Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Qo’qon xonligi davlat boshqaruv tizimi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə27/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

4. Qo’qon xonligi davlat boshqaruv tizimi
Ma’muriy–hududiy tuzilishi va aholisi. XVIII asr oxirlarida xonlikning hududi faqat Farg‘ona vodiysidan iborat bo‘lib, bu davrda Norbo‘tabiy vodiydagi barcha beklik va viloyatlarni o‘z itoatiga kirgizib, ularni Qo‘qonga bo‘ysundirdi. Uning davrida Andijon va Marg‘ilon viloyatlari vodiydagi eng katta mulklar edi. Olimxon davrida xonlik hududlari Toshkent va uning atrofidagi erlar hisobidan ancha kengaydi. Tarixiy manbalarda Toshkent mulki - viloyat, shahar, Toshkent va Dashti Qipchoq viloyati nomlari bilan tilga olinadi. Uning hududlariga Ohangaron, CHinoz, Toshkent atrofi, Sirdaryo bo‘ylaridagi Turkiston shahri va uning atroflari kirgan. Bu mulkning hokimlari manba va hujjatlarda hokim, hukmdor, voliy, noib atamalari bilan tilga olinadi. Umarxon davrida Xo‘jand, O‘ratepa va Jizzax atrofidagi erlarga ham ketma-ket yurishlar qilinib, 1817 yilda O‘ratepa bosib olinadi. Muhammadalixon davrida xonlikning hududlari yanada kengayadi. Bu davrda xonlik shimolda Rossiyaga qarashli Tashqi Sibir okrugi bilan, g‘arbda Xiva va Buxoro amirligi bilan, janubda Qorategin, Darvoz va undan uzoqroqdagi yerlar –SHug‘non, Ro‘shon va Vaxon (bu hudud Qo‘qonga nomigagiga qaram bo‘lgan) Ko‘lob bilan, sharqda Qashg‘ar bilan chegaralangan. Xonlik erlariga Sirdaryo bilan Qorategin O‘rtasida joylashgan Farg‘ona hududlari, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Namangan, Xo‘jand va boshqa shaharlar, Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi o‘rtasida joylashgan Qurama viloyati, Turkiston, Sirdaryoning quyi oqimidagi to Balxash ko‘ligacha bo‘lgan qirg‘izlar yashaydigan erlar, ko‘chmanchi qirg‘izlar yashaydigan Billur tog‘ining sharqiy etaklari, 1830 yildan boshlab g‘arbiy etaklari ham kirgan.
XIX asr manbalarida Qo‘qon xonligi beklik, ba’zan viloyat va sarkorlik sifatida tilga olingan ma’muriy – hududiy qismlarga bo‘lingan hamda ularni xon tomonidan tayinlanadigan beklar, hokimlar va sarkorlar boshqargan. Ayrim manbalar (A. Kun) Qo‘qon xonligidagi 15 ta beklikning nomini keltiradi. Bular: Qo‘qon va uning atrofi, Marg‘ilon, SHahrixon, Andijon, Namangan, So‘x, Mahram, Buloqboshi, Aravon, Baliqchi, CHortoq, Navkat, Koson, CHust va Bobo darhon. “Turkestanskie vedomosti” (1876, №13) to‘plamida esa Asaka, Marg‘ilon, Baliqchi O‘sh, So‘x, Koson va O‘zgan sarkorlik sifatida ham tilga olinadi. Hokimlar va hududiy bo‘linma boshliqlari xon oilasi a’zolari, unga yaqin guruhlar, yuqori tabaqa vakillari hamda etakchi qabilalar sardorlari orasidan tayinlangan. Misol uchun, Xudoyorxon davrida ettita beklik xonning o‘g‘illari va yaqin qarishdoshlari tomonidan boshqarilgan. O‘z navbatida hokimlar viloyat hududlarini o‘zlarining farzandlari va qarindoshlariga bo‘lib berganlar. Qo‘qon xonligining ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimida bek (hokim, voliy) va uning o‘rdasi alohida o‘rin egallagan. Xon tomonidan tayinlangan hokim va qozi ko‘plab vakolatlarga ega bo‘lgan. Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvi tizimi Movoraunnahrdagi o‘rta asrlardagi davlatlar boshqaruv tizimiga juda o‘xshash bo‘lgan.
Xonlikda mutlaq huquqlarga ega bo‘lgan va qadimgi odatlarga ko‘ra, saylanib qo‘yiladigan xon cheklanmagan huquqlarga ega bo‘lib, u harbiy-ma’muriy, diniy amaldorlar yordamida davlatni boshqargan. Dastlabki hukmdorlar «biy» unvoni bilan hokimiyatni boshqargan, Olimxon davridan (1805) esa «xon» unvoni bilan yuritila boshlagan.
Xon saroyida muhim ishlarni ko‘rib chiqadigan Kengash tuzilgan bo‘lib, unga “mingboshi” boshchilik qilgan. A’zolari dasturxonchi, risolachi va yana ba’zi muhim amaldorlar bo‘lgan. Davlatni boshqarishda bu Kengashning ham o‘rni katta edi. Saroy amaldorlari ichida ming boshi (bosh vazir) va amiri lashkar (harbiy vazir), qush-begi – xon maslahatchi yoki viloyat hokimi, parvonachi (xon maslahatchisi), shig‘ovul, xudoychi xonning yordamchisi, tunqator, xon yotog‘i posboni, tundan topshiriqlarni bajaruvchi, noib (sarbozlar boshli-g‘i) otaliq, dodxoh, mextar boshi, dasturxonchi, to‘qsoba, devonbegi, mirzaboshi, sarkor va boshqa muhim amaldorlar hisoblanganlar. Ular o‘z xizmatlari evaziga maosh va tegishli yer mulklari olishgan.
Mansablardan amirlashkar va mingboshilikka bir kishi tayinlangan.
Bulardan tashqari shariat, sud ishlariga oid mansabdor muddaris, Shayx ul islom (rais), Oliy sud- qoziul kuzot, qozi-kalon bosh qozi, katta qozi, qozi askar, maxsus qozi, a’lam (huquqiy-maslahatchilar boshlig‘i), mufti va boshqa mansabdorlar bo‘lgan. Bu mansablarni ishga tayinlash va faoliyati ustidan nazorat qiluvchi mansabdor shaxs “shig‘ovul” deb atalgan.
Qo‘qon xonligidagi barcha mansablar uch toifaga oliy, o‘rta va past darajalarga ajratilgan.
Qo‘qon xonligining asosiy hududini Farg‘ona vodiysi, Tosh-kent viloyati, Xo‘jand, O‘ratepa, Janubiy Qozog‘iston va hozirgi Qirg‘iziston Respublikalari tashkil qilgan. Xonlik ma’muriy jihatdan bekliklarga bo‘linib boshqarilgan. Ularning ko‘pchiligi turli davrlarda xonlik tarkibiga kirib chiqib turgan. Asosiy bekliklar sifatida Namangan, Marg‘ilon, Andijon, To‘raqo‘rg‘on, O‘sh, O‘ratepa, Xo‘jand, Toshkent, Turkiston, Chimkent va boshqalar bo‘lgan.
Bekliklar xon tomonidan tayinlanadigan hokim – qushbegi tomonidan boshqariladigan, kichik ma’muriy birliklar amin va oqsoqoliklarga bo‘lingan.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə