F. R. Abduraxmonov



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə23/52
tarix06.10.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#125866
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
F. R. Abduraxmonov

Z.Geografiya
3.Geologiya
4.Meditsina

va
5,Oziq -ovqat yengil sanoat
6.Fizika


  1. ce
    B*
    ST
    S
    S’
    ore
    о
    a

    ST
    в
    ore
    89
    era'
    Kimyo

8.Texnika
9.Elektroradio- texnika

  1. O.Metall.ishl. berish

  1. .Duradigolrlik san’ati

  1. Qurilish

13 Transport
14.Aviats.daryo
vadeng.trasporti
15.Harbiy
mutaxassislik
16.Tarix
17.Adabiyot
18.Jumalistika
19.1jtimoiy faoliyat
20. Pedagogika


2 1 . X u q u q . Yuristprudensiya






















22. Savdo va xizmat



















23. Matematika



















24.Iqtisod



















25.Chet tillar



















26. Tasviriy san’at



















27.Sahna san’ati



















28. Musiqa



















29.Fizkultura va sport.

























0-2.0

2.1-4.0

4.1
-8.0

8.1­
10.0

10.1-12























Takrorlash uchun savollar

  1. Kasb psixologiyasi fani, ta’lim muhiti va psixodiagnostik faoliyat.

  2. Psixodiagnostika va kasb psixologiyasi masalalari.

  3. Kasbiy maslahat berish uchun ishlatiladigan testlar.

  4. Psixodiagnostik izlanishlaming ahamiyati.

  5. Kasb psixologiyasi fani va psixodiagnostikaning o‘zaro aloqasi.


1 .Bioloeiva






















2.Geoerafiva



















^iziqishlarning ifodalanganlig

3.Geologiva



















4.Meditsina



















5,Oziq -ovqat va yengil sanoat



















b.Fizika



















7. Kimvo



















8.Texnika



















9.Elektroradio-
texnika



















TOTetaTl.ishl. berish ,



















ll.Duradigolrlik
san’ati



















12. Ourilish



















13 Transport



















14.Aviats.daryo
yadeng.trasnorti



















lSTmnny 1 mutaxassis] ik






















16.Tarix






















17.Adabivot






















18.Jumalistika






















19.Ijtimoiy faoliyat






















20. Pedagogika






















2 i .Xuquq. Yuristnnidensiva






















22. Savdo ‘va xizmat






















23. Matematika






















24.Iqtisod






















25.Chet tillar






















26. Tasviny san’at






















27.Sahna san’ati






















28. Musiqa






















29.Fizkultura va snort.

























0
-2.0

2.1­
4.0

4.1
-8.0

8.1­
10.0

10.1­
12





























Takrorlash uchun savollar

  1. Kasb psixologiyasi fani, ta’lim muhiti va psixodiagnostik faoliyat.

  2. Psixodiagnostika va kasb psixologiyasi masalalari.

  3. Kasbiy maslahat berish uchun ishlatiladigan testlar.

  4. Psixodiagnostik izlanishlaming ahamiyati.

  5. Kasb psixologiyasi fani va psixodiagnostikaning o‘zaro aloqasi.

Ill Bob. Kasb psixologiyasi va o‘quv motivlari muammolari
3.1. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar va motivatsiya
Kasb tanlash va unga ta’sir etuvchi omillar. Kasb tanlash va shaxs motivlari. Kasb tanlashda ta’sir etuvchi omillar. Inson qiziqishi, ehtiyoj i, manfaati va yaxshi yashash orzusi
Kasb tanlash jarayoni - bu ijtimoiy foydali jarayon bo‘lib insonni o‘zi tanlagan kasbi orqali jamiyatga qo‘shadigan his- sasi hisoblanadi. Kasb tanlash bu insonni o‘zini anglash jarayoni bilan bog‘liqdir. Chunki inson o‘zini katta bo‘lib borishini anglaydi va kelajakda ma’lum bir kasb bo‘yicha ishlashi zarurligini sezadi. Bu tanlagan kasbi insonni qoniqtirishi, ehtiyojlarini qondirishi va kelajak hayoti uchun asos bo‘lishini anglashi orqali yuz beradi. Bu jarayonni dunyoni ko‘plab psixolog mutafakkirlari o‘rganganlar.
Kasb tanlash bu о‘ziga xos bo‘Igan murakkab jarayon bo‘lib, u inson va uning psixologik, fiziologik, ijtimoiy, moddiy imkoniyat- lari bilan bog‘liq bo‘ladi. Kasb tanlashning ortida inson yotadi - bu uning ehtiyojlari, manfaatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va o‘ziga xos psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu fikr har bir kasb tanlovchining psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda individual yondoshish kerakligini anglatadi.
Kasb tanlovchilaming kasb tanlashlariga ko‘pgina omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda birinchi o‘rinda shaxsning kasbga bo‘lgan ehtiyoji, uning motivlari, layoqati, qiziqishi, iqtidori va qobiliyati kabilar turadi. Yana shuni aytish kerakki, kasb tanlashda insonning jinsiga asosan ham kasblarga yo‘naltirish muhim hisoblanadi. Bu kabi omillami hisobga olgan holda o‘quvchilami kasb tanlashlariga yo‘nalish berish o'ziga xos tomonlarda ko‘zga tashlanadi. Bu kas­biy maorif yoki kasblar haqidagi bilimlar berish hisoblanadi. Bun­da o‘quvchilami kasbning mohiyati, har bir kasbni inson oldiga qo‘yadigan talablari va vazifalari, jamiyatga kerakli darajalari kabi­lar bilan tanishtiriladi. Kasb maorifi insonni yoshi, jinsi, saviyasi, bilimlari, aql - farosati kabi tomonlarga asosan xilma xil tarzda amalga oshiriladi.
Kasb tanlashga yana o‘quvchilarga kasbiy maslahatlaming ham ahamiyati kattadir. Kasbiy maslahat o‘quvchilami kasb tanlashlari- da, bu kasbni mohiyatini va maqsadlarini ulaming ongiga chuqur yetkazib berish va ularda ma’lum bir qiziqishni shakllantirish bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Kasbiy maslahat bu shaxsning ishti- yoqi, havasi, intilishi, qobiliyatlariga mos kasb - hunami tanlash- lari uchun muhim obyektiv va subyektiv sharoitlar yaratish bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi.
Shaxs tomonidan biror bir kasbni tanlash uning bilimlaridan kelib chiqqan holdagi motivlarga bog‘liq bo‘ladi. Motiv deganda nimani tushunamiz? Motivlar haqida juda ko‘plab ta’riflar berilgan. Motiv lotincha so‘zbo‘lib movere - harakatga keltimvchi, undovchi degan ma’noni bildiradi. Motiv subyektning ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘Igan faoliyatga undovchi xatti - harakatlardir. Tashqi va ichki sharoitlamingyig‘indisi sifatida subyektni ma’lum bir faoli­yatga faolligini chaqiruvchi yo‘nalishdir. [36,218.] Motivatsiya hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘Igan tabiiy va ijtimoiy shart

  • sharoitlarga, jismlarga xulq - atvomi yo‘naltiruvchi qo‘zg‘atuvchi tariqasida baholanishi mumkin. Insonni ehtiyojlaridan kelib chiqib uning ko‘plab motivlarini ajratish mumkin. Motivlami E.G‘oziev va A. Jabborovlar tavsiyasicha quyidagi ko‘rinishlarini ko‘rsatish mum­kin. [35,42-43.]



9-chizma



Bizningcha, kasbiy (professional) motivlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi deb ko‘rsatadilar yuqoridagi avtorlar. 1) ijtimoiy motivlar;

  1. jamoaviy motivlar; 3) protsessual motivlar; 4) rag‘batlantiruvchi motivlar va boshqalar.

0‘quvchilami kasb tanlashiga oid ko‘plab fikrlar mavjud. Shun­day fikrlardan biri E.A.Klimovga tegishlidir. U kasb tanlashni uchta tomonini ajratib ko‘rsatadi.

  1. Shu kasbda ishlashni istash (xohlayman).

  2. Kasbni egallashga bo‘lgan qobiliyat, imkoniyatlami hisobga olish va keyinchalik yaxshi natijaga erishish (bajara olaman).

  3. Tanlagan kasbga xalq xo‘jaligini ehtiyojlarini hisobga olish (kerak).

Shuningdek, E.A.Klimov tomonidan kasb tanlashning aniq omil- lari ham ajratiladi.
Bular quyidagilar:
1,0‘zni qiziqish va xohishlarini hisobga olish;
2.0‘zidagi qobiliyatlami hisobga olish;

  1. Kasb haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

4.Ota - onaning fikrlarini hisobga olish;
5.Sinfdoshlarini, tengdoshlarini, o‘rtoqlarini fikrlarini hisobga olish;
7.1shlab chiqarish bozorini hisobga olish;

  1. Ma’lum bir kasbni tayyorlash bo‘yicha dasturlaming mavjudlig- ini hisobga olish.

A.I.Zelichenko va A.G.Shmelevlar kasb tanlashning ichki va tashqi faktorlarini ko‘rsatib u yoki bu kasbni tayyorlashning motivla- rini asoslab beradilar.Kasb tanlashga ta’sir etuvchi motivlami tashqi va ichki omillarga bo‘lib ko‘rsatish mumkin. Bular quyidagicha ko‘rinishga ega:
Tashqi motivatsion faktorlar:

  1. Kasb tanlashda insonga o‘tkaziladigan bosimlar: tavsiyalar, maslahatlar, boshqa kishilar tomonidan ko‘rsatilgan yo‘l - yo‘riqlar, shuningdek insonga o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi kinodagi, adabiyotdagi qahramonlar; obyektiv xarakterga ega bo‘lgan talablar (armiyada xizmat qilish, oilaning moddiy holati va shu kabilar

  2. Insonni o‘ziga tortib oluvchi va o‘zidan itaruvchi faoliyat tur- lari: tashqarida o‘rab turgan odamlaming “ijtimoiy yutuq” etalon- larining birligi (moda, obro‘, xurofot...).

  3. Inersiya: boshlang‘ich ijtimoiy rollar steriotipi (oilaviy, ne- formal guruh a’zosi...); odatiy mashg‘ulotlar (maktabda o‘tiladigan fanlar asosida shakllanadigan, mashg‘ulotlar va shu kabilar).

Ichki motivatsion faktorlar:

  1. Kasbning xususiy motivatsion faktorlari: mehnat quroli, mehnat jarayoni (yoqimli - yoqimsiz, estetik tomonlari, faoliyatning bir xilligi yoki har xilligi, yutuqning doimiyligi - ehtimoli, ish faoliyatining yengil - og‘irligi, mehnatning individualligi va kollektiv- ligi, shu mehnatda kishini rivojlanishga yaratiladigan imkoniyatlar).

  1. Mehnat sharoitlari: jismoniy (ishni iqlimga xos xarakteristika- si); hududiy geografik (ishni yaqin joy da joylashganligi); tashkiliy sharoiti (mustaqil bo‘lishi - bo‘yinsunishi, mehnatni baholashdagi obyektivlik va subyektivlik); ijtimoiy sharoit ( ishni qiyinligi - yengilligi, kasbiy ma’lumot, ishga joylashishni osonligi, ishning ishonchliligi, ish rejimining erkinligi - cheklanganligi, ijtimoiy mikroklimat).

d. Kasbdan tashqarigi maqsadlami amalga oshirishni imkoniyat- lari borligi: ijtimoiy ishlarga imkoniyatni borligi, o‘zi xohlagan ijti­moiy obro‘ga ega bo‘lishi, moddiy ta’minlanganlikni yaxshiligi, dam olish va ma’lum bir narsalar bilan shug‘ullanishga imkoniyatlami borligi, sog‘ligini saqlash va mustahkamlash uchun imkoniyatni bor­ligi, muloqotga kirishish uchun imkoniyatni bo‘lishi.
Inson hayotida qiziqishning о‘mi va ahamiyati kattadir. Kasb tanlashda, shu kasbga yo‘naltirishda insonni qiziqishlari asosiy motivlardan biri hisoblanadi. Inson ma’lum bir qiziqishlari paydo bo‘lishi uchun unda ma’lum bir psixologik jarayonlar yuz beradi. Bolalikda u kattalami kuzatar ekan o‘zida ma’lum bir jarayonlarga, shu jarayonlarda sodir bo‘ladigan hodisalarga havas, orzu, intilish paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘zining o‘yinlarida shu jara­yonlami takrorlab o‘yinlar o‘ynab boradi. Shular asosida bolalarda qiziqish va intilishlar paydo bo‘ladi. Qiziqish shaxsning muhim psixologik xususiyatlaridan birini tashkil etadi. Qiziqishda insonga xos bo‘lgan individual - psixologik xususiyatlar mujassamlash- gan bo‘ladi. Qiziqish - bu insonni ehtiyoj laridan, manfaatlaridan kelib chiqqan holda, uning dunyoqarashi, bilimlari asosida insonga xos bo‘Igan orzu havaslari, intilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan psi- xologik jarayondir. Qiziqish bilimlaming ongli, puxta va barqaror, anglangan holda o‘zlashtirishda shaxs qobiliyati rivojlanishiga, dun- yoni mukammalroq tushunishga, bilim saviyasini kengayishiga yor­dam beradi.
Insondagi qiziqish eng awalo uning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Inson biror narsaga ehtiyoj sezsa shu obyektga o‘zining diqqatini qaratadi. Obyekt o‘zining zarurligi bilan insonni diqqatini tortadi va unga ma’lum bir ehtiyoj sezib boradi. Insonni diqqatini tortgan shu obyekt inson hayot faoliyati uchun qiziqarli bo‘Isa, uning ehtiyoj ini qondirsa, demak shu obyekt insonni intilishiga sabab bo‘ladi.
Motivatsiya to‘g‘risida umumiy tushuncha Motivatsiya psixologik voqelik sifatida. Motiv va motivatsiya metodologiyasi. Kasb tanlash va motivlar
Motiv haqida juda ko‘plab ta’riflar berilgan va ulaming har biri o‘zicha to‘g‘ri hisoblanadi. Motiv bu insonni hayot faoliyati bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Inson shug‘ullanayotgan xilma - xil faoliyat turlari aynan uning motivlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning- dek inson biror kasbni egallashi uchun uni shu kasbga intiltirib tu- ruvchi motivlar, qiziqishlar bo‘lishi zarur bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, insonni faoliyati uning shu faoliyatga yetaklab boruvchi motivlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Inson yuqorida ko‘rsatganimizdek ehtiyojlardan kelib chiqqan holda o‘z maqsadlari asosida ma’lum bir faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi. Bu esa inson shug‘ullanayotgan faoliyat uning ehtiyojlari va undan kelib chiqqan holda faoliyatga undovchi motivlardan kelib chiqishini ko‘rsatadi. Shunday qilib mo­tiv - faoliyatga undovchi, maqsad esa - insonni ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanish orqali o‘z ehtiyojlarini qondirishni vujudga kelti­rish hisoblanadi. Kasb tanlashda o‘quvchini anglangan motivlari uni ma’lum bir kasbni aniq tanlab olishiga sabab bo‘ladi. Bu yo‘lda har doim shunday bo‘lmaydi. 0‘quvchi ma’lum kasbni tanlash davomida maqsadlaridan kelib chiqqan holda yaqin, qisqa va uzoq davom eta- digan motivlarga duch keladi.
Insonni kasbni to‘g‘ri tanlashi uning hayotiy jarayonlarini to‘g‘ri tanlab olishiga juda katta ta’sir etadi. 0‘quvchini yoki kasb tanlayot­gan insonni o‘ziga yoqqan kasbini o‘z qiziqish, ehtiyoj va manfaat- laridan kelib chiqqan holda tanlab olishi o‘z hayot faoliyatini deyarli to‘g‘ri belgilaganligini bildiradi. Kasbni to‘g‘ri tanlash - bu uzoq davom etadigan hayotiy jarayondir. Bujarayonni natijaliligi insonni psixologik imkoniyatlarini kasb faoliyati talablari va mohiyati bi­lan mos kelganda ko‘rish mumkin. Shuningdek shaxsni o‘z kasbiy karerasini ta’minlashdagi ijtimoiy - iqtisodiy o‘zgarishlar va unga moslashish qobiliyatlari bilan ham bog‘liqdir. Bizga ma’lumki kasb tanlashga juda ko‘plab omillar ta’sir etadi.
Shuni aytish kerakki, kasb tanlash eng awalo o‘qish jarayoni bi­lan bog‘liqdir. 0‘qish faoliyatini tashkil etish bilan о‘sib kelayotgan yoshlarni kasb tanlashlashlari uzviy bog‘liqdir. Yoshlarni qiziqishlari va imkoniyatlarini hisobga olish va о‘qishni tashkil qilinishi yaxshi, sifatli, raqobatbardosh kadrlami tayyorlashning asosi hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, shaxsni yo‘naltirilgan ma’lumot olishi L.S. Vigotskiyning nazariy fikrlarida o‘z ifodasini topgan.
Bular quyidagilarda ko‘rinadi:

  1. Tarbiya jarayonining asosida o‘quvchining ijobiy faoliyati bo‘lishi kerak va tarbiyalovchining butun san’ati shunga qaratilgan bo‘lishi va faoliyatni boshqarib turilishi zarurdir.

  2. Tarbiyalanuvchining shaxsiy malakasi pedagogik ishning asosi bo‘lishi kerak.

  3. Agarda o‘qituvchining ta’siri bolaga kuchsiz bo‘lsa, u holda maxsus muhit orqali unga kuchli ta’sir etish zarur

4) Tarbiya o‘quvchining ottirgan shaxsiy malakasi orqali amalga oshiriladi. Bu muhit bilan belgilanadi va o‘qituvchining roli muhitni tashkil etish va boshqarishdan iborat.

  1. I.Gebos yoshlami o‘qishga bo‘lgan ijobiy motivlariga qu- yidagilami kiritadi:

  • 0‘qishning yaqin va oxirgi natijalarini anglashida;

  • 0‘zlashtirilayotgan bilimlami nazariy va amaliy ahamiyatini anglashda;

  • o‘quv materiallarini hissiy shakllarda tushuntirib berish;

  • Ilmiy tushunchalami “kelajak yo‘nalishida” tushuntirib berish;

  • o‘quv faoliyatini kasbiy yo‘nalish asosida olib borish;

  • o‘quv faoliyatida muammoviy holatlami yuzaga keltiradigan vazifalami tanlay olish;

  • o‘quv guruhlaridagi qiziquvchilar va “bilish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik iqlimni” shakllantirishda.

Kasb tanlanishda o‘quvchining qaysi kasbga qiziqishini va nima uchun shu kasbni tanlaganini quyidagi tomonlar bilan sinab olish mumkin bo‘ladi. Alohida kartochkaga hukm tarzida tanlangan kasb­ni (o‘qishni) motivlarini yozib chiqish kerak. Bu yozib chiqilgan motivlami o‘quvchiga bo‘lib chiqishni tavsiya etish kerak. Bu quyi­dagi tomonlami o‘zida aks etdirgan bo‘ladi: a) o‘zi uchun ahamiyatlili- giga qarab besh guruhga bo‘lish; b) umumiy belgilardan о‘zi uchun ahamiyatliroq bo‘lgan 10 tasini ajratib olish. Bunda quyidagi mo­tivlar soni beriladi:

  1. 0‘quvchi yaxshi o‘qishi kerak.

  2. Men o‘qituvchini aytganlarini aniq va tezbajarishga intilaman.

  3. Меп sinf oldida o‘qishimga javob berishni tushunaman.

  1. Maktabni tugatganimdan kegin men o‘qishni davom etdiraman.

  2. Yaxshi mutaxassis bo‘lish uchun yaxshi bilimlarga ega bo‘lish kerak bo‘ladi.

  3. Odamlar men bilan qiziqib muloqot qilishni xohlovchi inson bo‘lmoqchiman.

  4. Yaxshi baholar olmoqchiman.

  5. 0‘qituvchi va ota - onamdan maqtovlar eshitmoqchiman.

  6. Men sinfda yuqori reytingga ega bo‘lmoqchiman.

  7. Sinfning eng yaxshi o‘quvchisi bolmoqchiman.

  8. Meni j avoblarim sinfda eng yaxshi j avob bo ‘ lishini xohlayman.

  9. Darsdan tashqari meni qiziqtiradigan fanbo‘yicha qo‘shimcha darslar olmoqchiman.

  10. Sinfni o‘zimni yomon o‘qishim bilan orqaga tortmoqchi emasman.

  11. Yomon о‘qishim uchun sinfda va uyda urushishlami xohla- mayman.

  12. Yomon baholar olmoqchi emasman.

  13. Menga matematika darslari yoqadi.

  14. Menga tarix, adabiyot, til va boshqa fanlar yoqadi

  15. Menga o‘qituvchini yangi fikrlar asosida darsni tushuntirib berishi yoqadi.

  16. Dars yangi va qiziqarli bo‘lishini xohlayman.

  17. Qiyin masalalarni yechishni yoqtiraman.

  18. Darsda gapirilayotgan mavzu bo‘yicha muhokama qilishni yoqtiraman.

  19. Darsda qiyinchiliklami yengib o‘tishni yaxshi ko‘raman.

  20. 0‘qituvchi seni yutuqlaringni ko‘rib, to‘g‘ri baholashini yaxshi ko‘raman.

  21. 0‘qituvchi har bir o‘quvchini yutuqlarini ko‘rishi bu juda yaxshi hodisa.

  22. 0‘qituvchini darsni har xil tashkil etishi juda zo‘r.

Bular asosida natijalar tahlili:
1-15- ijtimoiy motivlar
6- 25 - o‘quv motivlari
1 - 3 - javobgarlik va burch motivi
4- 6 - o‘zini rivojlantirish va o‘zini belgilay olish motivi
7 - 9 - o‘z yutuqlarini oshirish motivi.
10 - 12 - obro‘ motivi 13 - 15 - noqulaylikdan qochish motivi 16 - 18 - dars mohiyati motivlari 19 - 21 - о‘quv jarayoni motivlari 22 - 25 - rag‘batlantirish motivi
Bu test savolida kasbni tanlagan insonni nima uchun shu kasb­ni tanlaganligi aniqlanadi. Bunda uni to‘g‘ri tanlaganligi yoki kim- lamingdir ta’sirida shu narsa amalga oshganligi ko‘zga tashlanadi. Takrorlash uchun savollar 1 . Kasb tanlash va unga ta’sir etuvchi omillar.

  1. Kasb tanlash va shaxs motivlari.

  2. Kasb tanlashda ta’sir etuvchi omillar. Inson qiziqishi, ehtiyoji, manfaati va yaxshi yashash orzusi.

  3. Motivatsiya to‘g‘risida umumiy tushuncha.

  4. Motivatsiya psixologik voqelik sifatida.

  5. Motiv va motivatsiya metodolgiyasi. Kasb tanlash va motivlar.

  1. Kasbga yo‘naltirishda o‘quv faoliyati va kasb motivatsiyasi Kasb tanlash va o‘quv faoliyati

Kasb tanlash bu murakkab va javobgarlik bilan bog‘liq psixologik jarayondir. Kasb tanlayotgan inson o‘zidagi mavjud subyektiv im­koniyatlar va tashqaridan unga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan obyektiv to­monlar asosida kasbni tanlaydi. Kasb tanlash haqidagi fikrlarimizda in- sonning eng birinchi muhim omili bu undagi bilim va malakalar tizimi ekanligini yuqorida ko‘rsatgan edik. Yoshlami kasb tanlashlari bu ularning maktabdagi olgan bilimlari, kuzatishlari orqali olgan mal- akalari, ko‘nikmalari asosida sodir bo‘ladi. Yoshlarda bilim bo‘lmasa ular uchun qaysi kasbni egallash ham bar bir bo‘lib qoladi. Chunki ular bu kasbga umuman qiziqmaydilar va unga intilmaydilar ham.
Bu kabi misollar kasb tanlashda o‘quv faoliyati eng muhim to- monlardan hisoblanishini kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Kasb tanlash­da o‘quv faoliyatini tushunish uchun o‘quv faoliyatini o‘zi nima va u qanday tizimga ega degan masalalar turadi.
Kasb tanlash uchun ham xuddi inson faoliyatini boshqa jabhalari kabi bilim, malaka, ko‘nikma va shu ish faoliyatini bajara olishni uddalash kabi jarayonlar talab qilinadi. Kasbiy ta’lim bu maxsus ta’lim berish yo'nalishiga taalluqli bo‘lib, u kasbiy - texnik, o‘rta va oliy ta’lim tizimida olinishi mumkin.
Kasbiy ta’lim ma’lum bir kasblarga tegishli bo‘lgan bilimlami, malakalami o‘zlashtirish orqali sodir bo‘ladi. Deylik, yengil sanoatda kasb-hunarkollejlaridao‘qitilayotgan talabalami matolarto‘qishga, ulardan insonlarga xushbichim kiyim - kechaklar tikishni, to‘quv mashinalarini ta’mirlovchi ustalami tarbiyalashda ko‘zga tashlana­di. Oliygohlarda esa shu sohani yaxshi bilgan ulami ijodiy rivojlan- tira oladigan mutaxassislar yaratiladi. Bunga misol qilib, pedagog- lami, psixologlami, vrachlami va boshqa kasb egalarini ko‘rsatish mumkin. Shunday qilib aytish mumkinki, kasbiy ta’limda kasbni boshlang‘ich, o‘rta va oliy darajadagi ko‘rinishlari yaratiladi.
Kasbiy ta’lim bu kasbni egallashga qaratilgan bo‘lishi va quyi­dagi yo‘nalishlarda izlanishlar olib borishi kerak Bu izlanishlar kas­biy tayyorgarlik muammolari, o‘zi uchun kasbni aniqlab olish yoki kasb tanlash, kasbiy o‘z - o‘zini anglash, subyektni kasbiy rivojlanish etaplarini tahlil qilish, bu jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik muammolarini o‘rganib borish.
Kasbiy ta’limni tashkil qilish bir qancha tamoillarga (prinsip- lar) bo‘ysinishi kerak.

  1. Kasbiy ta’lim tamoyillarini hozirgi zamon maxsus ta’lim ten- densiyalariga mos tushishi kerakligi.

  2. Kasbiy ta’limni fundamentallashtirish tamoili bilim, dunyonqa- rashlarni shakllantirish, bilimlar tizimini o‘zlashtirish masalalarini o‘zida qamrab olish.

  3. Kasbiy ta’limni individuallashtirish tamoili - bu u yoki bu kasbni namoyondasini kasbga xos bo‘lgan xususiyatlami shakllan­tirish muammolarini o‘rganishni talab qiladi.

Shunday qilib aytish mumkinki,kasbiy ta’lim psixologik fanlami yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, pedagogik psixologiya tarkibida shakl- lanadi. Kasbga o‘qitish orqali maxsus kasbga xos bo‘lgan bilimlar, malakalar, uddalay olish kabi tomonlami butun hayoti davomida (kasbni egallash,kasbiy mahoratga ega bo‘lish, karera qilishni rivoj­lantirish, kasbiy o‘sib borish) lami egallab boradi.
Kasb tanlash va o‘quv faoliyati o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan faoliyat hisoblanadi. Kasb tanlash uchun kasb tanlayotgan inson albatta bilimlarga ega bo‘lishi, bu bilimlami o‘zlashtirgan bo‘lishi shart hisoblanadi. Yuqorida aytganimizdek kasb tanlayot­gan inson bilimlarsiz hech qanday kasbni egallay olmaydi. Kasbga xos bilimlami o‘zlashtirish, o‘qitishni tashkil qilish, bu bilimlami kasb tanlovchiga yetkazib bera olishlik kabi tomonlar kasb tanlashda eng muhim tomonlardan hisoblanadi. Bu esa o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi sodir bo‘ladigan o‘zaro muloqotlar natijasida yuzaga kela­di. Kasb tanlash va o‘quv faoliyati bir qancha omillarga bog‘liq bo‘lar ekan. Eng awalo kasb tanlovchining o‘zligini anglashi, o‘ziga baho bera olishi, o‘zini tutgan o‘mini to‘g‘ri belgilay olishi, oldiga qo'ygan maqsad va manfaatlarini ko‘z oldiga keltira olishi kabi qator masalalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Keyingi omil jamiyatni kasbga bo‘lgan ehtiyoji

bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, bu bilimlami yetkazib berayotgan kadrlar ham juda katta o‘rin egallaydi. Kasb tanlash va o‘quv faoliyati o‘zaro ta’sirda bo‘lib ko‘proq insonni o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Insondagi subyektiv tomonlar uni kasb tanlashiga olib keladi, lekin bulami o‘quv faoliyatisiz tasawur qilish mumkin emas.
0‘zbekistonda o‘qish uchun tayyorlanayotgan sharoitlar, kadr­lami tayyorlashga berilayotgan e’tibor, o‘quv sharoitlarini tubdan o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘Igan islohotlar, yangi kadrlami yaratish­ga qaratilgandir. Bu sohada o‘qitishning yangi usullarini tadbiq qilish, kadrlami o‘ylovchi, aql bilan ishlovchi qilib tarbiyalash eng muhim tamoillardan hisoblanadi. Kadrlar tayyorlashda ulami berilayotgan bilimlami va malakalami o‘zlashtira oladigan va tez qarorlar qabul qiladigan, chuqur bilimga ega bo‘lgan qilib tayyorlash juda zarurdir.
Kasb tanlash va о ‘ quv faoliyati о ‘ zaro ta ’sirda va birlikda bo ‘ lganda jamiyat uchun kerakli boigan kadrlar yaratish masalasi hal etilib bo- riladi. Bunda asosiy omillar bo‘lib kasb tanlovchi, o‘qituvchi, jami­yat manfaatlari yotadi.
0‘quv motivlari diagnostikasi
Kasb tanlashda о‘quv motivlarini diagnostika qilish, o‘quvchilami o‘qishga bo‘lgan munosabatini bilishga olib keladi. 0‘quv motivla­rini diagnostika qilish o‘quvchini kasb tanlash davomida qaysi kas­bga qiziqishini, shu kasbga xos boigan psixologik xususiyatlami bor yoki yo‘qligini aniqlab berishga yordam beradi. 0‘quv motiv­larini diagnostika qilish kuzatishga, faoliyatlami o‘rganishga, savol

  • javobga va asosan test savollariga suyanadi. Maktabda o‘qishni muvaffaqiyatliligini diagnostika qilish uchun har xil mutaxassislar tomonidan testlar ishlab chiqilgan boiib, uni o‘quv faoliyatlaridagi yutuqlami o‘rganuvchi testlar, yutuqli testlar, didaktik testlar va hatto o‘qituvchi testlari (bunda o‘qituvchi o‘zlashtirishni sinash uchun suh­bat va so‘rov metodlaridan foydalanadi) deb atash mumkin.

Amerikalik psixolog A. Anastazi aytganidek soni jihatidan bu testlar birinchi o‘rinda turadi. Muvaffaqiyatga qaratilgan test­lar asosan o‘quv motivlarini diagnostika qilishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchini aniq bilimlar bilan yoki ma’lum o‘quv fanini muvaf- faqiyatli o‘zlashtirishni ko‘rsatib beradi. Bunda qo‘yilgan bahoga nis­batan uning bilimi qanchalik obyektiv ekanligi aniqlanadi.
0‘quv motivlari diagnostikasi - bu o‘quvchini o‘qishga bo‘lgan munosabatini harakatga keltiruvchi jarayonlarni o‘rganadi. Bundan kelib chiqqan holda motivlarga ozgina bo‘lsa-da to‘xtab o‘tamiz. Mo­tiv - bu ma’lum bir harakatga undovchi anglangan qo‘zg‘atuvchilar hisoblanadi. Bunda inson o‘zini holatini, sharoitini, imkoniyatlarini baholaydi, maqsadlaridan va manfaatlaridan kelib chiqqan holda hayotiy harakatga kirishadi. Motiv - bu harakatga undovchi sifatida, harakatning asosi sifatida bo‘lishi uchun uning o‘zi shakllangan bo'lishi kerak.
0‘vuv faoliyati motivlari haqida alohida gapirish joiz, chunki faoliyatning alohida ko‘rinishi sifatida u bilim, malaka, ko‘nikmalami o‘rgatish,o‘zlashtirishnigina emas, balki shu narsalar uning maqsadi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ongli o‘qishning asosiy motivlari bo‘lib uning vazifalarini ang­lash bilan bog‘liq bo‘lgan va kelajak faoliyatga yoshlami tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari hisoblanadi. Chunki o‘qish - bu insoniyat yarat­gan bilimlami, dunyoni bilish, bilimlami bilishga bo‘lgan qiziqish- lar kabi o‘ziga xos insonning intilishlari orqali yuz beradi. Lekin shu bilan birga o‘qish motivlari bo‘lib bir qancha jarayonlar ko‘zga tashlanadi. Bu o‘z kuchini va qobiliyatlarini ko‘rsata olishda, sinfda o‘z bilimlarini namoyish qilishda ekzamen va tekshirishda o‘quvchi uchun shaxsiy muammo bo‘lib ko‘rinadi.
О‘qish jarayoni vazifalar tizimi yoki darslar sifatida о‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladigan masalalar sifatida o‘quvchini o‘qituvchi va shu kabi davlat oldidagi majburiyatlari sifatida bajarishni va unga amal qilishni talab qilib qo‘yganligini, o‘z oldidagi majburiyatlami bajarish uchun u albatta o‘qishi, o‘zlashtirishi zarurligini anglab boradi. 0‘qishni ongli tarzdaligi o‘quvchini berilayotgan o‘quv ma- teriallarini о‘zlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
Insonlami, o‘quvchilami berilib o‘qishi uchun ulami o‘zlarida shu sohaga qiziqish bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bu aynan o‘qishning o‘ziga yoki fanga qaratilgan qiziqish boiishi, shuningdek bavosita qanday- dir qiziqishni toidiradigan bilimlar tizimi ham boiishi mumkin.
U yoki bu fanga boigan qiziqishlar ustunligi har xil boiishi mum­kin. Asosan ular quyidagilarda ko‘rinadi:

  1. Predmetning o'ziga boigan bevosita qiziqish, ya’ni fanning o‘zidagi aks etadigan haqiqatga qiziqish;

Bu fanga qiziqish juda kuchli va barqaror boiib, o‘quvchi o‘ziga qiziq boigan tomonlami, darslar zerikarli boisa ham ajratib oladi.

  1. Qiziqish fan talab qiladigan aqliy faoliyat xarakterini chaqiradi.

  2. Ayrim hollarda fanga qiziqish o‘smirda uning xohishlari yoki fanni o‘zlashtirishni osonligi bilan bogiiq boiadi.

  3. Qiziqish kelajakdagi faoliyat turi bilan bogiiq holda ham sodir boiishi mumkin.

0‘quv motivlarini o‘rganishda o‘quvchining o‘qishga boigan ijobiy motivlami o‘rganish ham muhim hisoblanadi. A.I.Gebos (1977) o‘qishga boigan ijobiy motivlami shakllanishini ko‘rsatuvchi omillami ajratdi. Bularga quyidagilar kiradi:

  • o‘qishni yaqin va oxirgi maqsadini anglash;

  • o‘zlashtirilayotgan bilimni nazariy va amaliy ahamiyatini anglash;

  • о‘quv materiallarini emotsional bayon etish;

  • o‘quv faoliyatini kasbiy yo‘nalishi;

  • o‘quv faoliyatidagi muammoli sharoitni vujudga keltirish;

  • o‘quv guruhidagi bilishga intiluvchanlik va bilishga intilish bilan bog‘liq psixologik iqlim.

Hozirgi vaqtda o‘quv jarayonida o‘qituvchini pedagogikjarayonini effektivligini (natijaliligini) oshirish ishi muhim va zaruriy hodisalar- dan bo‘lib turibdi. Lekin o‘qituvchi va ota - onalar bolani “o‘qishni xohlamayapti”, “yaxshi o‘qishi mumkin edi, lekin xohish yo‘q” de­gan afsuslami eshitamiz. Bu holatda o‘quvchida bilim olishga qizi­qish yo‘qligini ko‘ramiz.
0‘qituvchilar o‘quvchilarda o‘qishga, bilim olishga bo‘lgan qiziqishni bo‘lmasligi, ulami yaxshi o‘qishlariga olib kelmasligini ko‘rsatadilar. Shuning uchun ham o‘quv maskanlari oldida o‘quvchini yaxshi o‘qishi, kelajakda o‘zi yoqtirgan kasbni egallashlari uchun o‘quv faoliyatiga olib keluvchi motivlami yaxshi, ijobiy tomonga siljitish maqsad qilib qo‘yiladi. 0‘qituvchilar faoliyatini kuzatar ekan- miz, ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘qishga olib keluvchi motivlarga e’tibor bermasligini guvohi bo‘lamiz. 0‘qituvchilaming ko‘pchiligi bola mak- tabga keldimi demak ular o‘qituvchi chizgan chiziqdan chiqmasligi kerak deb hisoblaydi. Shunday o‘qituvchilar ham uchraydiki, salbiy motivlarga asoslanib ish ko‘radi.Bunday holatlarda o‘quvchilarda har xil yoqimsiz holatlardan qochish: o‘qituvchi yoki ota - onalar tomoni­dan jazolanish, yomon baholami qo‘yilishi va shu kabilardan qochish- ga intilish paydo bo‘lishini ko‘ramiz. Ko‘p hollarda o‘quvchi ilgaridek o‘zini erkin tuta olmasligi, o‘zi xohlagan ishini qila olmasligi kabi chek- lashlar unda maktab va o‘qituvchi oldida jazolanishdan qo‘rqish xissini shakllantiradi. Bunday holatlar o‘quvchini cheklashga olib keladi.
Albatta bu bilan o‘quvchini cheklash yoki jazolamaslik kerak demoqchi emasmiz. Ta’lim va tarbiyada rag‘batlantirish va jazo- lashning o‘mi mavjud. Lekin bola nima uchun jazolanayotganini va rag‘batlantirilayotganini anglashi kerak bo‘ladi. Ya’ni bulami o‘mida va ko‘rsatib qilish amalga oshirish ularda tarbiyalanishni to‘g‘ri boiishiga olib keladi.
0‘quvchilami o‘qishga bo‘lgan motivlarini diagnostika qilib borib, ularda o‘qishga boigan ijobiy munosabatni tarbiyalash va kelajakda o‘zi tanlagan kasbni egallashlarida yordam berishini ko‘rsatmoqchimiz. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilardagi ijobiy mo­tivlami tarbiyalash uchun quyidagi ishlami amalga oshirish zarur deb o‘ylaymiz.
1 .Motiv haqidagi nazariy bilimlami tahlil qilish.

  1. 0‘quvchilami motivatsion yo‘nalishini o‘rganish.

  2. 0‘quv motivlarini rivojlantirish va shakllantirish yoilarinitopish.

  3. Bu topilgan о‘quv motivlarini rivojlantirish va shakllantirish yoilarini amaliyotga tadbiq etish.

  4. Erishilgan yutuqlami tahlil qilish.

  5. Qo‘yilgan maqsadlami egallash va yanada rivojlantirish yoilarini belgilab olish.

Bu ko‘rsatilgan jarayonlar pedagogni o‘quv motivlarini diag­nostika qilishga chorlaydi va bolada qanday motivlami rivojlantirish orqali ulami o‘qishga boigan intilishlarini shakllantirish mumkinligi masalasi yechilib boriladi. 0‘quvchini o‘qishga boigan intilishi yoki undagi salbiy motivlar aniqlanadi va o‘qituvchi shular ustida ish olib borib bu diagnostik maiumotlarga suyangan holda amaliy ishlami tashkil etadi.
Bu yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlami hammasini o‘rganish nati- jasida mantiqiy - tizimli model sifatida ko‘rsatish mumkin boiadi. Bu quyidagicha ko‘rinishga ega.




Maqsad
rcflcksiv ctap aprobatsiya ctap
proyektivlash ctapi
diagnostika qilish ctapi
modellashtirisli etapi



10-chizma.
L.I.Bojovichning fikricha, bunday munosabatning mohiyatini ochib beruvchi munosabat bo‘lib maktab o‘quvchisini o‘quv faoli­yatini motivlarini yig‘indisi hisoblanadi.
0‘quv faoliyati turlarining diagrammasi

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə