Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


MAVZU: MUSTAQIL O‘ZBEKISTON DAVLATINING TASHKIL TOPISHI



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə35/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

12.MAVZU: MUSTAQIL O‘ZBEKISTON DAVLATINING TASHKIL TOPISHI.
Reja
1. O’zbekistonda suverenitet tendesiyasining kuchayishi va Respublika
ijtimoiy-siyosiy hayotida o’zgarishning boshlanishi.
2. O’zbekiston mustaqilligini e’lon qilinishi.
3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
Tayanch so‘z va iboralar. Prezident Instituti, davlat boshlig‘i, Prezident
vakolatlari, Mustaqillik Deklaratsiyasi, Mustaqillik asoslari
Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning Mustaqil Davlat, deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.
1991 yil o‘rtalarida Markaziy hukumat olib borayotgan ichki siyosatni taxlil qildi. 19-21 avgust kunlari Moskva Favqulodda holat davlat komiteti a’zolarining xalqlar ozodligi, respublikalar mustaqilligiga qarshi qaratilganligi xalqqa ro‘y-rost bildirildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Qonunni qabul qildilar. So‘ngra reslublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi. O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston Respublikasi, deb o‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun — 1 sentabr 1991 yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e’lon qilindi. O‘zbekiston
Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy
orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi Konun
17 moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqgincha konstitutsiya
rolini o‘ynaydigan bo‘ldi. Ushbu qonunda O‘zbekiston mustaqil demokratik davlat, deb e’lon qilindi, ma’muriy-hududiy tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. Respublikaning davlat bo‘linishi hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o‘z aksini topdi. Shuningdek, ushbu hujjatda
O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston bilan munosabatlari xususida so‘z borib,
O‘zbekiston Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr
yuritiladi, u O‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan
birga Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi.
O‘zbekiston erishgan istiklolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum
o‘tkazishga qaror qilindi. 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi
O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul
qildi. Shunga muvofiq 29 dekabrda «Siz Oliy Kengash tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilinishini
ma’qullaysizmi?» mavzuida referendum o‘tkazishga katta tayyorgarlik
ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra unda qatnashgan aholining 98,2 foizi
O‘zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berdi.
O‘zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va
Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi.
Unda Konstitutsiya komissiyasining ekslert guruhiga Davlat bayrog‘ining
variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli
qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda
Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib,
navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshiriyatsi. O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi
«O‘zbekiston Resiublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidz» Qonun qabul
qildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ulug‘
ajdodlarimizning aqida va maslayutariga mos keluvchi, millat tabiati g
xalqimiz ruhiyatidan keli chiqib, uning milliy va ma’naviy jihatlarini ham
o‘zida aks ettirmog‘n kerak edi. Mamlakatimiz davlat bayrog‘i yurtimiznin!
o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi yorqin ramzi bo‘lx^b qoldi.
1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X
sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gsrbi» to‘g‘riskda Qonuk
qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. Gerb rangli
tasvirda bo‘lib, xumo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta
chanog‘i va «O‘zbekiston» dggak yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari,
barglari va vodiylar yashil rangda, torlar havo rangida, chanoqdagi paxta,
daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O‘zbekiston Rsspublikasining Davlat
bayrog‘i tasvir-langan lenta to‘rt xil rangda berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrida bo‘lib o‘tgan XI
sessiyasida «O‘zbekiston Respublykasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi
Qonun qabul qylindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal
Burhonov tomonidan tayyorlangan madx^iya nusxasi tasdiqlandi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi loyihasida O‘zbekistonda yuz bergan tarixiy
o‘zgarishlar hisobga olindi. Xususan, O‘zbekiston mustaqilligini
qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tishning shartlari,
davlat va jamiyat qurilishida demokratik tizimning tamoyillari, inson
huquqining ustuvorligi ifodasini topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan
masalalarni birma-bir o‘rganib chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh
va har bir bo‘limini alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat
komissiyalar tashkil etildi.
Ishchi guruh va komissiyalar 1991 yilning oktabrida Konstitutsiyaning
birinchi, 1992 yil bahorida ikkinchi nusxasini tayyorladi va shu nusxasi 1992
yilning 26 sentabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.
Joylardan tushgan minglab takliflar o‘rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi
marta matbuotda bosib chiqildi.
Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O‘zbekiston
Respublikasining Asosiy Qonuni 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128
moddadan iborat bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari
bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va
qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi.
Asosiy Qonunning ikkinchi bo‘limi 35 moddadan iborat bo‘lib, inson va
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan.
Bunda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va
erkinliklarga ega ekanligi, O‘zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik
o‘rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon
erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat
ishlarini boshqarishg‘a bevosita hamda o‘z vakillari orqali qatnashishlari,
siyosiy partiyalar va harakatlarga qo‘shilish huquqlari ta’kidlab ko‘rsatilgan.
Asosiy Qonunda fuqarolarning mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, nafaqa
olish, o‘z vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalan ish, bilim
olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib bayon etilgan va bu huquqlari va
erkinliklari davlat tomonidan taminlanadi, dsb ta’kidlab qo‘yilgan . Barcha
fuqarolar uchun Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlar, chunonchi,
qonunlarga rioya qilish, xalqimizning tarixiy, ma’naviy meroslarini avaylab
saqlash, atrof tabiiy muhitni asrash, soliqlar va mahalliy yig‘imlarni o‘z
vaqgida to‘lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlar majburiy ekanligi
ta’kidlangan.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə