Ekologiya lotinda p65


Ekotizimlarning o‘zgarish sur’ati



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə6/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

Ekotizimlarning o‘zgarish sur’ati





Vaqtning muayyan bir bo‘lagida biotsenozning tur tarkibi va yashashining abiotik omillari rivojlanishning eng yuqori darajasi — turg‘un tizim paydo bo‘lguniga qadar o‘zgarib, ekologik suksessiya ro‘y beradi. Turg‘unlashgan bunday ekotizim
klimaks deb ataladi. Bu holatda ekotizim energiya birligiga eng ko‘p biomassa va organizmlar o‘rtasidagi simbiotik aloqalarning eng ko‘p miqdori to‘g‘ri keladi. Binobarin, ekotizim bu holatga kelgunga qadar bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi.

Suksessiya paydo bo‘lishi uchun erkin makon kerak bo‘ladi. Muhitning dastlabki holatiga bog‘liq holda suksessiyaning birlamchi va ikkilamchi bosqichlari farqlanadi. Agar uyushmaning shakllanishi dastlabki bo‘sh muhitda boshlangan bo‘lsa, birlamchi suksessiya, agar u muayyan muhitda oldindan mavjud bo‘lgan bitta uyushmaning takomillashgan boshqa uyushmaga izchil al- mashishi bo‘lsa, ikkilamchi suksessiya bo‘ladi.

Birlamchi suksessiya tog‘ yonbag‘rining o‘pirilgan yoki qulagan joylarida, dengiz chekingan yoki daryo o‘zani o‘zgargan sayoz joy- larda, yalang‘och qumli cho‘llarda tabiiy ravishda paydo bo‘lishi mumkin. Tabiiy suksessiyaga ko‘l ekotizimining «qarishi» — evtrofikatsiya yorqin misol bo‘ladi. U ko‘lning qirg‘og‘idan markazigacha o‘simliklar bilan qoplanishida o‘z ifodasini topadi. Bu jarayon muayyan davrda bir necha bosqichlarni o‘z ichiga olgan holda sekin-astalik bilan kechadi. Oxir-oqibat ko‘l klimaks darajasida turg‘un ekotizim — botqoqlikka aylanadi. Biroq u ham mangu emas — uning o‘rnida sekin-astalik bilan joyning mahalliy sharoitiga muvofiq o‘rmon (to‘qay) ekotizimi paydo bo‘ladi.

Ikkilamchi suksessiya inson faoliyati oqibati hisoblanadi. Ikkilamchi, antropogen suksessiya yuqorida ta’kidlangan evtrofika- tsiyada ham namoyon bo‘ladi. Masalan, inson faoliyati tufayli havza suvining biogen moddalar (azot, fosfor va h.k.) bilan bo- yishi natijasida ham ko‘lning «gullashi» sodir bo‘lishi mumkin.

Shunday qilib, ekologik tizimlarda kechayotgan energiya va moddalar almashinuvi jarayonlari shu darajada murakkabki, ularni modellashtirish orqali bu boradagi ilmiy-amaliy muammolarni samarali hal qilish yo‘llari ishlab chiqiladi.


64



NAZORAT SAVOLLARI


  1. «Ekotizim» tushunchasi nimani ifodalaydi?

  2. Tabiiy ekotizimlarda moddalar va energiya ko‘chishi qanday amalga oshadi?

  3. Organizmlarning o‘zaro oziqaviy munosabatlari nuqtayi nazaridan eko-
    tizimlarning trofik (oziqlanish) tuzilmasi pog‘onalarini tavsiflang.


  4. Tabiatda nafas olish va parchalanish jarayonlari qanday ahamiyat kasb etadi?

  5. Gomeostaz nima?

  6. Trofik bosqich nima?

  7. Biologik to‘planishning ekologik ahamiyati nimalardan iborat?

  8. Ekologik tizimlar mahsuldorligi nimani ifodalaydi?

  9. Organik moddalar ishlab chiqilishining qanday darajalari farqlanadi?

  10. Ekotizimning biomassasini nimalar tashkil qiladi?

  11. Ekologik piramidalarning qaysi turlari farqlanadi? Ularga tavsif bering.

  1. bo‘lim. BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT

  1. bob. BIOSFERA - YERNING UMUMIY
    EKOLOGIK TIZIMI


Biosfera (yunon. bios — hayot, sphaira
shar, doira) — Yerning tirik organizmlar
majmuyini o‘z ichiga olgan murakkab tashqi
qobig‘i. Biosfera odamni o‘rab turgan tabiiy


muhitning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. «Biosfera» atamasi
avstriyalik E. Zyuss tomonidan 1875-yili fanga kiritilgan,
biosfera
haqidagi ta ’limot
esa rossiyalik V.I. Vernadskiy tomonidan yaratilgan.

Yer va uni o‘rab turgan muhit Quyosh tizimining qonuniy rivojlanishi natijasida shakllangan. Bundan taxminan 4,7 mlrd yil oldin Yer sayyorasi paydo bo‘lgan. Boshqa sayyoralar kabi Yer ham energiyani Quyoshdan oladi. Quyosh issiqligi Yerda iqlim hosil qiluvchi asosiy omil bo‘lib, juda ko‘p geologik jarayonlar- ning asosi hisoblanadi. Yerning qa’ridan ham juda katta issiqlik oqimi chiqadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yerning massasi 6 • 1021 t bo‘lib, hajmi

  1. 083 • 1012 km3, maydoni 510,2 mln km2. Sayyoramizning o‘l- chamlari va barcha turdagi tabiiy resurslari cheklangan.

Yer sayyorasi har xil jinsli tuzilishga ega bo‘lib, tashqi va ichki qobiqlardan iborat. Ichki qobiq yadro va mantiyani, tashqi qobiq


Biosfera — yer qobiqlaridan biri


65





esa litosfera (yer po‘sti), gidrosfera (yer po‘sti yuzasining suvlari), atmosfera (havo qobig‘i) va Yerning murakkab qobig‘i — biosfe- rani o‘z ichiga oladi.


Litosfera (yunon. «litos» — tosh) — Yerning 6 km.dan (okean tagida) 80 km.gacha bo‘lgan qalinlikdagi (chuqurlikdagi) po‘stini o‘z ichiga olgan qattiq qobig‘i. Yer po‘sti tog‘ jinslaridan tuzilgan. Tog‘ jinslarining 70 % ga yaqini bazalt, granit va boshqa magmatik jinslarga, 17 % ga yaqini yuqori harorat va bosim ta’sirida o‘zgarishga uchragan jinslarga, 12 % dan ortig‘i cho‘kindi jinslariga to‘g‘ri keladi.

Yer po‘sti — insoniyat uchun eng muhim resurslar manbayi. Unda yonuvchi (ko‘mir, neft va boshq.), rudali (temir, aluminiy, mis, qalay va boshq.) va rudasiz (fosforitlar, apatitlar va boshq.) foydali qazilmalar, tabiiy qurilish materiallari (marmar, gips, bo‘r, qum, shag‘al va boshq.) joylashgan.

Gidrosfera (yunon. «gidor» — suv) — Yerning suv qobig‘i bo‘lib, u yerusti va yerosti suvlariga bo‘linadi.

Yerusti gidrosferasi — Yerning yuza qismidagi suv qobig‘i bo‘lib, uning tarkibiga okeanlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar, suv omborlari, botqoqliklar, muzliklar, qor qoplamlari kiradi. Yerusti gidrosferasi yaxlit qatlam hosil qilmaydi va u yer yuzasining 70,8 % ini qoplab olgan.

Yerosti gidrosferasi — yer po‘stining yuqori qismida joylashgan suvlarni o‘z ichiga oladi. U yerosti suvlari deb ataladi.

Gidrosferaning umumiy hajmi Yer shari hajmining 0,13 % ini tashkil qiladi. Gidrosferaning asosiy qismini (96,58 %) Dunyo okeani, 1,69 % ini yerosti suvlari, qolgan qismini daryolar, ko‘llar va muzliklar tashkil etadi.

Yerdagi jami suv resurslarining 98 % ini okeanlar va dengizlardagi sho‘r suvlar tashkil qiladi. Yerdagi chuchuk suvlarning umumiy hajmi 28,25 mln km3.ga teng bo‘lib, u gidrosfera umumiy hajmining taxminan 2 % iga to‘g‘ri keladi. Chuchuk suvlarning asosiy qismi muzliklarda to‘plangan bo‘lib, ulardan hozirda juda kam foydalaniladi. Suv ta’minotiga yaroqli chuchuk suvlarning qolgan qismi 4,2 mln km3 bo‘lib, u gidrosferaning atigi 0,3 % ini tashkil qiladi.

Atmosfera (yunoncha atmos — bug‘) — Yerning turli gazlar, suv bug‘lari va changlar aralashmasidan iborat gaz qobig‘i. Atmo- sferaning umumiy massasasi — 5,15 • 1015 t. Uning yuqori chega-


66





rasi 50 km.gacha davom etadi. 20—25 km balandlikda ozon qat-
lami joylashgan bo‘lib, u Yerni koinotning tirik organizmlar uchun
halokatli bo‘lgan ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Yerning
koinot bilan modda almashinuvi atmosfera orqali amalga oshadi:
koinotdan kosmik changlar va meteoritlar kirib keladi; unga yengil
gazlar — vodorod va geliy chiqariladi.


Atmosferaning asosiy qismini azot (78 %), kislorod (20,95 %),
argon (0,93 %) va karbonat angidrid (0,03 %) gazlari tashkil
etadi. Qolgan tarkibiy qismlar: metan, vodorod, azot oksidi va
boshqa gazlar juda kam ulushga ega.


Atmosfera bir necha qatlamlardan iborat (pastdan yuqoriga):
troposfera, stratosfera, mezosfera, ionosfera (termosfera) va ekzosfera.


Yer tabiiy muhitining shakllanishida troposfera (atmosfera-
ning qutblarda 8—10 km, mo‘tadil kengliklarda 10—12 km, tro-
pik kengliklarda 16—18 km balandlikda joylashgan quyi qismi)
juda muhim ahamiyat kasb etadi. Troposferada havo oqimlari-
ning harakati tufayli suv va issiqlik almashinuvi ro‘y beradi.


Atmosfera, gidrosfera va litosfera o‘rtasida bir-birini taqozo qiluvchi
va o‘zaro shartlangan mustahkam aloqalar o‘rnatilgan. Biosferada
kechadigan barcha jarayonlar amalda ular bilan bog‘langan.


Biosfera — umumiy ekologik tizim (eko-
sfera) bo‘lib, istalgan ekotizimlar kabi abiotik
va biotik tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.


Biosferaning abiotik tarkibiy qismlari tuproq,
atmosfera havosi va suv muhitini,
biotik tarkibiy

qismlari esa barcha biologik birliklarga mansub bo‘lgan tirik organizmlar
majmuyini o‘z ichiga oladi. Biosfera va tiriklikning mazmun-mohiyati
aynan shu biotik tarkibiy qism bilan tavsiflanadi.


Tirik organizmlar biosferaning tarkibiy qismlari bilan o‘zaro mustahkam bog‘langan (6.1-rasm). Zero, biosfera nuqtayi naza- ridan tirik moddalar — tirik organizmlarning umumiy soni muhim ahamiyatga ega bo‘lib, olimlarning hisobiga ko‘ra, uning massasi 2420 mlrd tonnani tashkil etadi.

Biosferaning chegaralari past bosim va sovuq hukmronlik qila- digan atmosferaning yuqori qatlamlaridan bosimi 12 ming atm bo‘lgan okean cho‘kmalariga qadar davom etadi (6.2-rasm).


Biosfera tarkibi va chegaralari


67






6.1-rasm. Tirik organizmlar biosfera tarkibiy qismlari bilan o‘zaro bog‘liqligi.





50 000

Ozon qatlami

20 000




10 000 2 000 1 000 100 10 metr 0

ATMOSFERA / Й

: / : н :BIOMASS^ : ^

: _J : О

-1 -10 -100 -1 000 -10 000

: г : H

' 1 ' HH

: j : ^

GIDROSFERA/





6.2-rasm. Biosfera chegaralari.


  1. rasmda aks ettirilgan biosfera chegaralari doirasida tirik organizmlarning turli guruhlariga mansub bo‘lgan mikroorganizmlar, hayvon zotlari va o‘simlik navlari turli biologik uyushmalar — biotsenoz, biogeotsenoz va ekologik tizimlar tarkibida notekis tarqalgan.


68





Biroq biomassaning asosiy miqdori gidrosferaning eng yuqori, litosferaning eng ustki (tuproq), atmosferaning eng quyi qismlari tutash hududlarda joylashgan.


Tabiatda ikki xil moddalar almashinuvi Tabiatda moddalar mavjud: katta (geologik) va kichik (biogeo- avlanishi kimyoviy).

Tabiatda moddalarning katta aylanma harakati Quyosh va Yer qa’ridagi energiyaning o‘zaro ta’sirlashuvi orqali ro‘y berib, moddalarni biosfera bilan Yerning chuqur qatlamlari o‘rtasida qayta taqsimlaydi. Masalan, yer po‘stining harakatchan qismlarida ilgari paydo bo‘lgan moddalar — magmatik jinslar turli omillar ta’sirida yemirilib, cho‘kindi jinslarga aylanadi; bu jinslar yer po‘stida yuqori bosim va harorat ta’sirida qayta o‘zgarishga uchrab, metamorfik jinslarga aylanadi; ular yerning ichki energiyasi ta’sirida qayta erib, magma hosil qiladi va yer yuzasiga chiqib, yangi magmatik jinslarga aylanadi. Bu jarayon uzluksiz ravishda davom etadi (6.3-rasm).






Yerning ichki energiyasi


6.3-rasm. Tabiatda moddalarning katta aylanma harakati.


6.3-rasmda aks ettirilgan tabiatda moddalar katta aylanma harakatining belgisi doira shaklida emas, balki burama chiziq ko‘rinishida. Bu yangi moddalar aylanishi jarayoni eskisini ay- nan takrorlamasligiga ishoradir.



69



Tabiatda suv aylanishi ham katta aylanma harakat hisoblanadi. Bu harakat quruqliklar bilan okean o‘rtasida atmosfera orqali amalga oshadi. Xususan, quyosh energiyasi tufayli dunyo okeani yuzasidan bug‘langan namlik havo oqimlari — shamollar ta’sirida quruqlikka siljiydi va atmosfera yog‘inlari ko‘rinishida yer yuzasiga yog‘adi. Keyin relyef shakllariga muvofiq yerusti va yerosti suvlari shaklida okean hamda dengizlarga qaytadi. Olimlarning hisobiga ko‘ra, tabiatda suv aylanishida yiliga 500 ming km3 suv ishtirok etadi.

Tabiatda moddalarning kichik aylanma harakati (biogeokimyo- viy harakat) moddalarning katta aylanma harakatidan farq qilgan holda biosfera miqyosida amalga oshadi. Uning mohiyati fotosintez jarayonida anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo‘lishi va organik moddalarning parchalanishi tufayli yana anorganik moddalar paydo bo‘lishi bilan izohlanadi.

Moddalarning kichik aylanma harakati biosfera uchun muhim hisoblanib, hayotning davom etishini ta’minlaydi. Tirik moddalar paydo bo‘lib, o‘zgarishlarga uchrab va nobud bo‘lgan holda hayot davomiyligini qo‘llab-quvvatlaydi hamda moddalarning biogeokimyoviy aylanishini ta’minlaydi.

Tabiatda energiya almashinuvining bosh manbayi quyosh nuri bo‘lib, u fotosintezni vujudga keltirgan. Quyosh energiyasi yer yuzasiga bir xil tushmaydi. Masalan, Arktika hududlariga ekva- torga nisbatan uchdan bir qism miqdorida issiqlik tushadi. O‘z- bekiston tabiatdagi barcha rang-baranglik qamrab olingan, to‘rt faslga ega quyoshli zaminda joylashgan ajoyib o‘lka hisoblanadi.

Bir qator ekologik tizimlarda modda va energiyaning ko‘chishi organizmlarning trofik zanjiri vositasida amalga oshadi. Bunday aylanma harakat ko‘pincha biologik aylanma harakat deyiladi. Bu harakat, yuqorida ta’kidlanganidek, kichik miqyoslarda yopiq ko‘rinishda amalga oshadi.

Biosfera miqyosida biogeokimyoviy harakat amal qilib, makro va mikroelementlar hamda oddiy organik moddalarning atmosfera, gidrosfera va litosfera moddalari bilan birgalikdagi aylanishi ro‘y beradi. V.I. Vernadskiy ayrim moddalarning aylanishini


70



biogeokimyoviy davr deb atagan. Uning mohiyati quyidagicha:
organizmlar tomonidan yutilgan kimyoviy elementlar oxir-oqibat
uni tark etib, abiotik muhitga ko‘chadi, keyin muayyan vaqt o‘t-
gach, yana organizmga qaytib tushadi va h.k. Bunday elementlar
biofil elementlar deyiladi. Bu aylanma harakat va davrlar biosfe-
rada tirik moddalarning asosiy vazifalarini ta’minlaydi. Tirik mod-
dalarning bu vazifalariga quyidagilar kiradi:


  • gazlar ajratish;

  • kimyoviy elementlarni to‘plash;

  • oksidlash va qaytarish;

  • ko‘payish, o‘sish va joylashish;

  • odamning biogeokimyoviy faoliyatida ishtirok etish.

Shunday qilib, quyosh energiyasi bilan bog‘lanish va uni o‘zida

g‘amlab qo‘yish tirik moddalarning eng umumiy vazifasidir.

Oqsil molekulalarining paydo bo‘lishida
ishtirok etadigan elementlar
hayotiy muhim
moddalar
deyiladi. Ularga uglerod, azot, kis-
lorod, fosfor va oltingugurt mansubdir.


Uglerod, azot va kislorodning biogeo-
kimyoviy davrlari ayniqsa muhimdir. Ugle-


rodning aylanishi (CO2 shaklida) organizmlarning oziqlanish zan-
jirida yaqqol ko‘rinadi:


  • produtsentlar — fotosintez orqali atmosferagi uglerodni tortib oladi;

  • konsumentlar — produtsentlar bilan oziqlanib, ular tana- sidagi uglerodni o‘zlashtiradi;

  • redutsentlar — nobud bo‘lgan produtsentlar va konsument- larni parchalab, uglerodni qayta aylanma harakatga kiritadi.

CO2ning tabiatda to‘liq aylanish davri taxminan 300 yilni tashkil etadi.

Kislorodning biogeokimyoviy aylanishi tirik organizmlarning nafas olish jarayoni bilan kechadigan muhim va juda murakkab hodisadir.

Kislorod yashil o‘simliklar tomonidan ishlab chiqiladi. Fotosintez jarayonida vujudga keladigan kislorodning 23 % sanoat va


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə