Ekonometrika asoslari o'quv qo'llanma



Yüklə 35,31 Mb.
səhifə36/53
tarix25.03.2023
ölçüsü35,31 Mb.
#103198
növüУчебное пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Ekonometrika asoslari

8.9-misol. Vaqt omilini kiritishyo 'li bilan regressiya modelini tuzish.
8.2.1-jadval ma'lumotlari asosida yakuniy iste'molga xarajatlarni jami daromad xt va vaqt omiliga bog'lanishini ifodalovchi regressiya tenglamasini tuzamiz.
(8.2.8) regressiya tenglamasi parametrlarining qiymatlarini hisoblash uchun oddiy EKKUdan foydalanamiz.
Normal tenglamalar sistemasi quyidagi ko'rinishga ega: n-a + b^^x, + =
' a'Y,xt + V2X + VZ/-*, = Hxt-yt' (8.2.9)
a-^t + br^t-xt+b2-^x? =^t-yt
Berilgan ma'lumotlar asosida kerakli qiymatlarni hisoblab (8.2.9)ga qo'ysak quyidagiga ega bo'lamiz:
8 • a +111 • bl + 36 • b2 =86, <111 a + 1619 • bx + 554 • b2 = 1266, 36 • a + 554 • bx + 204 • b2 = 440
Tenglamalar sistemasini a, b\, b2 larga nisbatan yechib, a =1,15; Z>i=0,49; /)2=0,63 larni olamiz. Yuqoridagilardan kelib chiqib, regressiya tenglamasi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
yt = 1,15 + 0,49 • xt + 0,63 -t + st.
Tenglamaning parametrlari quyidagicha tahlil qilinadi. bx=0,49 parametr jami daromad 1 pul birligiga ortganda yakuniy iste'molga xarajatlar, o'zgarmas tendentsiya mavjud bo'lganda, o'rtacha 0,49 pul birligiga ortishini tavsiflaydi. /)2=0,63 parametr, jami daromaddan tashqari, barcha omillarni yakuniy iste'mol uchun qilingan xarajatlarga ta'siri uni o'rtacha yillik mutloq o'sishini 0,63 pul birligiga teng bo'lishini bildiradi.
Asosiy tayanch iboralar

1.

Fazoviy model

10.Lag

2.

Dinamik

11 .Kamayuvchi

3.

Tendentsiya

12. Korrelogramma

4.

Gipotetik

13. Analitik

5.

Tsiklik

14.Tekslash

6.

Mavsumiy

15. Eksponentsial

7.

Additiv

16. Trend

8.

Multiplikativ

17. Sirg'anchiq

9.

Avtokorrelyatsiya

18. Prognoz

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



  1. Ekonometrik modellar qanday turdagi ma'lumotlar asosida quriladi?

  2. Dinamik qatorlar avtokorrelyatsiyasi nimani anglatadi?

  3. Avtokorrelyatsiya koeffitsienti qaysi formula yordamida hisoblanadi va uning qanday xususiyatlari bor?

  4. Dinamik qator avtokorrelyatsiya funktsiyasi va korrelogrammasiga ta'rif bering.

  5. Tendentsiyaning asosiy turlarini aytib bering.

  6. Additiv va multiplikativ modellarga ta'rif bering va ularning umumiy ko'rinishlarini yozing.

  7. 8.3-misol ma'lumotlari asosida eksponentsial trend tenglamasini yozing va uning darajalarini hisoblab, parametrlarini tavsiflab bering.

  8. Additiv modellarni qurish qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? Misoldagi ma'lumotlar asosida tushuntirib bering.

  9. Dinamik qatorlarda sirg'anchiq o'rtachalar qanday hisoblanadi?

  10. Mavsumiy komponentalarning o'rtacha bahosini korrektirovka qilish koeffitsienti nima uchun kerak?

11.8.10-jadvaldagi (T + E) qatorni analitik tekslang va chiziqli trend koeffitsientlarini hisoblang.
12.4-misol maTumotlari asosida tuman aholisini 5-yilning ikkinchi yarim yillikdagi elektr energiyasi iste'moli miqdorini prognozlang.

    1. Dinamik qatorlar komponentalarining korrelyatsion-regression tahlil natijalariga ta'siri qanday o'rganiladi?

    2. Dinamik qatorlarda mavsumiy va tsiklik komponentalarning mavjud bo'lishi qatorlarning bog'lanish kuchi va zichligiga qanday ta'sir ko'rsatadi?

    3. Dinamik qator darajalaridan mavsumiy komponentalarni chiqarib tashlashning qanday usullari mavjud?

    4. Agar dinamik qatorlar tendentsiyaga ega bo'lsa korrelyatsiya koeffitsienti qanday qiymatlarga ega bo'ladi?

    5. «Yolg'on korrelyatsiya» nima, u qanday yo'qotiladi?

    6. «Qoldiqdagi avtokorrelyatsiya» tushunchasini tavsiflab bering.

    7. «Tendentsiyani yo'qotish» usulini tavsiflab bering.

    8. «Trenddan chetlanish» usulini tavsiflab bering.

    9. «Ketma-ket ayirmalar» usulini tavsiflang, u qanday kamchiliklarga ega.

    10. Regressiya modeliga vaqt omili qanday kiritiladi?

Mustaqil ishlash uchun masala
1. Kompaniyaning oxirgi to'rt yildagi choraklar bo'yicha tushumi haqida
quyidag ma'lumotlar berilgan:


Kompaniya tushumlari, mln. AQSh dollorida

^C horak
yii\

I

II

III

IV

1

72

100

90

64

2

70

92

80

58

3

62

80

68

48

4

52

60

50

30

Dinamik qator tuzing va uning multiplikativ modelini quring. Qurilgan model yordamida yaqin kelasi yilning birinchi yarim yilligi uchun tushum hajmini prognozlang.


2. Oilaning bitta a'zosiga to'g'ri keladigan daromad va go'sht mahsulotiga bo'lgan xarajat to'g'risidagi ma'lumotlar berilgan:

Ko'rsatkichlar

Yillar

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

Go'sht mahsulotiga xarajat, ming so'm

20

22

25

28

30

32

35

40

Bir odamga to'g'ri keladigan daromad, % 2010 yilga nisbatan

100

102

105

108

110

112

115

118




      1. Daromad va xarajatlarning yillik mutloq o'sishini aniqlang. Har bir qatorning

rivojlanish tendentsiyasi haqida xulosa qiling.

      1. Go'sht mahsulotlarga bo'lgan talabning daromadga bog'liqlik modelini tuzish

uchun tendentsiyani yo'qotishning asosiy yo'llarini ko'rsating.

      1. Berilgan dinamik qator darajalarining birinchi ayirmalaridan foydalanib

talabning chiziqli modelini tuzing.

      1. Regressiya koeffitsientining iqtisodiy ma'nosini tushuntiring.

      2. Vaqt omilini kiritgan holda go'sht mahsulotlariga talabning chiziqli modelini

tuzing. Aniqlangan parametrlarni tavsiflab bering.
IX-BOB. AMALIY EKONOMETRIK MODELLAR 9.1. Iqtisodiyotda chiziqli modellar 9.1.1. Ko'p tarmoqli iqtisodiyotda balans munosabatlari
Matritsalar algebrasining elementlaridan foydalanish ko'p iqtisodiy masalalarni yechishning asosiy usullaridan biridir. Bu masala ma'lumotlar bazalarini yaratish va ulardan foydalanishda juda dolzarb bo'lib qolmoqda, ular bilan ishlashda deyarli barcha axborot matritsa ko'rinishida saqlanadi va qayta ishlanadi.
Ko'p tarmoqli xo'jalik faoliyatining makroiqtisodiyoti alohida tarmoqlar orasidagi balansni talab qiladi. Har bir tarmoq, bir tomondan, ishlab chiqaruvchi bo'lib, ikkinchi tomondan esa boshqa tarmoqlar ishlab chiqargan mahsulotni iste'molchisi bo'ladi. Bunday hollarda tarmoqlar orasidagi bog'lanishlarni har xil turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste'mol qilish orqali hisoblashning ancha murakkab masalasi paydo bo'ladi. Birinchi marta bu muammo matematik model ko'rinishida 1936 yilda AQShdagi 1929-1932 yillar iqtisodiy depressiyasining
sabablarini tahlil qilib ko'rishga uringan mashhur amerikalik iqtisodchi V.Leontevning asarlarida bayon etildi. Bu model matritsalar algebrasiga asoslanib, matritsalar tahlili usullaridan foydalanadi.
Soddalik uchun xo'jalikning ishlab chiqarish sohasi har biri o'zining bir jinsli mahsulotini ishlab chiqaruvchi p ta tarmoqdan iborat deb hisoblaymiz. Har bir tarmoq o'zining ishlab chiqarishini ta'minlash uchun boshqa tarmoqlarning mahsulotiga muhtoj (ishlab chiqarish iste'moli). Odatda ishlab chiqarish jarayoni ma'lum bir vaqt davrida qaraladi, ko'p hollarda bunday birlik sifatida bir yil olinadi.
Quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
j, — / nchi tarmoq jami mahsulotining hajmi (uning yalpi ishlab chiqarishi);

Yüklə 35,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə