi. Biotsenoz egallagan atrof-muhit sharoitlari, ya’ni havo,
suv, tuproq va ularning tagidagi tog‘ jinslari majmuyi biotop deb
nomlanadi. Biotopda biotsenozning tarkibiy qismlari: mikroor-
ganizmlar, o‘simliklar va hayvonlar hayot kechiradi.

Biotsenoz va biotopning uzluksiz o‘zaro birligida biogeotsenoz


yoki ekologik tizim shakllanadi. Biotsenozning chegaralari biotop-
ning chegaralariga, shunday ekan, ekologik tizim chegaralariga
ham to‘g‘ri keladi. Demak, biotsenoz populatsiyaga nisbatan yuqori
biologik tuzilma bo‘lib, u murakkab tuzilishga ega. Biotsenozda tur
va makon tuzilmalari farqlanadi.

O‘simliklar jamoasi fitotsenoz, hayvonlar jamoasi esa zootsenoz


deb ataladi. Fitotsenoz bilan zootsenoz birgalikda biotsenozni
tashkil qiladi, ya’ni tirik organizmlar o‘zaro bir-birlari bilan,
shuningdek, tashqi muhit, ayniqsa, iqlim va tuproq muhiti bilan
vositali yoki vositasiz munosabatda bo‘ladilar.

Organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar juda ham murakkab.


Buni ular miqdorining nihoyatda kattaligi to‘la isbotlaydi. Yirik
tabiatshunos olim V.I. Vernadskiy ma’lumotiga ko‘ra, Yer sayyora-
sida jonli organizmlar massasi 1010—1014 tonnani tashkil qiladi.
O‘simliklar massasi hayvonlar massasidan bir necha yuz marta katta.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzidagi jami o‘simliklar hajmi
taxminan 2337 km3.ni, hayvonlar hajmi esa 1 km3.ni tashkil etadi.

Biotsenozning mavjudligi uchun nafaqat


organizmlar soni, balki tirik tabiatdagi bio-
logik xilma-xillikning asosi hisoblangan turlar
xilma-xilligi nihoyatda muhimdir. BMTning

biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyasiga muvofiq (Rio-


de-Janeyro, 1992) biologik xilma-xillik deyilganda tur doirasidagi,
turlar o‘rtasidagi va ekologik tizimlardagi xilma-xillik tushuniladi.


Biotsenozning tur tuzilmasi


49





Tur doirasidagi xilma-xillik populatsiyalar rivojlanishining asosi, turlar va populatsiyalar o‘rtasidagi xilm
a-xillik esa ekologik tizimlarning tarkibiy qismi bo‘lgan biotsenoz mavjudligining asosi hisoblanadi.

Biotsenozning tur tuzilmasi turlar xilma-xilligi va turlarning bir qator omillarga bog‘liq bo‘lgan miqdoriy nisbati bilan tav- siflanadi. Asosiy cheklovchi omillar harorat, namlik va oziq re- surslarining yetishmasligi hisoblanadi. Shu sababli, tropik o‘r- monlar biotsenozi turlarga eng boy bo‘lgani holda yuqori keng- liklar, cho‘llar va baland tog‘lar ekologik tizimlarining biotse- nozlari turlarga eng kambag‘al hisoblanadi.

Doimiy antropogen ta’sirlar doirasida joylashgan biotsenoz- larda turlar xilma-xilligi yuqori bo‘lmaydi. Masalan, suv bosishi, yer haydash, pestitsidlar ishlatish va kishilar tomonidan ko‘rsa- tiladigan boshqa ta’sirlar tufayli tur tarkibi kambag‘allashadi. Shuningdek, inson tomonidan yaratilgan madaniy biotsenozlarda (dala, bog‘, poliz) ham tabiiy biotsenozlarga (o‘rmon, yaylov) nisbatan tur soni juda kambag‘al bo‘ladi.

Biotsenoz tur tarkibidagi ayrim turlarni baholashda har xil ko‘rsatkichlar ishlatiladi, bunda ularning soniga e’tibor berish muhim hisoblanadi. Turlarning mo‘lligi ma’lum hududda bir turga mansub zot yoki navlar soni yoxud ular ishg‘ol qilgan maydoni bilan belgilanadi. Ayrim vaqtda turlarning ko‘pligini baholashda ularning umumiy massasi ham hisobga olinadi. Turlar soni va uchrash tezligi bir-birlari bilan to‘g‘ri bog‘langan emas: tur ko‘p bo‘lishi, lekin juda kam uchrashi mumkin. Har xillikning umumiy tavsiflarini solishtirish orqali biotsenoz tur tarkibining o‘ziga xosligi haqida ma’lumotlar olish mumkin.



Turlar xilma-xilligi — ma’lum biotsenoz yoki mintaqadagi turlar soni bo‘lib, ekologik tizimlar barqarorligining miqdoriy va sifatiy jihatlarini tavsiflaydi. Turlar xilma-xilligi yashash muhi- tining turli sharoitlari bilan bog‘langan. Ma’lum biotadagi ekologik talablar bo‘yicha o‘ziga sharoitlar yaratgan organizmlar qancha ko‘p bo‘lsa, unga shuncha ko‘p tur joylashadi.


50

Biotsenozdagi turlar sonining bir-biri bilan miqdoriy munosabati muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar bir holatda 100 ta zot besh tur bo‘yicha 96:1:1:1:1 nisbatda, ikkinchi holatda 20:20:20:20:20 nisbatda bo‘lsa, birinchi guruh nisbatan bir xil ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Biotsenozlar o‘rtasidagi chegaraviy muhit ekoton deb ataladi va u turlarga boy bo‘ladi.

Biotsenozda son jihatidan ko‘p bo‘lgan tur dominant (ustun) deb yuritiladi. Masalan, qarag‘ay o‘rmonlarida qarag‘ay daraxti hukmronlik qiladi. Barcha dominant, ya’ni ustunlik qiluvchi turlar biotsenozga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Kam sonli turlar ham biotsenozda muhim hisoblanadi. Ular biotsenozning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Turlarga boy biotsenozlarda barcha turlar kam sonli bo‘ladi, biroq tur tarkibi qancha kambag‘al bo‘lsa, dominant turlar soni shuncha ko‘p bo‘ladi.

Biotsenozdagi har bir tur boshqa turlarning ko‘chib kelishi va joylashishi uchun muhit yaratishi mumkin. Masalan, muayyan biotsenozga ko‘chib kelgan yumronqoziq muhit sharoitlarini o‘zlashtirganidan keyin bu yerga o‘z yirtqichlarni boshlab kelishi mumkin, chunki uning o‘zi mazkur yirtqichlarga birlamchi oziqa hisoblanadi.

Demak, biotsenozning ichida konsorsiya deb ataluvchi alohida tuzilmaviy uyushma mavjud bo‘ladi. Konsorsiya (hamkorlik) — mikromuhit yaratish xususiyatiga ega bo‘lgan muayyan jism yoki ma’lum bir tur tanasiga ko‘chib kelib o‘rnashgan turli guruhga mansub organizmlar guruhidir. Konsorsiyaning boshqa a’zolari o‘z atrofida kichikroq konsorsiyalar vujudga keltirishi mumkin va birinchi, ikkinchi va hatto, uchinchi tartibdagi konsorsiyalar aj- ratib ko‘rsatiladi. Masalan, dala sichqoni o‘zining ichki parazitlari, gelmintlari, bakteriyalari va boshqa organizmlar bilan kichik konsorsiya tashkil qilishi mumkin.

Aksariyat hollarda konsorsiyasining markaziy a’zolari o‘sim- liklar hisoblanadi. Shuningdek, turlar o‘rtasidagi har xil o‘zaro munosabatlar asosida ham konsorsiyalar paydo bo‘ladi.




51





Biotsenozdagi turlar muayyan makoniy
tuzilmani vujudga keltiradi. Bu fitotsenozda
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mo‘tadil va tropik

mintaqa o‘rmonlarida tikkasigapog‘onali tuzilish aniq bilinadi. Ma-


salan, keng bargli o‘rmonlarda beshta pog‘onani ajratib ko‘rsatish
mumkin
: birinchisi — birinchi o‘lchamli daraxtlar (eman, jo‘ka,
qayrag‘och); ikkinchisi — ikkinchi o‘lchamli daraxtlar (chetan,
olma, nok); uchinchisi — o‘rmon butalari (itshumurt, uchqat);
to‘rtinchisi — baland o‘tlar; beshinchisi — pastak o‘tlar. Pog‘ona-
pog‘ona bo‘lib joylashish o‘simliklarga quyosh nuri oqimidan to‘liq
foydalanishga imkon beradi — yuqori pog‘onalarda oftobsevar, quyi
pog‘onalarda soyasevar, eng quyi pog‘onada — soyasevar
o‘simliklardan qolgan nurdan foydalanuvchi o‘simliklar joylashadi.

Fitotsenozning bunday tuzilmasida o‘simliklar ta’siri ostida


haroratning bir tekisligi, ko‘tarilishi va gaz tarkibining sutka da-
vomida yangilanib turishini ta’minlovchi o‘ziga xos mikromuhit
vujudga keladi. Mikromuhitning o‘zgarishi zootsenozda ham ha-
sharotlar, qushlardan tortib to sutemizuvchilargacha o‘ziga xos
pog‘onali tuzilish hosil bo‘lishiga imkon beradi.

Biotsenozning makoniy tuzilmasida pog‘onaviy tuzilishdan


tashqari quramalik — o‘simliklar va hayvonot dunyosining sathiy
o‘zgarishi kuzatiladi. Hududiy quramalik turlarning xilma-xil-
ligi, ularning miqdoriy o‘zaro munosabati, landshaft va tuproq
sharoitlarining o‘zgaruvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Quramalik
sun’iy ravishda, ya’ni odamlarning o‘rmonlarni kesishi tufayli
ham paydo bo‘lishi mumkin. Daraxtlar kesilgan maydonlarda
yangi to‘p (jamoa) shakllanadi.

Ekologik maskan (taxmon) — turning
tabiatda (biotsenozda) egallagan o‘rni bo‘lib,
uning makonda joylashuvi va biotsenozda
bajaradigan vazifasini, abiotik sharoitlarga
munosabatini o‘z ichiga oladi. Y. Odum eko-
logik maskanni organizmning o‘zi mansub

bo‘lgan turlar tizimida bajaradigan vazifasi, «hunari», uning


yashash joyini esa turning «manzili» sifatida tasavvur qilgan.


Ekologik maskan.

Biotsenozda organizmlarning o‘zaro munosabati


Biotsenozning makon tuzilmasi


52





Ekologik maskanni bilish tur
qayerda, qachon va qanday oziqla-
nadi, u kimning o‘ljasi, qayerda va
qanday tarzda ko‘payadi va dam
oladi, degan savollarga javob qay-
tarish imkonini beradi. G.E. Xat-
chinson tomonidan ekologik maskan
modeli taklif
etilgan (4.1-rasm).

Ekologik maskan — muhit omil-
larining o‘zaro uyg‘un birikmalari
sohasi. Masalan, quruqlikdagi o‘sim-
liklar yashashi uchun harorat va nam-
likning muayyan birikmasi yetarli

bo‘lib, bunday holatda ikki o‘lchamli maskan haqida gap ketadi.


Dengiz hayvoni uchun haroratdan tashqari yana kamida ikki
omil — sho‘rlik va kislorod miqdori zarurki, bunday holatda uch
o‘lchamli maskan haqida gap ketadi.

Turlararo munosabatlar sezilarli darajada xilma-xildir. Yonma- yon yashovchi ikki tur bir-biriga umuman ta’sir ko‘rsatmasligi, qulay yoki noqulay ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ikki turga mansub populatsiyalarning biotik o‘zaro munosabatini quyidagicha tas- niflash mumkin:

  • xolislik — populatsiyalardan birortasi ikkinchisiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi;

  • raqobat — har ikki turning bir-biriga bevosita tazyiq ko‘r- satishi; tashqi resurs yetishmasligida bilvosita tazyiq ko‘rsatishi;

  • mutualizm — turlarning bir-birisiz yashay olmasligi, ya’ni bir turning ikkinchisiga qandaydir foyda keltirishi;

  • hamjihatlik — o‘zaro munosabat har ikki tur uchun qulay- ligi, biroq majburiy emasligi;

  • o‘zaro chidamlilik — birga yashashdan bitta turning foyda ko‘rishi, ikkinchi turga farqi yo‘qligi (loqaydligi);

  • jabrdiydalik — birinchi populatsiyaga ikkinchi populatsiyaning tazyiq ko‘rsatishi, biroq o‘zi salbiy ta’sirni boshdan kechir- masligi;


F ^

2






modeli: omillar, masalan,

F1 — suv harorati; F2 — suvning sho‘rligi; F3 — suvdagi kislorod.


53





  • yirtqichlik — birinchi yirtqich zotining ikkinchi yirtqich zoti- dan, odatda, yirik bo‘lishi; ikkinchi yirtqichning o‘ljaga aylanishi;

  • parazitlik — birinchi populatsiya (parazit) zotlarining ikkinchi populatsiya zotlaridan o‘lchamlari bo‘yicha kichik bo‘lishi; ikkinchi populatsiya (xo‘jayin) tanasidan foydalanishi. Demak, biotsenoz hayotining asosida turlararo munosabatlar yotadi.

Ekologik maskan — raqobat makoni. Unda yashayotgan aniq tur, populatsiya raqobatlar kurashiga bardosh berishi kerak.

Raqobat
— bir xil yashash vositalari va ekologik maskan uchun ikki organizm o‘rtasida kechadigan o‘zaro teskari munosabat.

Turlararo raqobat — populatsiyalar o‘rtasidagi istalgan o‘zaro munosabat bo‘lib, uning natijasi populatsiyaning o‘sishi va omon qolishiga ziyon keltiradi. Raqobat — turlarning ekologik maskan uchun kurashi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Turlararo raqobat natijasi quyidagilar bo‘lishi mumkin: ikki turning o‘zaro ko‘nikishi; bitta tur populatsiyasining boshqa tur populatsiyasi o‘rnini olishi; ayrim populatsiyalarning boshqa joyga yoki oziqaga ko‘chib o‘tishi. Bu jarayonda ekologik maskan tabaqa- lanadi. Maskandagi tabaqalashuvning asosiy natijasi raqobatni pasaytirish hisoblanadi. Masalan, soyasevar o‘simliklar oftobsevar o‘simliklar bilan raqobatlashmaydi.

Demak, biotsenozning barqarorligi (gomeostazi) unda kechadigan barcha jarayonlarning miqdor va sifat o‘zgarishlariga, shuningdek, turli omillar vositasida boshqarilishiga bog‘liq bo‘ladi.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə