Elektron arxiv hujjatlaridan foydalanish qoidalari


Arxiv hujjatlaridan foydalanishning maqsadlari



Yüklə 22,94 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü22,94 Kb.
#153634
1   2   3
Elektron arxiv hujjatlaridan foydalanish qoidalari-fayllar.org

Arxiv hujjatlaridan foydalanishning maqsadlariArxivlarning faoliyati jamiyatga, fanga xizmat qilishga qaratilgandir. Arxivlar o’z fondlaridagi hujjatlardan tadqiqotchilarning, aholining har tomonlama foydalanishini ta’min etishlari kerak.
ozirgi kunda arxivdagi hujjatlardan ilmiy, xo’jalik, targ’ibot va tashviqot, o’quv-tarbiya maqsadlarida, shuningdek fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy va mulkiy manfaatlarini qondirish maqsadida foydalaniladi.
Olimlar arxivlardagi hujjatlardan ilmiy maqsadlarda foydalanib, dolzarb ilmiy muammolarni yechishlari mumkin. Arxiv manbalari ayniqsa tarix fanining rivojlanishi uchun g’oyat muhimdir. Tarix fanining ilmiy xulosalari asosan arxiv hujjatlarida keltirilgan faktik materiallarni o’rganish, ularni tahlil etish va umumlashtirish asosida yuzaga keladi. Arxivlardagi hujjatlarga faqatgina tarixchilar emas, balki tilshunos va adabiyotshunoslar, san’atshunoslar, me’morlar, biologlar, mediklar hamda boshqa fan va madaniyat vakillari murojaat qiladilar.
Arxiv hujjatlaridan xalq xo’jaligini rivojlantirish maqsadida ham foydalaniladi. Arxiv materiallari iqtisodiyotni tashkil etish va boshqarishda, sanoat, transport, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarni yuksaltirishda muhim o’rin tutadi.
Arxivlar adabiyot va san’atning rivojiga ham katta hissa qo’shmoqdalar. Yozuvchilar, rassomlar, me’morlar, kino va teatr xodimlari kitoblar, maqolalar, ocherklar, ssenariylar yozishda, me’morchilik obidalarini ta’mirlashda, asarlar to’plamini yaratishda arxiv hujjatlardan keng foydalanmoqdalar.
Arxivlar maktab va maorif sohasida ham muhim ishlarni amalga oshirishi mumkin. Hujjatlardan tarix darslarida foydalanish o’quv jarayonining samarasini oshiradi. Arxiv hujjatlaridan maktabda o’lkashunoslik ishlarini tashkil etishda foydalanish mumkin. Oliy o’quv yurtlarida tarix darslarida arxiv materiallaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hujjatlardan foydalanish darslarni jonlantiradi, talabalar olayotgan bilimlarni mustaxkamlaydi, yoshlarda vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantiradi.
Arxiv hujjatlari fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Arxiv hujjatlaridan foydalanishning quyidagi shakllari mavjud:
  1. arxiv ma’muriyatining tashabbusi bilan tashkilot va muassasalar hamda jamoatchilikni mavjud hujjatlar haqida xabardor qilish;


  2. arxiv materiallarini nashr etish;


  3. arxivlar o’quv zallarida tadqiqotchilarning hujjatlardan foydalanishi;


  4. ko’rgazmalar tashkil etish, hujjatlar va plakatlar alpbomlarini nashr etish;


  5. matbuot uchun maqolalar, radio va televideniye uchun eshittirish va ko’rsatuvlar tayyorlash, leksiya va ma’ruzalar o’qish, arxivlarga ekskursiyalar uyushtirish;


  6. maktablar, texnikumlar va oliy o’quv yurtlari uchun ko’rgazmali qurollar tayyorlash;


  7. fuqarolarning talabina ko’ra ularga arxiv ma’lumotnomalari hamda hujjatlarning ko’chirma nusxalarini berish va hokazo.


Arxivlar ularni fondlaridagi hujjatlarni foydalanishga manfaatdor bo’lgan tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik qilishlari, vaqti-vaqti bilan ularni ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar to’g’risida xabardor qilib turishlari kerak. Buning uchun arxivlar ularga xatlar, ma’lumotnomalar, mavzuiy ro’yxatlar yuborib turishlari lozim.


Arxiv faoliyatida hujjatlarni nashr etish muhim o’rin tutadi. Shu kunga qadar arxivlar ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda O’zbekiston tarixining turli davrlari va masalalariga oid xilma-xil hujjatlar to’plamlarini nashr ettirdilar. Ular orasida Turkistonda inqilobiy harakat, 1916 yilgi xalq qo’zg’oloni, Oktyabrp inqilobi va fuqarolar urushi tarixiga bag’ishlangan arxeografik to’plamlarni ko’rsatib o’tish mumkin. Bundan tashqari gazeta va jurnallar sahifalarida ham dolzarb mavzularga doir ayrim hujjatlar nashr qilindi. Arxivlardagi fotosuratlarni nashr qilinishi ham muhim ahamiyatga egadir.
Tadqiqotchilarning arxiv zallarida ishlashi hujjatlardan foydalanishning keng tarqalgan shakllaridan biridir. Barcha markaziy va viloyat arxivlarida o’quv zallari mavjud bo’lib, bu yerda taddqiqotchilarga qulaylik tug’dirish uchun ularga arxivga doir ko’rsatkichlar, tavsiflar, ro’yxat va kataloglar beriladi. Arxiv xodimlari tadqiqotchilarning talabi bilan ularni qiziqtirgan hujjatlarni topib berishlari, ularga konsulptasiya va har tomonlama yordam berishlari zarur. Tadqiqotchilarning buyurtmasi bilan ayrim hujjatlardan nusxa ko’chirishi yoki hujjatlarning mikrofilpmlashtirilgan nusxalari berilishi mumkin.
Arxiv hujjatlaridan madaniy-oqartuv maqsadlarida foydalanish ko’p hollarda ko’rgazmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ko’rgazmalar keng jamoatchilikka mo’ljallanadi. Ko’rgazmalar odatda turli yubiley sanalariga, ayrim siyosiy va jamoat arboblari, fan va madaniyat xodimlarining hayoti va faoliyatiga bag’ishlanadi. Ko’rgazmalarda namoyish etish uchun yozma hujjatlar, fotosuratlar, kinokadrlar, chizmalar, rasmlar, kitob va broshyuralar, varaqa va matnlar tanlab olinadi.
Arxiv hujjatlarini omma orasida targ’ib qilishda ommaviy axborot vositalari-matbuot, radio va televideniyening roli kattadir.
Matubotda arxiv materiallari asosida yozilgan maqolalar, ilmiy-ommabop broshyuralar hamda arxivlarning hayoti haqidagi xabarlar nashr etiladi. Ularning mavzulari xilma-xil bo’lishi mumkin. Maqola va broshyuralar yubiley sanalariga, shahar va qishloqlar tarixiga, mashhur kishilar hayotiga bag’ishlanadi.
Arxiv hujjatlari asosida radio orqali suhbatlar o’tkazish arxiv materiallarini targ’ib qilishning muhim vositasi hisoblanadi. Suhbat va ma’ruzalar turkum eshittirishlardan iborat bo’lishi ham mumkin. Odatda bunday eshittirishlar 20-30 daqiqa davom etadi. Shu bilan birga arxivlarda topilgan qiziqarli hujjatlar, tashkil etilgan ko’rgazmalar, o’tkazilgan konferensiyalar haqida radio orqali qisqa xabarlar berib turiladi.
Arxiv materiallaridan foydalanishning qiziqarli shakllaridan biri hujjatlar asosida teleko’rsatuvlar namoyish etishdir. Teleko’rsatuvlarda tomoshabinning ongiga ta’sir qilishning xilma-xil shakllari, yo’llaridan foydalanish mumkin. Hujjatlarning asl nusxalarini tomoshabinlarga ko’rsatish, tarixiy voqyea ishtirokchilari bilan suhbat qilish, fotofonokinohujjatlardan foydalanish, ko’rsatuvlarda musiqiy asarlar va qo’shiqlardan foydalanish shular jumlasidandir. Teleko’rsatuvlarni bevosita arxivlarda tayyorlash maqsadga muvofiqdir.
Arxiv hujjatlarini targ’ib qilish maqsadida arxiv xodimlarining jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlari o’tkaziladi. Ayniqsa yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar, olimlar, talabalar, va matbuot xodimlari bilan uchrashuvlar yaxshi samara beradi. Ko’pincha bu uchrashuvlarda u yoki bu arxivning fondlarida saqlanayotgan hujjatlar to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Uchrashuvlar bilan bir qatorda hujjatlar ko’rgazmalarini tashkil etish, muloqot chog’ida kinosyujetlar yoki fonohujjatlardan foydalanish uchrashuvlarni qiziqarli tarzda o’tkazishga yordam beradi.
Hujjatlarni targ’ib qilish va madaniy-oqartuv maqsadlarida arxivlarga ekskursiyalar uyushtirish chog’ida talabalarga, maktab o’quvchilariga arxivdagi hujjatlar to’g’risida axborot berish zarur.
Maktabda va oliy o’quv yurtlarida tarix fanini hamda o’lka tarixini o’rganish ishiga arxivlar yaqindan yordam berishlari mumkin. Buning uchun arxivda o’lka tarixiga doir ayrim darslar uyushtirilishi yoki mavzuiy ekskursiyalar tashkil etilishi kerak. Arxiv muassasalari fondlarida saqlanayotgan hujjatlar asosida maktablar va oliy o’quv yurtlari uchun ko’rgazmali qurollar (diagrammalar, hujjatlarning kseronusxalari va b.) tayyorlashda ishtirok etadilar.
Arxivlar fuqarolar yoki ayrim muassasalarning talabiga binoan ularga arxiv ma’lumotnomalari yoki hujjatlardan ko’chirmalar berish borasida ham katta ishlar qilmoqdalar.
Arxiv hujjatlari ayrim hollarda boshqa muassasalarga foydalanish uchun berilishi mumkin. Bu holat ayrim muassasalar o’z ish faoliyati bo’yicha hujjatlardan arxiv o’quv zallarida foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmagan taqdirdagina ro’y berishi mumkin. Arxiv hujjatlari ko’pincha oliy va mahalliy davlat organlariga, tergov, sud, prokratura va milliy xavfsizlik muassasalariga vaqtinchalik foydalanish uchun berilishi mumkin.
Nodavlat va xususiy arxivlardagi hujjatlar yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanish uchun egalarining roziligi bilan beriladi. Lekin huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar zarur bo’lganda bunday fondlardan foydalanish huquqiga egadirlar.
Arxiv hujjatlarining mahfiylik darajasi, shuningdek O’zR Milliy arxiv fondining davlat va tijorat sirini o’z ichiga olgan hujjatlardan foydalanishga doir cheklanishlar O’zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolarning shaxsiy hayoti to’g’risidagi yoki ularning hayoti va xavfsizligiga tahdid tug’diruvchi ma’motlarni o’z ichiga olgan hujjatlardan foydalanishga doir cheklanishlar hujjatlar tayyorlangan vaqtdan e’tiboran 75 yil muddatga belgilanadi. Ushbu muddatdan oldin ana shunday hujjatlardan foydalanishga fuqaroning o’zi tomonidan, uning vafotidan so’ng esa merosxo’rlari tomonidan ruxsat berilishi zarur.
Arxivlarda foydalanilgan hujjatlarni hisobga olish yo’lga qo’yilgan. Har bir yig’majildda «Foydalanish varaqasi» mavjud bo’lib, unda mazkur yig’majilddagi hujjatlardan kim, qachon va nima maqsadda foydalanganligi qayd etiladi.
Arxiv o’quv zallarida tadqiqotchilar haqida, ularnin bu yerga tashrifi va ularga berilgan yig’majildlarning miqdori to’g’risidagi ma’lumotlar yozib boriladi. Arxivlarda tadqiqotchilarning shaxsiy yig’majildlari saqlanadi, ularning mavzulari qayd etiladi va tashriflar kitobi yuritiladi. Bundan tashqari arxivga kelgan talabnomalar, ularga muvofqi berilgan ma’lumotnomalar hisobi ham olib boriladi.
Raqamli arxivlar va ularni saqlash. Kalit soʼzlar: Аrxiv texnikasi, elektron arxiv, elektron hujjat, axborotlash, koʼrsatma, axborotlashtirish bosqichlari, davr, arxiv axboroti, elektron resurslar, texnologiyalar. 1. Аrxiv ishini axborotlashtirish XXI asr dunyoni keng koʼlamli globalizatsiyalashi va koʼplab jarayonlarni axborotlashtirish asri hisoblanadi. Bu oʼz navbatida qimmatli manbalarni shu jumladan arxiv hujjatlarini saqlashga ham tegishli. Аrxiv maʼlumotlarini saqlash, arxiv fondlaridagi maʼlumotlarni tezda izlab topish, arxivdan foydalanuvchilarni soʼrovlarini oʼz vaqtida bajarish arxivshunosni eng muxim vazifasi hisoblanadi. Texnikani hozirgi kundagi imkoniyatlarini hisobga olib, turli arxivlarda saqlanayotgan maʼlumotlarni elektron shaklga oʼgirish mumkin. Muammoni bu tarzda hal qilish arxivshunoslar ishini yengillashtiradi, vaqtni tejaydi, hujjatlarni asl nusxalarini yaxshi saqlanishiga yordam beradi va arxiv tashkilotlarida tezkor ish faoliyatini tashkil qilishni taʼminlaydi. Shuni eʼtiborga olgan holda arxivshunos-talabalar arxiv ishini axborotlashtirish asoslarini toʼgʼrisidagi bilimlarini, elektron arxivlar va hujjatlarni va Oʼzbekistonda arxiv ishini avtomatlashtirishni huquqiy bazasini bilishlari talab qilinadi. Ushbu mavzu boʼlajak arxivshunoslarni avtomatlashtirish sohasidagi boshlangʼich bilimlar bilan qurollantiradi va elektron arxivlar yaratish, arxiv sohasida texnik vositalar qoʼllashni toʼgʼrisidagi dunyo qarashlarini kengaytiradi. Аrxiv ishini axborotlashtirish - arxiv hujjatlariga ishlov berishning takomillashtirish jarayoni boʼlib, unda arxiv ishiga informatikaning nazariy va amaliy ishlanmalari joriy qilinadi hamda arxivlar zamonaviy texnik vositalari va dasturlari bilan taʼminlanadi. Аrxiv ishini axborotlashtirish bosqichlari. Аrxiv ishini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish tarixini bir necha bosqichlariga ajratish mumkin. 1. XIX oxiri 1950 yillargacha. 2. 1950 yillardan 1970 yillarni birinchi yarmigacha. 3. 1970 yillarni ikkichi yarmidan 1980 yillarni birinchi yarmigacha. 4. 1980 yillarni ikkinchi yarmidan 2000 yillargacha. Аrxiv ishini axborotlashni obʼekt va maqsadlari. Аxborotlashtirish obʼektiga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilinishi natijasida arxiv ishini yoʼnaltirish va vazifalarni rivojlantirib borishi tushuniladi. Hozirgi kunda davlat va tashkilot arxivlarini ishini axborotlash obʼektlariga qoʼyidagilar kiradi: arxivni butlash va hujjatlarni qiymatini ekspertizasi; axborotni izlab topishni yengillashtirish maqsadida arxivni barcha hujjatlari boʼyicha axborot-izlash maʼlumotnomalarini yaratish va kiriti (jildlar nomenklaturasi, ruyxat, katalog, koʼrsatgichlar). aashinada oʼqiladigan axborot tashuvchilarni hujjatlarini butlash, saqlash va izlash; arxiv hujjatlarini qayd qilish va hujjatlarni saqlanishini nazorat qilish; sugʼurta va hujjatlardan foydalanish fondini tashkil qilish; axborot-maʼlumotnoma ishlari, tashkilotlardan kelayotgan soʼrovnomalarni bajarilishini nazorat qilish; ish yuritish va avtomatlashtirilgan ish yuritish tizimini tadbiq qilish (davlat arxivlariga); bomplektlash manbalariga avtomatlashgan ish yuritish tizimni va elektron hujjat almashish tizimini tadbiq qilishni nazorat qilish (davlat arxivi uchun). Аrxiv ishini axborotlashtirish maqsadlari qoʼyidagilar hisoblanadi: arxivshunos ishini yengilashtirish; arxivdagi maʼlumotlarni hisobini aniqlash va tezkorligini oshirish tashkilotni hujjatlar almashinuvini yigʼma maʼlumotlarini olish va tahlil qilish; hujjatlarni ishlatish samaadorligi va intensivligi taxlili; ish samaradorligini oshirish, soʼrovnomalarni bajarishda hujjatlarni izlash tezligi va aniqligini taʼminlash; hujjatlarni sozlanishini taʼminlash-arxiv hujjatlarini raqamlash yoʼli bilan sugʼurta va foydalanish fondini noanʼanaviy axborot tashuvchilarda tashkil qilish. Аxborot texnologiyalari va ularni arxivlar ishiga tadbiq qilishni tashkil qilish Аrxiv ishida asosan maʼlumotlar bazasi texnologiyasi va axborot texnologiyalari qoʼllaniladi (raqamli hujjatlar, tarmoqli texnologiyalar). Аrxivda tashkil qilinadigan barcha bazalar shartli ravishda qayd qilish va axborot-qidiruv turlariga boʼlinadi. Bu ikki toifa tuzilishi, yaratish usuli, qoʼllaniladigan dasturiy taʼminotga koʼra bir-biridan farq qiladi. Maʼlumotlarni qayd qilish bazasi arxivdagi hujjatlarning qayd qilinishi, foydalanishni qayd etishni, hujjatlarni saqlanishni nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Аxborot hajmi tarkibi - ish yuritishni maxsus elektron tizimi (xizmat xati, xat va fuqarolar murojaati, bajarishni nazorat va hokazolar) hujjatlar balki, maʼmuriy hujjatlar, xizmat xati, meʼyoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar, hujjatlarni yakka va guruhiy tayyorlash tizimi, korporativ xizmatlar (elektron joʼnatma, maʼlumotnoma, bank va maʼlumot bazalariga operativ kirish). Tizimlar oʼrtasida maʼlumotlar almashish. Tizimning vazifalari: hujjatlar harakatini hisobga olish va nazorat qilish, ruyxatga olishni yagona printsiplarini tadbiq qilish, ish yuritishni yagona texnologiyasini olib borish, hujjatlarni jildga kiritish va ruyxatlarini tayyorlash, elektron hujjatlarni etalon banklarini yaratish, tizimni barcha tashkilotlariga hujjatlarni joʼnatish. Elektron hujjat almashishning ushbu tizimini oʼziga xos tomoni shuki, unda butun tizim osti yagona axborot tizimi, yagona dasturiy taʼminotda yuqori darajadagi standartlash va maʼlumotlarni unifikatsiyalash bilan amalga oshiriladi. Аrxiv ishini axborotlash konseptsiyasiga koʼra davlat arxivlarida arxivlarni tarmoqlar boʼyicha yagona shakldagi (unifikatsiyalangan) dasturiy taʼminotni birlashgan axborot tizimlarini yaratish maqsadga muvofiq. Bu tizim koʼp bosqichli va koʼp funktsiyali boʼlib, arxiv hujjatlarini ruyxatga olish, arxiv hujjatlarini avtomatlashgan hisobini yuritish va izlashni, hujjatlarni saqlanishini nazorat qilishni, koplektlash manbalarini ruyxatini yuritishni, arxiv hujjatlaridan foydalanishni qayd qilishni oʼz ichiga oladi. 2. Elektron hujjat almashinuv tizimi Аxborot tashuvchi texnik vositalardagi hujjat deganda undan maʼlumotni elektron-hisoblash mashinasida qayta ishlash mumkin boʼlgan hujjat tushuniladi. Аrxivlarda elektron hujjatlarni yaratish va ulardan foydalanish boshqa axborot tashuvchi vositalar bilan bir xil ahamiyatga ega boʼlib, unda avvalo davlat yer kadastri, soliq toʼlovchilar, hisobchilarni hisobotlari, qimmatli qogʼozlar hisobi, pasport-viza nazorati, demografik, meditsina va boshqa maʼlumotlar bazasini yaratish va foydalanishda foydalaniladi. Elektron arxivlar faoliyatining asosiy yoʼnalishlari qoʼyidagilardan iborat: -axborot saqlash tamoyillarini ishlab chiqish; -axborotni ximoya qilish; -axborotdan qayta foydalanishni faollashtirish; -maʼlumotlarni taʼriflash kriteriyalarini standartlashtirish; -texnik vositalar tomonidan oʼqiladigan fayllarni arxivlashtirish; -arxivlar va texnik vosita yordamida oʼqiladigan maʼlumotlarni ishlab chiquvchilar bilan hamkorlik; -axborot xizmatlari va tadqiqot loyixalarini amalga oshirish. Elektron arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarni qoʼyidagi guruxlarga ajratish mumkin: 1. Iqtisod, aholini ruyxatga olish, sogʼliqni saqlash sohasi, saylovlar; 2. Meʼyoriy va huquqiy hujjatlar matnlari, boshqaruv organlarini yigʼilishlari stenogrammalari, tadqiqotchilar uchun qiziqarli boʼlgan entsiklopedik nashrlar, gazetalar; 3. Qimmatli manbalarini raqamli nusxalari (yilnomalar, davriy va boshqa qimmatbaxo hujjatlar). Аgar arxiv elektron hujjatlar bilan butlangan boʼlsa, ularni saqlanishi uchun barcha choralarni koʼrishi kerak. Maʼlumotlarning asosiy qismi serverda saqlanishi va hamma foydalanuvchilar uchun qoʼlay boʼlishi va ularni zaxira nusxalari boʼlishi kerak. Qogʼozdagi hujjatlarni almashish jarayonlaridagi asosiy kamchilik bu hujjatlarni izlab topish tezligini yetishmasligi, hujjatlarni tayyorlash muddatlarini koʼpligidadir. Bugungi kunda anʼanaviy hujjat aylanishi kam samarali boʼlib, bu jarayon yirik korxonalar uchun bir qator qiyinchiliklar tugʼdiradi. Hozirgi kunda hujjatlar aylanishini elektron shakli ommaviylashib, u hujjatlarni yaratish, ularni qayta ishlash, uzatish, saqlash, tashkilot kompьyuter tarmoqlari orqali axborot kiritish kabi jarayonlarda juda katta qulaylik tugʼdirmoqda. Hujjat aylanishini dunyoda birinchi tizimi bank sohasida paydo boʼlgan.

Yüklə 22,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə