F. I. O. Imzo Sana Bet



Yüklə 145,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix22.03.2024
ölçüsü145,74 Kb.
#181935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Boyitish mahsulotlarini termik qayta ishlash jarayonlari.

F.I.O. 
Imzo
 
Sana

Bet. 
 
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta 
ishlashga tayyorlash. 1Es-22 Мet. Mustaqil ish. 2023. 
 ass. Jalolov B.A . 
в Б.А. 
Eshonqulov X. S 
Bajardi
 
 
Tekshirdi
 
uchuvchan metallar guruhiga Hg, Cd, Na, Zn, Mg kiritish mumkin. Velslash 
jarayoni rux ishlab chiqarishda (tqaynash=907°C) keng qo‘llanadi. Rux bilan birga 
kadmiy, ayrim hollarda qo‘rg‘oshin vozgon holida uchadi. Ushlab olingan 
vozgonlardan metall gidrometallurgik qayta ishlash usuli bilan ajratib olinadi. 
Kalsinatsiyali (toblash) kuydirishning maqsadi xomashyo tarkibidagi ruda 
minerallarni kimyoviy tarkibini o‘zgartirishdir. Bunda ma’lum haroratgacha 
qizdirish yo‘li bilan beqaror kimyoviy birikmalar termik parchalanadi 
(dissotsiatsiyalanadi). Bunday kuydirish 1000- 12000C haroratda karbonatlar 
CaCO3₃ → CaO + CO₂ 
1200°C haroratda gidrooksidlar 
2Al(OH)→ Al2O₃ + H₂O uchun qo‘llanadi. 
Xlorlovchi kuydirish oksid yoki sulfidlarni suvda eruvchan yoki uchuvchan 
xloridlarga aylantirish uchun o‘tkazilib, Mg, Ti, Zr, Hf, Sn olish texnologiyasida 
qo‘llanadi. Rangli metallar metallurgiyasida xlor va xloridlar 1786-yilda rudadan 
oltinni va kumushni, 1877-yilda misni ajratib olishda qo‘llanila boshladi. Bir qator 
metallarni (uran, berilliy) ishlab chiqarish texnologiyasida xlorlovchi kuydirishga 
o‘xshash ftorlovchi kuydirish usuli qo‘llanadi. Ftorlovchi kuydirishning maqsadi 
metall oksidlarni ftoridlarga aylantirishdir. Masalan: 500–700°C haroratda
UO₂ + 4HF = UF₄ + H₂O. 
Aglomeratsion kuydirish natijasida kukunsimon materiallar bo‘laklarga 
aylantiriladi. Bu jarayonda material erish haroratigacha qizdirilib (suyuq holga 
o‘tgazilmay), sovitilganda kukun zarrachalar bo‘lak mahsulot shaklida birikadi:
2PbS + 3O₂ + SiO₂ = PbO + PbS·SiO₂ + SO₂ 
(800–950°C haroratda). 
PbS·SiO2 – yengil eruvchan mahsulot hisoblanadi. Bu jarayon minorali 
pechlarda eritishdan oldin qo‘llanadi. Metallurgik eritish yuqori haroratda
ko‘pchilik hollarda qayta ishlanayotgan materialni to‘liq erishi bilan boradigan 
pirometallurgik jarayondir. Eritishning ikkita usuli mavjud: rudali va tozalovchi.

Yüklə 145,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə