Ekologiya lotinda p65


Tabiiy resurslar — yashashni cheklovchi omil sifatida



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə9/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22

Tabiiy resurslar — yashashni cheklovchi omil sifatida


93



Energetika resurslari quyosh energiyasi, atom energetikasi, yoqilg‘i energetikasi va boshqa energiya manbalari majmuyini o‘z ichiga oladi.

  1. Ishlab chiqarishda foydalanishiga ko‘ra, tabiiy resurslar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Yer fondi — dunyo va mamlakatlar miqyosidagi barcha yer- lar bo‘lib, yerdan foydalanish maqsadlariga ko‘ra quyidagi toifa- larga bo‘linadi:

  • qishloq xojaligiga mo‘ljallangan yerlar — ular sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pi- chanzorlar, yaylovlar, mevali daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi;

  • aholi punktlarining yerlari — shahar va posyolkalar, shu- ningdek, qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;

  • sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar — ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;

  • tabiat muhofazasi, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo ‘ljallangan yerlar — alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo‘lgan yerlar, shuningdek, ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar;

  • tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar;

  • suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar va ularning qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan min- taqadagi yerlar;

  • zaxira yerlar.

  1. O‘rmon fondi — yer fondining bir qismi bo‘lib, o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek, o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar.

  2. Suv resurslari — daryolar, ko‘llar, suv omborlari, boshqa yerusti suv havzalari va suv manbalari, kanal va hovuzlarning suvlari, shuningdek, yerosti suvlari va muzliklardan iborat.

  3. Gidroenergetika resurslari — gidroenergetika ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv obyektlari bo‘lib, undan boshqa maq- sadlar uchun ham foydalaniladi.


94





  1. Hayvonot dunyosi resurslari — hayvon organizmlari: sut- emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchilar, quruqlikda va suvda yashovchilar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning popu- latsiyalari bo‘lib, yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki to‘dalari, ularning kamyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlari va ular yashash faoliyatining mahsulotlarini o‘z ichiga oladi.

  2. Foydali qazilmalar — yer po‘stida tabiiy to‘plangan minerallar majmuyi bo‘lib, iqtisodiy va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik geologik (rudali, rudasiz) hosilalar va yoqilg‘i-energetika resurslarini o‘z ichiga oladi.

  1. Tugashiga ko‘ra, tabiiy resurslarning quyidagi turlari farqlanadi: tugamaydigan va tugaydigan tabiiy resurslar (9.2-rasm).

  1. rasmdan ko‘rinib turibdiki, odamning biologik tur sifa- tida yashab qolishini cheklovchi eng muhim omillardan biri — tabiiy resurslarning cheklanganligi va tiklanmasligidir. Odam aqlli






9.2-rasm. Tabiiy resurslarning tugashiga ko‘ra tasnifi. 95





mavjudot bo‘lganligi sababli insoniyatning omon qolishi va ta- raqqiyoti yo‘lida resurslardan oqilona foydalanish yo‘llarini izlab topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, bugungi kunda tabiiy resurslar, ularga odamning ta’siri va xo‘jalik faoliyati oqibatlari, resurslarni tejash, xo‘jalikni joylashtirishning tabiiy-resursli omillari, energetika va xomashyo muammolari va ularni baholash, xususan, resurslar bilan ta’minlanganlik eng dolzarb masalaga aylangan.


Jamiyatning tabiiy resurslarga bo‘lgan talabi to‘xtovsiz ortib bormoqdaki, bunday sharoitda resurslar bilan ta’minlanganlik qat’iy hisobga olinishi darkor. Resurslar bilan ta’minlanganlik — tabiiy resurslar miqdori bilan ulardan foydalanish miqyoslari o‘rtasidagi nisbat bo‘lib, muayyan resurs yetadigan yillar miqdori yoki aholi jon boshiga nisbatan zaxiralar bilan ifodalanadi.

Resurslar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichiga, eng avval, hu- dudning tabiiy resurslarga boyligi yoki kambag‘alligi, shuningdek, ularga bo‘lgan ehtiyojlar miqdori ham ta’sir ko‘rsatadi. Odam bun- day cheklovchi omillarning oldini olishi, raqobat kurashida yengib chiqishi uchun o‘zining antropogen ekotizimlarini yarata boshlagan.


NAZORAT SAVOLLARI


  1. Odam va hayvonot dunyosining o‘xshashligi va farqlari nimalarda namoyon bo‘ladi?

  2. Odam nima uchun bioijtimoiy mavjudot hisoblanadi?

  3. Odam nima uchun o‘ziga qarashli bo‘lgan ekologik tizimni yarata boshlagan?

  4. Odam DNKsi avloddan avlodga o‘tishida qanday genetik jarayonlarga jalb etiladi?

  5. Odam nima uchun o‘zini, hayvonlardan farq qilgani holda, keng ekologik maskan sharoitiga qo‘ygan?

  6. Odamning yangi sharoitlarga (sun’iy, shahar muhitiga) moslashish im- koniyatlari cheklanganda nimalar sodir bo‘ladi?

  7. Tabiiy resurslar yetishmasligi omili qanday holatlarda o‘zini ko‘rsatadi?

  8. Tabiiy resurslar kelib chiqishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

  9. Ishlab chiqarishda foydalanishiga ko‘ra tabiiy resurslarni tasniflang.

  10. Tabiiy resurslarni tugashiga ko‘ra tasniflang.


96



10-bob. ANTROPOGEN EKOLOGIK TIZIMLAR


Odam tabiiy muhitdagi raqobat kurashida
omon qolishi uchun o‘zining sun’iy antropogen
ekologik tizimini yarata boshlagan. U taxminan
10 ming yil oldin tabiat in’omlarini yig‘ishtirib


yuruvchi «oddiy» konsumentdan bu «sovg‘a»larni o‘z mehnati:
dehqonchilik va chorvachilik vositasida yaratuvchi «madaniy» odamga
aylana boshlagan. Inson qishloq xo‘jaligi modelini o‘zlashtirib,
taxminan 200 yil oldin sanoat inqilobiga qadam qo‘ygan. Bu inqilob
atrof-muhit bilan o‘zaro aloqadorlikning sun’iy modeli ko‘rinishida
hozir ham davom etib kelmoqda. Boshqacha ifodalasak, «odam —
atrof-muhit» ekologik tizimining tadrijiy rivojlanishida uch model
shartli ravishda ajratib ko‘rsatiladi:


  1. tabiiy model;

  2. qishloq xo‘jaligi modeli;

  3. sun’iy model.

Barcha ekotizimlarni harakatga keltiruvchi dastlabki kuch — energiya ekanligi nuqtayi nazaridan Y. Odum ularning to‘rt tipini ajratib ko‘rsatadi:

  1. Tabiiy ekotizimlar: Quyosh tomonidan harakatga kelti- riladigan, biroq boshqa yordam ko‘rsatilmaydigan ekotizimlar (okeanlar, baland tog‘ o‘rmonlari).

  2. Tabiiy ekotizimlar: Quyosh tomonidan harakatga keltiriladi- gan, biroq boshqa tabiiy manbalar hisobiga yordam ko‘rsatiladigan ekotizimlar (masalan, oqimlar yordam ko‘rsatadigan daryo ekotizimlari, shamollar yordam ko‘rsatadigan seryomg‘ir o‘rmonlar).

  3. Antropogen ekotizimlar: Quyosh tomonidan harakatga kel- tiriladigan, biroq odam tomonidan yordam ko‘rsatiladigan ekotizimlar (agroekotizimlar — dalalar, bog‘lar). Xususan, antropogen agroekotizimlar odam tomonidan yaratilgan madaniy agro- landshaftlar bo‘lib, vegetatsiya davrida madaniy o‘simliklarning o‘z-o‘zidan rivojlanishi tabiiy jarayonlar hisobiga kechadi. Shuningdek, bu tizim asosan quyosh energiyasi hisobiga mavjud bo‘ladi, biroq tuproqni tayyorlash, urug‘ni ekish, ekinga ishlov berish va hosilni yig‘ishtirish jarayonlari odamning energiya sarflashi hisobiga amalga oshiriladi.


97


Odam va ekotizimlar






Tabiiy va soddalashtirilgan antropogen ekotizimlarning o‘zaro qiyosiy tavsifi


  1. Antropogen ekotizimlar: yoqilg‘i bilan harakatga keltiriladi- gan ekotizimlar (sanoatlashgan-shahar ekotizimlari). Mazkur tizimlarda yoqilg‘i energiyasi quyosh energiyasining o‘rnini to‘liq bosadi. Biroq yoqilg‘i energiyasining sarfi tabiiy ekotizimlardagi energiya oqimi bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, uning bir necha marta ko‘p sarflanishi ma’lum bo‘ladi.

Tabiiy ekotizimlar odamning ko‘magisiz o‘z ichki qonu- niyatlariga muvofiq tabiiy energiya hisobiga, antropogen ekotizimlar esa ham tabiiy, ham odam tomonidan kiritiladigan energiya hisobiga faoliyat ko‘rsatadi.

Tabiiy va antropogen ekotizimlar faoliyati bir-biridan jiddiy farqlanuvchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu farqlanishlar asosan odam faoliyati natijasida paydo bo‘ladi (10.1-jadval).

10.1-jadval

Tabiiy ekotizim (botqoq, o‘tloq, o‘rmon)

Antropogen ekotizim (zavod, uy, dala)

Quyosh energiyasini oladi, qayta o‘zgartiradi va to‘playdi

Qazilma va yadro yoqilg‘isi energiyasini iste’mol qiladi

Kislorod hosil qiladi va karbonat angidridni yutadi

Qazilma yoqilg‘ilar yonishida kislorod iste’mol qiladi va karbonat angidridni chiqaradi

Unumdor tuproq qatlamini hosil qiladi

Unumdor tuproq uchun xavf-xatar tug‘diradi yoki uning unumdorligini pasaytiradi

Suv to‘playdi, uni tozalaydi va sekin-asta sarflaydi

Suvni ko‘p iste’mol qiladi, uni ifloslantiradi

Yovvoyi tabiatning xilma-xil turlari yashaydigan makonni vujudga keltiradi

Yovvoyi tabiatning ko‘p turlari yashaydigan makonni buzadi

Ifloslantiruvchi moddalar va chiqin- dilarni tabiiy filtrlaydi va tozalaydi

Ifloslantiruvchi moddalar va chiqindilar hosil qiladi

O‘zini o‘zi saqlash va qayta tiklash xususiyatiga ega bo‘ladi

Doimiy bir maromda saqlash va qayta tiklash uchun ko‘p mablag‘ talab etadi





98



Tabiiy ekotizimlar o‘rnida qishloq xojaligi
ekotizimlari
— agroekotizimlarni vujudga kel-
tirishdan asosiy maqsad — inson faoliyati so-
hasiga bevosita jalb etiladigan biologik resurs-


lardan oqilona foydalanishdan iborat.

Agroekotizimlar sof avtotrof mahsulotlari — yuqori hosil olish
uchun inson tomonidan yaratiladi. Agroekotizimlar tabiiy eko-
tizimlardan quyidagi xususiyatlari bilan jiddiy farqlanadi:


  1. Agroekotizimlarda turlar xilma-xilligi tabiiy ekotizimlarga
    nisbatan bir necha marta past bo‘ladi, masalan, ekin turlarining
    kamayishi (yoki bir xilligi) zootsenozdagi hayvonot turlari xilma-
    xilligining bir necha marta kamayishiga olib keladi.


  2. Odam tomonidan madaniylashtirilgan o‘simlik va hayvonot
    turlari sun’iy tanlash hisobiga yaratiladi va ular yovvoyi turlar bi-
    lan kurashda odamning yordamisiz raqobatbardosh bo‘lolmaydi.


  3. Agroekotizimlar quyosh energiyasidan tashqari inson to-
    monidan sarflanadigan qo‘shimcha energiya ham oladi.


  4. Sof mahsulot (hosil) ekotizimdan tortib olinadi va bio-
    tsenozning oziqlanish zanjiriga tushmaydi, faqat uning kichik bir
    qismi, shuningdek, hosilni yig‘ishtirish jarayonidagi yo‘qotishlar
    kushandalar tomonidan o‘zlashtirilishi yoki tabiiy trofik zanjirga
    qo‘shilishi mumkin.


  5. Odam tomonidan qo‘llab-quvvatlab turiladigan dala, bog‘,
    yaylov, poliz ekotizimlari kabi agrotsenozlar shu darajada be-
    qaror va o‘z-o‘zidan boshqarilishga noqobil bo‘ladiki, agar odam
    ta’siri to‘xtasa, u o‘zining tabiiy holatiga tezda qaytadi.


«Odamatrof-muhit» ekologik tizimining
hozirgi tadrijiy rivojlanishida vujudga kelayotgan
zamonaviy
sanoat-shahar ekotizimlari sun’iy
modelga asoslangan. Mazkur modelning asosida


urbanizatsiya (shaharlashish) jarayonlari yotadi.

Urbanizatsiya deyilganda shaharlarning ko‘payishi va rivoj- lanishi, shahar aholisi salmog‘ining ortishi, shahar turmush tarzining kengayishi tushuniladi. Aholi sonining o‘sishi va zichligi shaharlarga xos bo‘lgan xususiyatdir.


Sanoat-shahar

ekotizimlari


Qishloq

xo‘jaligi

ekotizimlari


99





Shahar tizimlari aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, cheklovchi omillarning oldini olish maqsadida odamlar tomonidan yaratiladi. Biroq bu odamning tabiiy muhit bag‘ridan ajralishiga va tabiiy ekotizimlar buzilishiga olib keladi.


Demak, sanoat-shahar ekotizimlari (urbotizimlar) beqaror tabiiy-antropogen tizim bo‘lib, ular sanoat, arxitektura-qurilish obyektlari va keskin o‘zgarishga uchragan va buzilgan tabiiy eko- tizimlarni o‘z ichiga oladi.

Shahar asosan uch hududga bo‘linadi:

  1. sanoatlashgan hudud — sanoat ishlab chiqarishi obyektlari joylashgan maydonlar;

  2. seliteb hudud — turar joy binolari, ma’muriy binolar, madaniyat obyektlari, ta’lim muassasalari joylashgan maydonlar;

  3. o‘rmon-park hududiommaviy dam olish, sport, hordiq chiqarish kabilarga moslashtirilgan shahar atrofidagi yashil mintaqa.

Urbanizatsiya jarayonlarining kuchayishi shaharlar infra- tuzilmasini murakkablashtiradi. Bu borada shahar transport ti- zimi va transport inshootlari alohida o‘rin tutadi.


NAZORAT SAVOLLARI


  1. «Odam—atrof-muhit» ekologik tizimi qaysi modellar asosida tarixan rivojlanib kelgan?

  2. Y. Odum barcha ekotizimlarni harakatga keltiruvchi dastlabki kuch — energiya nuqtayi nazaridan qanday tiplarga ajratgan?

  3. Tabiiy va antropogen ekotizimlar qanday energiyalar hisobiga faoliyat ko‘rsatadi?

  4. Tabiiy ekotizim va soddalashtirilgan antropogen ekotizimlarning o‘zaro qiyosiy tavsifini keltiring.

  5. Agroekotizimlar tabiiy ekotizimlardan qanday xususiyatlari bilan jiddiy farqlanadi?

  6. «Urbanizatsiya» nima? Uning mohiyatini izohlang.

  7. Shaharlarda aholi zichligining yuqori bo‘lishi qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin?

  8. Sanoat-shahar ekotizimlari (urbotizimlar) deganda nimani tushunasiz?

  9. Shaharlar odatda qanday hududlarga bo‘linadi?

  10. «Sun’iy model» va «sun’iy muhit» tushunchalarini o‘zaro qiyoslang.


100



11-bob. EKOLOGIYA VA INSON SALOMATLIGI


Homo sapiens azaldan ekotizimlar-
dagi barcha konsumentlar kabi atrofdagi
tabiiy muhitda hayot kechirgan va chek-
lovchi ekologik omillardan amalda hech
qanday himoyalanmagan. Ibtidoiy odam
hayvonlar kabi ekotizimlarning o‘z-o‘zidan


tartibga solinish omili ta’sirida ekanligi sababli ularning umr uzoqligi
nihoyatda qisqa, populatsiya soni esa juda kam bo‘lgan.


Bu davrda asosiy cheklovchi omil giperdinamiya (haddan tashqari ko‘p harakatchanlik) va to‘yib ovqat yemaslik (ochin- to‘qin yashash) bo‘lgan. O‘lim sabablari ichida patogen (kasallik chaqiruvchi) ta’sirlar birinchi o‘rinda turgan. Ularning ichida tabiiy o‘choqli kasalliklardan keskin farq qiladigan yuqumli ka- salliklar muhim o‘rin tutgan.

Tabiiy o‘choqli kasalliklarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular muayyan tabiiy sharoitda (o‘choqlarda) odamning yashashi yoki yo‘qligidan qat’i nazar mavjud bo‘ladi. Inson ushbu muhitda doimiy yoki vaqtincha yashab, yovvoyi hayvonlar tomonidan kasallikka chalinishi mumkin. Bunday hayvonlarga, odatda, kemi- ruvchilar, qushlar, hasharotlar mansub bo‘ladi.

Mazkur hayvonlar ekotizimlarning muayyan biotopi bilan bog‘langan biotsenoz tarkibiga kiradi. Shu sababli, tabiiy o‘choqli kasalliklar muayyan hududlar, u yoki bu landshaftlar bilan mus- tahkam bog‘langan bo‘ladi. Tabiiy o‘choqli kasalliklarga o‘lat, bezgak va boshqa kasalliklar kiradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bitta tabiiy o‘choqda bir necha kasallik bo‘lishi mumkin. Tabiiy o‘choqli kasalliklar XX asr boshlariga qadar odamlar o‘limining bosh sababchilaridan biri bo‘lgan. Ular ichida eng dahshatlisi o‘lat hisoblangan.

O‘lat odam va hayvonlardagi yuqumli kasallik bo‘lib, karantin kasalliklariga mansubdir. O‘lat epidemiyasi bir paytlar dunyoning ko‘p mamlakatlarini qamrab olgan. Masalan, eramizgacha bo‘lgan VI asrda Sharqiy Rim imperiyasida bir necha mln kishi o‘latdan vafot etgan. Bunday hol Rossiyada ham bir necha marta kuzatilgan.


Tabiiy ekologik omillarning inson salomatligiga ta’siri


101





Odamni o‘rab turgan muhit bilan bog‘liq kasalliklar hozirda
ham uchrab turadi. Ularga bezgak misol bo‘ladi. Bu parazit kasallik
zararlangan bezgak chivinining chaqishi bilan kuzatiladi. O‘tgan
asrning 80-yillarida har yili dunyoda taxminan 2 mln kishi bezgak
kasalligidan nobud bo‘lgan. Bu kasallikka qarshi DDT vositasi
keng qo‘llanilgan. Biroq uning parazitida bezgakka qarshi dori
vositalariga nisbatan chidamlilik paydo bo‘lgan. Bezgakka qarshi
turli vositalardan foydalanib ishlar olib borilmoqda. Jumladan,
dunyoning 40 mamlakatida 265 turdagi baliqlar, mikroblardan
foydalanib, chivinga qarshi kurash olib boriladi.


O‘lat va boshqa yuqumli kasalliklar (vabo, bezgak, Sibir yarasi,
ichburug‘, bo‘g‘ma, qizilcha va h.k.) juda ko‘plab odamlarning
hayotiga zomin bo‘lgan. XX asrda tibbiyot sohasidagi yutuqlar tu-
fayli tabiiy o‘choqli kasalliklar miqdori keskin kamaydi, ayrim-
lariga mutlaqo barham berildi.


Urbanizatsiyalashgan hududlar yoki
shaharlar — inson tomonidan yaratil-
gan sun’iy muhit bo‘lib, tabiatda uning
muqobili yo‘q.


Ijtimoiy muhit odamni o‘rab turgan

tabiiy muhit bilan murakkab aloqadorlikda bo‘lib, ko‘p omilli
«hayot muhiti sifatlari»ni o‘zida aks ettirishga intiladi. Uy, ishlab
chiqarish va transport kabi omillar shahar muhitida odamning
moslashish jarayonlariga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi.


Tibbiy-biologik nuqtayi nazardan shahar muhitining ekologik omillari quyidagi yo‘nalishlarga birmuncha katta ta’sir ko‘rsatadi:

  1. akseleratsiya jarayonlari;

  2. biologik maromlarning buzilishi;

  3. aholining allergik kasalliklarga chalinishi;

  4. o‘sma kasalliklari va o‘lishning ko‘payishi;

  5. semizlik va ular sonining ko‘payishi;

  6. chaqaloqlarning vaqtidan oldin (chala) tug‘ilishi;

  7. yuqumli kasalliklar;

  8. odamning turmush tarzi bilan bog‘liq kasalliklar.

Jumladan, akseleratsiya jarayonlari tufayli ayrim organizm

yoki organlar rivojining biologik me’yorlardan tezlashuvi (tana


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə