Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57

158
37-rasm. 
Olma barglarining parsha kasalligi bilan zararlanishini
aniqlash shkalasi.
A—dog‘lanish turi; B—so‘rilish turi.
 Savollar
Chatishtirish jarayonida infeksiya manbalarining ahamiyati qanday?
O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini baholashda qanday
mezonlardan foydalaniladi?
Tabiiy infeksion fonlar qanday hosil qilinadi?
Sun’iy infeksion fonlar qanday hosil qilinadi?
Infeksiya miqdori qanday aniqlanadi?


159
14-BOB. Qishloq xo‘jalik ekinlarini kasalliklardan himoya
qilish usullari
Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi kurash
choralarini to‘g‘ri belgilashda kasallikni keltirib chiqaruvchi
mikroorganizmlar turlarini to‘g‘ri aniqlash, ularning biologik
xususiyatlarini bilish va samarali ta’sir qiladigan vositalarni to‘g‘ri
qo‘llash muhimdir. Ekinlarning kasalliklariga qarshi kurash
choralari umumagronomik va ixtisoslashgan turlarga bo‘linadi.
Ekinlarning kasalliklarga chidamliligini va hosildorligini oshirishda
turli o‘g‘itlarni me’yorida qo‘llash, navlarni to‘g‘ri tanlash bilan
birga o‘simliklar qoldig‘idagi, tuproqdagi, urug‘dagi va havodagi
infeksiya miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar asosiy rol
o‘ynaydi.
Ekinlarning kasalliklariga qarshi kurash choralari o‘zining
qo‘llash usuliga qarab profilaktik va davolash maqsadida
o‘tkaziladigan seleksion-urug‘chilik, agrotexnik, biologik,
kimyoviy, fizikaviy-mexanik turlarga bo‘linadi.
14.1. Agrotexnik kurash choralari
Qishloq xo‘jaligining intensiv rivojlanishi, dehqonchilik
madaniyatining ortishi ekinlarning kasalliklariga qarshi kurashda
viloyatlarning tuproq-iqlim sharoitini, o‘simlik turini hisobga olib
kompleks agrotexnik kurash choralarini qo‘llashni taqozo qiladi.
Agrotexnik kurash choralarining asosiy maqsadi sog‘lom urug‘lik
va ko‘chatlar yetishtirishga qaratilgan bo‘lib, ekinlarni ekishdan
tortib hosilni yig‘ishtirib olgunga qadar qo‘llashni taqozo qiladi.
Almashlab ekish qoidalariga amal qilish ekinzorlarda
infeksiyaning to‘planmasligiga sharoit yaratadi. Buning uchun
ekinzorlarda ekiladigan ekinlar kelgusi yilda ekiladigan ekinlar
kasallanmaydigan turlarga mansub bo‘lishi muhimdir. Ya’ni, ekin
dalasida ikki yildan ortiq muddatda bir xil ekin ekmaslik, ekin
o‘rniga ekiladigan ekin bir xildagi kasalliklar bilan kasallanmasligi
muhim ahamiyatga ega.


160
Respublikamizda paxta yakkahokimligi davrida g‘o‘zani 7—9 yil
davomida bir dalada uzluksiz yetishtirish, ularda vilt kasalligining
ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Bug‘doy, arpa kabi g‘alla ekinlarini
almashib ekishda foydalanish ularda ildiz chirish, fuzarioz
kasalliklarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Ekinzorlarda almashlab
ekishga amal qilish kasalliklarning zarari kamayishiga, tuproqda
saprotrof mikroorganizmlar va antagonistlarning keng tarqalishiga
sharoit yaratadi.
Tuproqda uzoq muddatda saqlanadigan patogen infeksiya
miqdorining kamayishida tuproqni chuqur haydash muhim
agrotexnik tadbir hisoblanadi. Bunday dalalarga shudgordan keyin
yaxob berish ham infeksiya miqdorining kamayishiga olib keladi.
Kungaboqarning oq chirish, kuzgi bug‘doyning ildiz chirish, zang
zamburug‘i sporalari miqdorining kamayishiga tuproqni chuqur
haydash natijasida erishiladi. Bug‘doyzorlardagi o‘simlik poyasi va
ildizidagi infeksiya miqdorini kamaytirishda ularni daladan chiqarib
tashlash yoki maydalab tuproqqa aralashtirish ham muhim
agrotexnik tadbir hisoblanadi.
Fitopatogen zamburug‘larning tuproqda saqlanishida begona
o‘tlar ham asosiy rol o‘ynaydi. Ekinzorlarda ular miqdorini
kamaytirish, ekin dalalaridan chiqarib yoqib tashlash infeksiyani
kamaytiradi. Qishloq xo‘jalik ekinlarida keng tarqalgan
kasalliklardan fuzarioz, rizoktonioz, gelmintosporiozlarning
zarari tuproqda namlik miqdorining keskin o‘zgarishi, kislotali
muhitning ortishi, azot, fosfor, kaliy va bor yetishmaganda
kuchayadi.
Mineral o‘g‘itlarni o‘z vaqtida qo‘llash ekinlarning kasalliklarga
chidamliligini ortiradi. Organik o‘g‘itlar tuproqning fizikaviy
xususiyatlarini yaxshilab, namligini oshiradi, suv o‘tkazuvchanligini
yaxshilaydi. Natijada, tuproqning suv-havo sig‘imi va harorat
me’yorini baravarlashib, o‘simliklarning mineral oziqlanishini
yaxshilaydi.
Azotli o‘g‘itlarni qo‘llashda kaliyli va fosforli o‘g‘itlar nisbatiga
alohida e’tibor berish kerak. Azotli o‘g‘itlarni sof holda me’yoridan
ortiq qo‘llash, kuzgi bug‘doyning ildiz chirishi, kartoshkaning
fitoftoroz bilan kasallanishiga imkon beradi.
F o s f o r l i   o ‘ g ‘ i t l a r n i   q o ‘ l l a s h   e k i n l a r   i l d i z   t i z i m i n i
takomillashtirib, kasalliklarga chilamliligini orttiradi. Kaliyli
o‘g‘itlar ekinlar to‘qimalarini mustahkamlab, uglevodlar bilan


161
ta’minotini yaxshilaydi. Kaliyning yetishmasligi to‘qimalarning
qorayishiga, barglarning qurib qolishiga sabab bo‘ladi. Kaliyli
o‘g‘itlardan fosforli va azotli o‘gitlar bilan birga foydalanish yaxshi
samara beradi.
Mikroelementlardan marganes, bor, mis, rux kabilar
o‘simliklarning mineral oziqlanishida asosiy rol o‘ynaydi va
ularning normal rivojlanishini ta’minlaydi. Mis elementi
o‘simliklardagi oksidlanish — tiklanish fermentlari aktivligini
oshirishi natijasida, ularning hosildorligi ko‘payib, kasalliklarga
c h i d a m l i l i g i   o r t a d i .   M i s   s u l f a t i   b i l a n   i s h l o v   b e r i l g a n
kartoshkaning omborxonalarda saqlash jarayonida chirishi 70%
ga, kraxmalning yo‘qolishi 50% ga kamayadi, tuganak
peridermasining miqdorini 2—3,5 marta oshirib, hosili erta
yetiladi.
Marganesli o‘g‘itlar qand lavlagi, bug‘doy, makkajo‘xori,
sabzavot ekinlariga 0,5—2 s/ga miqdorida, marganesli superfosfat
yoki olitingugurtli marganes 45—60 kg/ga tarzida foydalanilganda
yuksak samara bergan. Ayniqsa, arpaning tosh qorakuya kasalligi
bilan kasallanishi nazoratga nisbatan kamaygan.
Ekinlar urug‘ini ekishdan oldin 0,2% li bor eritmasi bilan
ishlov berilganda urug‘larning unuvchanligi va kasalliklarga
chidamliligi 1—5 marta ortgan (Shumilenko, 1953). Tarvuz ildizi
bor kislotaci bilan oziqlantirilganda, uning antraknoz kasalligiga
chidamliligi 65% ga ortib, 1 ga maydondan 282 s/ga hosil olingan.
Rux — o‘simliklarning oziqlanishida muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, oqsillarning oksidlanishida, auksinning hosil bo‘lishida
asosiy rol o‘ynaydi. Ruxni 1 kg qumga 2,25 m

miqdorda qo‘llash
kanop o‘simligining fuzarioz kasalligiga chidamligini 2—3 marta
ortiradi.
Oltingugurtli ruxning 0,02% li eritmasi bilan bodring urug‘lariga
ishlov berilganda, uning bakterioz kasalligiga chidamliligi 5—12
marta ortgan. Bunday eritma bilan bug‘doy urug‘iga ishlov berilganda,
uning shudring, qo‘ng‘ir zang va fuzarioz bilan kasallanishi keskin
kamayadi.
Mikroelementlar ta’sirida pomidorning uchki chirish, no‘xatning
askoxitoz, makkajo‘xorining pufakli qorakuya, bedaning rak va
qora dog‘lanish kasalliklariga chidamliligi ortgan.
Mikroelementlarning o‘simlikka ijobiy ta’sirini mikroskopik
o‘rganishlarning ko‘rsatishicha, kasallik qo‘zg‘atuvchi


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə